O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
19.06.2012

Etirof etilgan loyihalarni

«adolatchi»lar qaysarlik bilan tan olishni istashmayapti

Mamlakatda demokratik tamoyillarning mustahkam qaror topishi va kuchli fuqarolik jamiyati barpo bo‘lishining eng muhim omillaridan hisoblangan koppartiyaviylik tizimining vujudga kelishi partiya matbuotining ham bosqichma-bosqich takomillashib borishiga katta zamin yaratdi. Buni siyosiy partiya nashrlarida oz-ozini tanqid, siyosiy oquvlar, boshlangich va hududiy tashkilotlar faoliyati haqidagi tahliliy chiqishlarga keng orin berilayotgani, eng asosiysi, maqolalar sifat jihatdan yanada osgani misolida ham payqash qiyin emas.

Ayniqsa, partiyalararo raqobat tobora izchil tus olayotgani kishilarning partiya matbuotiga bolgan munosabatini ozgartirmoqda, ularning siyosiy nashrlarga qiziqishini oshirmoqda. Bu jarayon esa siyosiy partiya nashrlari zimmasidagi mas’uliyatni yanada oshiradi.

Bugun gazetxonlar yuzaki maqolalar, bir qolipdagi uydirma va yolgon malumotlarni qabul qilmaydi. Ular partiyalararo siyosiy kurashda ham xolis va haqqoniy fikrlar, aniq faktlar asosidagi tahliliy mulohazalarni kutadi. Partiyalararo raqobatning soglom, malakali hamda amaliy negizda olib borilishini aynan shu omillar taminlaydi. Biroq, songgi paytlarda Adolat SDP nashrida elon qilinayotgan maqolalarda qaysarlik bilan birga ota donolikka davogarlik ruhi ham kozga tashlanmoqda.

OzXDP tashabbusi bilan mamlakatimizning har bir mintaqasida tizimli ravishda otkazilayotgan iqtisodiy forumlar ijtimoiy himoyaga muhtoj va ishga joylashishda qiyinchilikka duch kelayotgan kishilar, kam taminlangan oilalar, jismoniy imkoniyati cheklangan, biroq qolida kasbi-hunari bor odamlar manfaatiga xizmat qilmoqda. Buni keng jamoatchilik ham etirof etmoqda.

Adolat gazetasining 2012 yil 4 may sonida elon qilingan Adolat SDP hayot haqiqatiga qarshi bormaydi va ana shu haqiqat amalga oshmay qolishi bilan ham kelisholmaydi sarlavhali maqolada bu tashabbus samarasini inkor etishga harakat qilinadi. Jumladan, adolatchilar davosicha, OzXDP faollari va hamkor tashkilot vakillari komagi bilan oz biznes-rejasi, maqsadli loyihasiga ega fuqarolarga imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirilgan-u, biroq uning natijasi nazoratga olinmagan, sertifikat taqdiriga befarq qaralgan. Imtiyozli mikrokredit uchun sertifikatlarni qolga kiritgan yuzlab elektorat vakillari belgilangan sarmoyani ololmay ovora...

Biroq bu gaplarga dalil sifatida hech qanday asos keltirilmaydi. Xosh, sertifikatda korsatilgan mablagni aynan kimlar ololmayapti? Yoki kimdir shu muammoning yechimi yuzasidan adolatchilarga murojaat qilganmikan?! Qani bu yerda xolislik?

Eng qizigi, osha maqolada iqtisodiy forumda qatnashib, imtiyozli kredit olish huquqiga ega bolgan va shu orqali bugun oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yolga qoygan yoki uni yanada kengaytirishga erishgan kishilarning fikrlari, ularning forum tashkilotchilariga aytgan samimiy minnatdorlik sozlari ham keltiriladi. Bu orinda esa adolatchilar OzXDPni liberallar goyasiga ergashayotganlikda ayblamoqchi bolishgan. Vaholanki, bandlik masalasi, xususan, uy bekalari uchun kasanachilikni rivojlantirish, oz mustaqil ishini boshlamoqchi bolgan, ammo buning uchun dastlabki mablagga muhtoj yoshlarni qollab-quvvatlash partiyamizning ustuvor vazifalaridan ekanini ular hisobga olmayotir.

Bir-birini inkor etayotgan bu holat, aynan adolatchilarning ozlari takidlaganidek, jongina aksiomani mutlaqo qabul qilmay, inkor etish, oxir-oqibat mantiqdan butkul xoli qaysarlikka aylanadigan nigilizmga asoslangan ojarlik, boshqa siyosiy kuchlarning ibratli amaliy ishlarini korib, kormaslikka olishdan boshqa narsa emas, bizningcha.

Maqoladagi yana bir jumlaga etibor qarataylik. Boz ustiga, joriy yilda OzXDP Markaziy Kengashining yana bir tashabbusi bilan Mahalla — aholini manzilli ijtimoiy qollab-quvvatlash markazi loyihasini amalga oshirishga kirishildi. Chala qolgan tashabbus ketidan yana bir tashabbus, ajabo!

Bu gaplar mantiq tarozisining hech bir pallasiga togri kelmaydi. 2011 yil davomida yurtimizning barcha hududlarida tizimli ravishda otkazilgan, buning natijasida 500 nafardan ortiq elektorat vakillari boshlangich sarmoyani shakllantirish hamda kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikni boshlash uchun imtiyozli kreditga ega bolgan, bu esa 1400 dan ziyod yangi ish orni yaratilishiga zamin hozirlagan loyihaga nisbatan chala deyish haqiqatga, xolislik tamoyillariga mutlaqo mos tushmaydi.

Joriy yilda OzXDP Mahalla aholini manzilli ijtimoiy qollab-quvvatlash markazi loyihasini amalga oshirmoqda. Bu bazi siyosiy partiyalarga oxshab ozini ishlayotgan qilib korsatish, quruq, ammo balandparvoz goyalarni ilgari surish, degani emas. Aksincha, goyaning hayotga tatbiq etilayotganining amaldagi yorqin ifodasidir.

Mazkur loyihani joriy etishdan maqsad elektoratimiz vakillarini tashvishga solayotgan savollarga malakali javob qaytarish, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish hamda aholini manzilli ijtimoiy qollab-quvvatlashda mahallaning ornini mustahkamlashga qaratilgan takliflar ishlab chiqishdir. Eng muhimi, shu yonalishdagi tadbirlar natijasida aniqlangan muammolarni mahalliy Kengashlar sessiyalari muhokamasiga olib chiqish, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiyamiz fraksiyasiga tegishli qonunlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar berish kozda tutilgan.

Agar yurtimizda ozini ozi boshqarish idoralari mahallalar soni 10 mingdan ortiqligi, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi elektorati asosan mahallada istiqomat qilishini hisobga olsak, loyihaning mazmun-mohiyati yanada oydinlashadi.

Shu orinda savol tugiladi: Ozini sotsial-demokrat deb elon qilgan Adolat SDP shu yonalishda qanday amaliy ishlar qildi, elektorat manfaatiga xizmat qiladigan qaysi loyiha yoki tashabbus bilan chiqdi? Yoki ular oz Saylovoldi dasturida Partiya Ozbekistonda amalga oshirilayotgan Islohot islohot uchun emas, avvalambor inson uchun tamoyiliga rioya qilgan holda, kelgusida ham kuchli ijtimoiy siyosatni qollab-quvvatlash orqali davlat ijtimoiy dasturlarini bajarishda faol ishtirok etadi... Biz ozimizni ananaviy sotsial-demokratiyaning ijtimoiy adolat tamoyili va keng kolamli ijtimoiy dasturlarning amalga oshirilishini taminlaydigan kuchli davlat goyalarini qollab-quvvatlashga qodir kuch, deb bilamiz, deb belgilab qoyilgan vazifani unutishdimikin? Adolatchilar XDPning bu boradagi tashabbuslarini qaysarlik bilan inkor etish orniga, muqobil aniq taklif va tashabbus bilan chiqishsa, maqsadga muvofiq bolardi, deb oylaymiz.

Albatta, biz ishimizda xato-kamchiliklar yoq, deyishdan mutlaqo yiroqmiz. Dasturiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni toliq amalga oshirish, saylovchilar, elektorat va xayrixohlar ishonchini qozonish uchun hali bajarilishi zarur bolgan ishlar talaygina. Biroq partiyamizning elektorat manfaatiga xizmat qilayotgan amaliy say-harakatlariga noxolis munosabat bildirilishi bilan kelisha olmaymiz.

Aslida bu masalada bahs yuritishga hojat yoq edi. Chunki, qaysi partiya qanday ishlayotgani odamlarga yaxshi malum. Biz faqat partiyalararo raqobat xolis va soglom fikrlar asosida kechishi tarafdorimiz. Faqat shundagina tanqid meva beradi, xatolardan togri xulosa chiqarishga orgatadi.

Dilshod NARZULLAYEV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: