O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
29.10.2016

NOMZODLARGA TENG IMKONIYATLAR BERILADI

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish boyicha Respublika matbuot markazida mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun videokonferensaloqa shaklida brifing otkazildi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov Markaziy saylov komissiyasining qarorlari, shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlikning borishi haqida axborot berdi.

Ta’kidlanganidek, saylov kampaniyasi mamlakatimiz qonunchiligi va Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha Asosiy tadbirlar dasturiga tola muvofiq holda amalga oshirilmoqda.

«Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida»gi Qonunning 28-moddasiga asosan, saylovoldi tashviqoti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar royxatga olingan kundan boshlanadi.

Qonunga muvofiq, Prezidentlikka nomzodlarga ommaviy axborot vositalaridan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda teng foydalanish huquqi beriladi va taminlanadi.

Xususan, siyosiy partiyalardan kelib tushgan taklif va istaklarni inobatga olib, har bir nomzodga oz saylovoldi dasturlarini aholiga yetkazish uchun Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Ozbekiston va Yoshlar tele va radiokanallarida 638 daqiqadan, Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 12 ta hududiy telekanallarida 206 daqiqa, Toshkent teleradiokanalida 286 daqiqadan bepul efir vaqti ajratiladi.

Xalq sozi, Narodnoye slovo va Pravda Vostoka gazetalarida 6 sahifadan, Nurl jol va Ovozi tojik gazetalarida 5 sahifadan iborat nashr maydoni bepul beriladi. Bundan tashqari, hududlardagi 30 ta mahalliy gazetada har bir nomzod uchun 55,5 sahifa nashr maydoni bepul taqdim qilinadi.

Shuningdek, nomzodlarning har biri respublikamiz boyicha 642 tadan tashqi reklama vositasidan, yani maxsus konstruksiyalar, ekranlar, billbordlardan oz dasturiy goya va maqsadlarini targib qilishda foydalanadi. Shuningdek, respublikamizning 36 ta elektron monitorida ham nomzodlarning tashviqot roliklarini bepul joylashtirish imkoniyati yaratiladi.

Etiborli jihati, saylov tajribamizda birinchi marta Ovozi tojik, Nurl jol gazetalari nashr maydonlaridan ham nomzodlar tashviqoti uchun foydalanishga qaror qilindi. Bu, shubhasiz, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining nomzodlar Saylovoldi dasturlari qoidalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yanada kengaytiradi.

Prezidentlikka nomzodlar ommaviy axborot vositalarida saylovoldi tashviqoti materiallarining turlari, shakllari, uslublari va mazmunini mustaqil belgilashadi.

Takidlash joizki, saylovoldi tashviqoti davrida teng shart-sharoitlar yaratish tamoyili partiya nashrlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ular tegishli materiallarni istalgan hajmda chop etishlari mumkin.

Brifing davomida saylovga tayyorgarlik ishlari haqida ham fikr yuritildi. Xususan, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazish uchun 9378 ta, shu jumladan, Ozbekiston Respublikasining xorijiy vakolatxonalari huzurida 44 ta saylov uchastkasi tuzildi. Saylov uchastkalari zarur aloqa vositalari, komputer va tashkiliy texnika, huquqiy adabiyotlar bilan taminlangan. Maxsus belgilangan joylarda yashirin ovoz berish uchun saylov kabinalari, saylov qutilari ornatilgan.

Okrug saylov komissiyalari tomonidan uchastka saylov komissiyalari tarkiblari shakllantirilib, ularning faoliyatiga 98 mingdan ziyod kishi jalb qilingan. Komissiya azolarining 69 foizi ilgari saylov komissiyalarining faoliyatida bevosita ishtirok etgan va muayyan tajribaga ega insonlardir. Uchastka saylov komissiyalari tarkibida xotin-qizlar soni 47,4 foizni tashkil etadi. Uchastka saylov komissiyalari raislarining 26,7 foizi xotin-qizlardir.

Brifingda saylov kampaniyasining ochiqligi va oshkoraligini taminlash masalalariga, ommaviy axborot vositalarining Prezident sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazishga taalluqli axborotlardan foydalanishlari uchun barcha sharoitlar yaratishga alohida etibor qaratilayotganligi takidlandi.

Hozirga qadar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining 500 dan ortiq vakili, okrug saylov komissiyalari tomonidan qariyb 560 nafar mahalliy jurnalistlar akkreditatsiyadan otkazildi.

Oz muxbirimiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: