O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
29.10.2016

AYOLLAR SOGLIGI JAMIYAT BOYLIGI

loyihasi davom etmoqda

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi tashabbusi bilan yolga qoyilgan «Ayollar sogligi — jamiyat boyligi» loyihasi hududlarda muvaffaqiyatli davom etmoqda. Toshkent viloyat partiya kengashi Faol ayollar qanoti sogliqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda ushbu loyiha doirasida Yangiyol tumanida davra suhbati hamda tibbiy aksiya otkazdi.

Soglom ona va bola yili Davlat dasturida onalik va bolalikni muhofaza qilishni yanada takomillashtirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish muhim vazifa sifatida belgilangan, dedi Respublika reproduktiv salomatlik markazi xodimi Surayyo Jalolova. Onalar va bolalar salomatligi jamiyat mustahkamligining kafolatidir. Soglom avlodni voyaga yetkazishda nafaqat tibbiyot xodimlari, balki barcha birdek mas’ul ekanini aholi orasida keng targib qilish, hayotiy misollar orqali tushuntirishimiz lozim.

Malumotlarga kora, yurtimizda kamolga yetayotgan bolalarning toqson ikki foizi rivojlanish korsatkichlari boyicha Jahon sogliqni saqlash tashkiloti standartlariga mos keladi. Lekin joylarda yechimini kutayotgan masalalar ham uchrab turibdi. Xotin-qizlarning tibbiy madaniyatini yuksaltirish, soglom turmush tushunchasining mazmun-mohiyatini keng ochib berish ishlarida barcha faollarni birdamlikka chaqirgan bolar edim.

Elektorat vakillari ortasida mustahkam oila qurish shartlariga bagishlangan turli tadbirlar otkazib kelinyapti, dedi Toshkent viloyat partiya kengashi sektor mudiri Guli Abdurahimova. Olis hududlarda ham hamkor tashkilotlar vakillari, mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlari tashkil etilyapti. Joylarda opa-singillarimizni oylantirayotgan masalalarni organishga, ularning takliflari asosida nazorat tahlil ishlarini amalga oshirishga harakat qilyapmiz.

Davra suhbati davomida hududiy partiya tashkilotlari hamda mahalliy Kengashlardagi OzXDP guruhlari tomonidan tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlari faoliyatini yaxshilash, ularni malakali mutaxassislar bilan taminlash borasida olib borilayotgan ishlar togrisida fikr-mulohazalar bildirildi. Nogiron bolalarga reabilitatsiya xizmati korsatish sifatini yaxshilash boyicha amalga oshirilayotgan ishlar ustidan deputatlik va jamoatchilik nazorati ornatilgani takidlandi. Bu masalalar partiya dasturiy maqsadlariga bevosita hamohang bolib, kelgusida amaliy ishlarni kopaytirish boyicha takliflar ortaga tashlandi.

Tadbir doirasida tumandagi Eski Qovunchi qishlogi aholisi uchun malakali mutaxassislar jalb etilgan holda chuqurlashtirilgan bepul tibbiy korik otkazildi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: