O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
27.10.2016

QIRGIZISTON PREZIDENTI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOT TOGRISIDA

2016 yil 26 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev va Qirgiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev ortasida Qirgiziston tomonining tashabbusi bilan telefon orqali muloqot bolib otdi.

Davlat rahbarlari Ozbekiston va Qirgiziston hamkorligining bugungi holati va istiqbollari togrisida atroflicha fikr almashib, ozaro munosabatlarning bir qator asosiy yonalishlarida ijobiy ozgarishlar yuz berayotganini alohida qayd etdilar.

Muloqot chogida ta’kidlanganidek, Fargona vodiysining chegaradosh viloyatlari rahbarlari va keng jamoatchiligi ishtirokida Andijon va Osh shaharlarida otgan Ozbekiston hamda Qirgizistonning nufuzli delegatsiyalari uchrashuvlari kop asrlik ananaviy dostlik va yaxshi qoshnichilik rishtalarini, xalqlarimiz ortasidagi ozaro ishonch va hurmat muhitini mustahkamlash yolida muhim qadam boldi.

Shavkat Mirziyoyev va Almazbek Atamboyev Ozbekiston — Qirgiziston davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boyicha ikki mamlakat vakolatli organlari birgalikda olib borayotgan ishlarning muvaffaqiyatli yakunlanishidan tomonlar birdek manfaatdor ekanini takidladilar.

Davlat rahbarlari tomonlarni qiziqtirgan qator mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Ozbekiston va Qirgiziston rahbarlari qardosh xalqlarimiz farovonligi yolida kop qirrali va uzoq muddatli munosabatlarni, mintaqamizda barqarorlik va xavfsizlikni yanada mustahkamlash maqsadida bundan buyon ham turli darajadagi ozaro aloqalarni davom ettirish va ragbatlantirishga kelishib oldilar.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: