O'zb  
 
21.06.2012

Elektoratni ijtimoiy himoya qilish

liberallar tomonga og‘ish degani emas

Davlatimizda iqtisodiy islohotlarning ijtimoiy mohiyati, avvalo, inson manfaatlariga qaratilgan bolib, uning yaxshi yashashi, munosib hayot darajasiga ega bolishiga xizmat qiladi, ishlab chiqarishni, uning muttasil osib borishini ta’minlash imkoniyatini kengaytiradi. Shundan kelib chiqib, OzXDP iqtisodiyotni rivojlantirishning strategik yoli negizida ijtimoiy bozor iqtisodiyoti goyasi bolishi kerak, degan qarashni ilgari surmoqda.

Ayni chogda OzXDP maqsadli ijtimoiy siyosat bu — aholining faqat kam taminlangan va ijtimoiy zaif qatlamlariga moljallangan siyosat, degan yuzaki tushunchaga qarshidir. Har bir kishi davlat va jamoatchilik tomonidan ijtimoiy himoyalanganini oziga tasavvur etishi va amalda buning ifodasini korishi kerak. Masalan, mehnatga qobiliyatli aholini ishga joylashtirishga yordamlashish, tadbirkorlik tashabbusini qollab-quvvatlash ijtimoiy himoya hisoblanadi. Oquv yurtlari, ayniqsa, kasb-hunar bilim yurtlarini bitirgan yoshlarni ishsizlikdan himoyalashdan ular ijtimoiy manfaat koradi. Pensionerlar, yolgiz keksalar, nogironlar uchun pensiya taminotini takomillashtirib borish, ularga sifatli tibbiy xizmat korsatishni yolga qoyish ijtimoiy himoyadir.

Shundan kelib chiqib, partiya dasturida aholining manzilli ijtimoiy himoyasiga yonaltirilgan qator vazifalar belgilangan. Partiya faollari kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan taminlashga komaklashish, pensionerlar, jismonan imkoniyati cheklangan kishilar uchun belgilangan nafaqalarning togri taqsimlanishini nazorat qilish, shuningdek, tadbirkorlik bilan shugullanmoqchi bolganlarni moliyaviy qollab-quvvatlash, ularga huquqiy maslahat berish orqali oz ishini yolga qoyishiga yordamlashish borasida amaliy ishlarni olib borayapti.

Biroq boshqa siyosiy partiyalar hali-hanuz OzXDPning ijtimoiy-iqtisodiy jarayondagi qarashi va amaliy ishlariga noxolis munosabatda bolayapti. Masalan, songgi paytlarda OzLiDeP va «Adolat» SDP nashrlari OzXDPning ijtimoiy himoya tizimidagi goyasi va faoliyatiga yuzaki yondashib, notogri talqin qilmoqda.

OzXDP oz elektorati manfaati yolida amalga oshirayotgan ishlar liberallar goyasi bilan chalkashtirib yuborilmoqda. Aholi bandligini taminlash, kishilarning oz ishini boshlashi, oilaviy daromadini kopaytirishi uchun komaklashish, noqonuniy mehnat qilayotgan odamlar ishini qonun asosida tashkil etish, bir soz bilan aytganda, ularning yaxshi yashashi va ishlashi uchun munosib sharoitlar yaratib berish ijtimoiy qollab-quvvatlashning muhim yonalishi hisoblanadi. Bu liberallar goyasi ortidan ergashish degani emas, balki XDPning aniq maqsadli amaliy ishlaridir.

Biroq XXI asr gazetasida uchrayotgan bir yoqlama qarashlar elektoratimiz manfaatiga zidligi uchun ular bilan kelisha olmaymiz. OzXDP elektorati vakillari orasida tadbirkorlik va biznes bilan shugullanmoqchi bolganlarga OzLiDeP yordam bermasa, nima qilish kerak? Ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar oz ishlab chiqarish faoliyatini yolga qoyishi uchun OzLiDeP qachon yordam berar ekan, deb kutib turilsa, hech narsaga erishib bolmaydi-ku.

XXI asr gazetasida chop etilayotgan qator maqolalarda mantiqsiz gaplar aytilmoqda. Goyoki, XDP joylarda otkazilayotgan koplab tadbirlar partiyamiz oz dasturidagi pozitsiyasidan osongina voz kechib, tobora liberallashib borayotganini korsatar emish. Jumladan, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida otkazilgan iqtisodiy forumda ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar turmushini yaxshilashda tadbirkorlik rivoji muhim ahamiyatga ega ekani, qishloq joylarda yangi ish orinlari yaratishda kichik biznesning tutgan orni haqidagi jozibali fikrlar bot-bot takrorlangani aytiladi.

Togrisi, liberallar XDPning bu amaliy ishlarining maqsadi, mohiyatini anglab yetmayapti yoki tan olgisi kelmay ochiq inkor etmoqda. Zangiota tumanida bolib otgan tadbirda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va shu orqali yangi ish orinlari yaratish kozda tutilgan. Unda 30 nafar imkoniyati cheklangan fuqaroga tijorat banklarining imtiyozli kredit olishi uchun sertifikatlari topshirildi. Forumda asosan kam mablag hisobiga oz ishini tashkil etish istagida yurgan jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar ishtirok etdi. Etibor bering. Partiyamiz dasturida oz oilasini boqish uchun doimiy ish va barqaror daromad manbaiga ega bolmagan mehnatga qobiliyatli, olinayotgan pensiya va ijtimoiy nafaqalar darajasi turmush kechirishi uchun yetarli bolmagan pensionerlar, nogironlar manfaatlarini himoya qiladi, deb belgilangan.

Xosh, OzXDP oz elektoratining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etib, ularni qollab-quvvatlasa, bu qatiy pozitsiyadan voz kechishmi? Axir partiya dasturida uning elektorati kimlar ekani aniq qayd etilgan-ku.

Bundan tashqari, Zangiota tumanida otkazilgan tadbirda asosan chevarchilik, poyabzal tikish yoki hunarmandchilikning qaysidir turi bilan shugullanish istagida yurgan imkoniyati cheklangan odamlar ishtirok etdi, ularga ishini yolga qoyishi uchun imtiyozli mikrokredit olish sertifikati topshirildi.

Yana bir jihati, partiyamiz oz amaliy harakatlari bilan Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari ijtimoiy himoyasiga ustuvorlik, Iqtisodiy islohotlarga ijtimoiy samaradorlik, Ijtimoiy xizmat korsatish yuqori sifatli va barcha uchun maqbul bolsin, Ustuvor ijtimoiy dasturlar bajarilishining samaradorligi oshirilsin kabi shiorlarni amaliyotga tatbiq etib kelayapti. Saylovchi bu shiorlarning hayotdagi aksini ham korayapti. Biroq OzXDP uyushtirgan loyihalar doirasida amaliy ishlar samarasini faqat OzLiDeP vakillari kormayotganga oxshaydi. Buni korish va tan olish uchun xolis bolish talab etiladi.

Laziza SHEROVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: