O'zb  
 
27.10.2016

HUDUDIY SEMINAR

Jizzaxda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi uchastka saylov komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga bagishlangan hududiy seminar-trening bolib otdi.

Jizzax viloyatida tashkil etilgan 466 uchastka saylov komissiyasi tarkibida el orasida hurmat-e’tibor qozongan turli kasb egalari, jamoatchilik vakillari faoliyat korsatmoqda.

Seminarda saylov komissiyalari faoliyatining huquqiy asoslari, ularning ish faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish, saylovchilar royxatini tuzish, ovoz berish jarayoni boyicha qonuniy tizim, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil qilish, saylov jarayonida kuzatuvchilarning orni, saylovning oshkoraligini taminlashda ommaviy axborot vositalarining roli mavzularida maruzalar tinglandi.

— Bugungi tadbir uchastka saylov komissiyalari azolarining milliy saylov qonunchiligi hamda saylovga tayyorgarlik korish va uni otkazishning dolzarb vazifalariga oid bilimini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi, deydi 4-Jizzax okrug saylov komissiyasi raisi orinbosari M.Oripova. Uchastka saylov komissiyalari tarkibida oldingi saylovlarda muayyan tajriba toplagan turli soha vakillari faoliyat yuritmoqda.

T.BEKNAZAROV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: