O'zb  
 
01.11.2016

ISTAK VA ISHONCH

2016 yil 5 oktabrda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar togrisida»gi Farmon avvalo, bandlik masalasini hal etish, mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish, xalqimiz turmushini yanada farovonlashtirishga xizmat qiladi. Uning har bir bandi muhim va hayotiy ahamiyatga ega.

2017 yilning 1 yanvaridan boshlab noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogliq huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgan shaxslar huquqbuzarlik aniqlangan kundan etiboran bir oy muddatda yetkazilgan zararning ornini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyekti sifatida royxatdan otgan va ruxsat etuvchi zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan taqdirda mamuriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etiladilar.

Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati deganda nima tushuniladi? Tadbirkor sifatida davlat royxatidan otmasdan faoliyat yuritib, foyda olishni kozlashni tushunish mumkin. Nima uchun davlat royxatidan otilmaydi? Sababi kop: rasmiylashtirish bilan bogliq hujjatlar, xarajatlar, yugur-yugurlar kop, royxatdan otsa, katta miqdorda soliq tolash kerak, degan tushunchalar mavjud. Aslida ham shundaymi? Aslo yoq.

Hozirgi kunda davlat royxatidan otish uchun internet orqali 30 daqiqa, shaxsan ozingiz borsangiz kopi bilan 2-3 kun, yoki 5 kun ketar. Internet tarmogi orqali davlat royxatidan otishning afzal tomoni — vaqtingiz tejaladi, yolkira uchun sarflanadigan xarajatlaringiz foydaga qoladi, eng asosiysi, masul shaxslar eshigi oldida sargayish cheklanadi. Shu bois ham 2016 yil davomida internet tarmogi orqali davlat royxatidan otgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning soni shu kunga qadar 20294 taga yetdi. Shu bilan birga, ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun Yagona darcha tamoyili asosida idorama-idora yugurishlarga ham chek qoyildi, desak mubolaga bolmaydi. Davlat royxatidan otib, yangi ish boshlovchi tadbirkor 6 oy muddatga soliqlar tolovidan ozod qilinadi, yani ozini tiklab olishi, biznesni yolga qoyib olishi uchun imtiyoz yaratilgan.

Oz yurtining gullab-yashnashini xohlagan va bunga hissa qoshishni ozining burchi deb bilgan har bir inson uchun tadbirkorlik katta imkondir. Tadbirkorlar aniq hisob-kitobni yaxshi korishadi. Keling, bir hisoblab koraylik, siz noqonuniy faoliyat yuritsangiz qancha zarar korasiz-u, qonuniy tadbirkor bolsangiz qancha foyda korasiz? Yuqoridagi Farmonda keltirilgan chora-tadbirlarga kora, noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini birinchi marta sodir etgan shaxslar mamuriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etilishlari uchun bir oy muddatda yetkazilgan zararning ornini ixtiyoriy ravishda qoplab berishlari shart.

Yetkazilgan zarar nimadan iborat boladi? Bu siz noqonuniy faoliyat yuritgan har bir oy uchun tadbirkor sifatida tolanish lozim bolgan soliq miqdorining umumiy jamlamasidir. Yani masalan, chakana savdo faoliyati bilan shugullanayotgan tadbirkorlar Toshkent shahrida qonuniy faoliyat yuritishda eng kam oylik ish haqining 9 baravari, yani 1347975 som miqdorida soliq tolaydi. Deylik, siz noqonuniy chakana savdo faoliyati bilan 3 oydan beri shugullanayotgan bolsangiz, yetkazilgan zarar sifatida yuqorida qayd etilgan soliq miqdorining 3 baravari miqdoridagi summani bir oy ichida qoplab berishingiz lozim boladi. Bundan tashqari, shu bir oy ichida tadbirkorlik subyekti sifatida davlat royxatidan otishingiz, ruxsat etuvchi zarur hujjatlarni ham rasmiylashtirishga ulgurishingiz lozim boladi.

Endi oylab koring, noqonuniy tadbirkorlik bilan shugullanib, katta miqdordagi yetkazilgan zararni bir oy ichida qoplab bergan maqulmi, yoki davlat royxatidan otib, 6 oy soliq tolovidan ozod etilib, mamuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishdan qorqmasdan xotirjam faoliyat yuritgan afzalmi?

Albatta, qonunga itoat etib, xotirjam mehnat qilib, boylik topib, elimizga madadkor bolib yurishga nima yetsin. Yuqorida qayd etilganidek, qonuniy tadbirkor bolish uchun hozirgi davrda faqat istak kerak, ishonch kerak. Faoliyatingiz yolida huquqbuzarliklarga yol qoymaslik, yolingizga gov bolayotgan tosiqlarni olib tashlashni esa davlat kafolatlamoqda.

Dilfuza ABULXASAN,

Respublika Savdo-sanoat palatasi mutaxassisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: