O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
27.10.2016

FUQAROLAR HUQUQ VA ERKINLIKLARI MUHOFAZA ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 21 oktabr kuni imzolangan «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari togrisida»gi Farmoni mamlakatimizda bosqichma-bosqich hamda izchil olib borilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlarning yangi davrini boshlab berdi, desak mubolaga bolmaydi.

Hammamizga ayonki, Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson va fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari kafolatlangan.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida bu borada belgilangan barcha prinsipial qoidalar Konstitutsiyamizda oz aksini topgan. Shu asosda mamlakatimizda insonning hayoti, shaxsi va erkinligining daxlsizligi oliy qadriyat sifatida e’tirof etilmoqda.

Bir eslaylik, davlatimiz mustaqilligining ilk kunlaridan boshlab Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbuslari bilan sud-huquq tizimida ulkan islohotlar amalga oshirildi. Sudlarning davlat hokimiyati organi sifatidagi mavqeini mustahkamlash, sud hokimiyatining tom manodagi mustaqilligini taminlash sohadagi eng ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat hokimiyati qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bolinish prinsipiga asoslanishi haqidagi qoida mustahkamlangan. Bu sud organlarini mustaqil davlat organi sifatida tashkil etishda muhim poydevor bolib xizmat qildi. Mazkur konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, dastlab Ozbekiston Respublikasining Sudlar togrisidagi Qonuni qabul qilindi. Yani, sud-huquq sohasida keng kolamli islohotlar olib borishga huquqiy zamin yaratildi. Otgan yillarda mamlakatimizda sud-huquq sohasidagi islohotlar izchilligi va bosqichma-bosqichligini taminlashga katta etibor qaratildi.

Malumki, sud-huquq sohasida olib borilgan islohotlar natijasida dastlabki tergov bosqichida sud nazoratini kuchaytirish maqsadida milliy qonunchilik tizimida Xabeas korpus instituti joriy etildi.

Etirof etish joizki, 2008 yildan boshlab, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokurordan sudga otkazilishi inson huquqlarini himoya qilish borasida tashlangan muhim qadamlardan biri boldi.

2010 yil 12 noyabrda qabul qilingan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ham sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Konsepsiyada belgilangan asosiy qoidalarga muvofiq, jinoyat protsessual qonunchiligining ikkita muhim yonalishida shaxsning daxlsizlik huquqlariga tegishli bolgan protsessual majburlov chorasini, yani ayblanuvchini lavozimdan chetlashtirish togrisidagi, shuningdek, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi protsessual majburlov choralarini faqat sudyaning sanksiyasi asosida qollash tartibi joriy qilindi. Ushbu protsessual harakatlarni belgilovchi qoidalar Ozbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida mustahkamlab qoyildi.

Jinoyat qonunchiligiga kiritilgan mazkur ozgartish va qoshimchalarning muhimligi shundaki, amaliyotda tergov jarayonida sodir bolishi mumkin bolgan xatolarning oldini olish, xolislikni taminlash, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining huquqlarini ishonchli tarzda himoya qilish imkoni kengaydi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib fikr yuritadigan bolsak, Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari togrisidagi Prezident Farmonida ota dolzarb masalalar qamrab olingani, tizimdagi islohotlar izchil davom etayotgani ayon boladi.

Ushbu Farmonga asosan 2017 yilning 1 aprelidan boshlab dastlabki tergov bosqichida sud nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida, Ozbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining tegishli moddalarida belgilangan pochta-telegraf jonatmalarini xatlab qoyish uchun sanksiya berish huquqi sudlarga otkaziladi. Shuningdek, dafn etilgan murdani eksgumatsiya qilish, yani jinoyatga aloqasi bolgan shaxsning jasadini qayta tekshiruvdan otkazish maqsadida komilgan joyidan ochib olishga sanksiya berish huquqi ham sudlarga otkaziladi. Mana shu ikki qoida ham, eng avvalo, fuqarolarning ustuvor konstitutsiyaviy huquqlarini yanada mustahkamlashga, shu bilan birga, otganlarning hurmatini joyiga qoyishga xizmat qiladi.

Xosh, hozirda pochta-telegraf jonatmalarini xatlab qoyish, shuningdek, eksgumatsiya qilish tartibi qanday?

Malumki, Jinoyat-protsessual kodeksining 166-moddasida pochta-telegraf jonatmalarini xatlab qoyish asoslari belgilangan. Unda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi boshqa shaxslarga yuborgan yoxud boshqa shaxslar gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yuborgan pochta-telegraf jonatmalarida sodir etilgan jinoyatga doir malumotlar yoki ish uchun ahamiyatga molik hujjatlar va buyumlar bor deb gumon qilish uchun yetarlicha asoslar bolganda, surishtiruvchi, tergovchi bu shaxslarning barcha pochta-telegraf jonatmalarini yoki ularning ayrimlarini xatlab qoyishga haqli. Buning uchun prokurorning sanksiyasini olish talab etiladi. Biroq bunda, yani, dastlabki tergov bosqichida gumon qilinuvchi, ayblanuvchining huquqlarini bir tomonlama hal etish ehtimolini oshiradi. Shu manoda, Prezident Farmonida belgilangan pochta-telegraf jonatmalarini xatlab qoyish uchun sanksiya berish huquqi sudlarga otkazilishining ahamiyati juda katta, deb oylaymiz.

Endi eksgumatsiya qilishning amaldagi tartibiga toxtalsak.

Malumki, Jinoyat-protsessual kodeksida murdani eksgumatsiya qilish asoslari belgilangan. Unga muvofiq, zarur bolgan taqdirda kozdan kechirish, tanib olish, tekshirish yoki ekspertizaga namunalar olish uchun murdani qabrdan chiqarib olish mumkin. Buning uchun surishtiruvchi, tergovchi qaror chiqarib, prokurorning sanksiyasini oladi.

Shuni alohida takidlash joiz, eksgumatsiya qilish uchun sanksiya berish haqida prokuror ozining qarorini qabul qilishda mayit (murda)ning qarindoshlaridan rozilik olish haqidagi qoida amaldagi qonun hujjatlarida belgilanmagan. Bunday holatda prokurorning yakka tartibda qabul qilgan qarori bir tomonlama asoslanishi, qolaversa, eksgumatsiya qilish zarur bolgan mayit qarindoshlarining ayrim noroziligiga, turli xil gumonlar va anglashilmovchiliklarning kelib chiqishiga sabab bolishi mumkin.

Kelgusida eksgumatsiya qilish uchun sanksiya berish huquqining sudlarga otkazilishi, birinchidan, xolislikni taminlasa, ikkinchidan, turli xil shubha-gumonlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Chunki sudlar bunday ishlarni asosan ochiq sud majlisida va tomonlarning ishtirokida korib chiqadi. Bu qoida orqali inson shani, qadr-qimmati uluglanadi, azal-azaldan yashab kelayotgan milliy va diniy urf-odatlarimizga hurmat saqlanadi.

Xulosa ornida aytish mumkinki, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari togrisidagi Farmoni inson, uning hayoti, erkinligi, shani, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlarining taminlanishiga yanada keng yol ochib beradi.

Abdumannob RAHIMOV,

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining katta eksperti.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: