O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
27.10.2016

TURKMANISTON PREZIDENTI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOT TOGRISIDA

2016 yil 26 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bolib otdi.

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni Turkmaniston mustaqilligining 25 yillik shonli sanasi munosabati bilan chin qalbdan samimiy tabriklab, unga davlat rahbari sifatidagi mas’uliyatli faoliyatiga yangi muvaffaqiyatlar, dost turkman xalqiga farovonlik va bardavom taraqqiyot tiladi.

Oz navbatida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov samimiy qutlovlar uchun chuqur minnatdorlik bildirib, qardosh Ozbekiston xalqiga tinchlik, osoyishtalik va ravnaq tilagan shaxsiy istaklarini izhor etdi.

Suhbat chogida tarixan qisqa vaqt ichida Turkmaniston keng kolamli sotsial-iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy-siyosiy ozgarishlarning puxta oylangan strategiyasini amalga oshirgani tufayli istedodli va mehnatsevar turkman xalqi farovonligini muttasil yuksaltirish, manaviy yangilanish, shuningdek, xalqaro maydonda mamlakat nufuzini oshirish borasida salmoqli yutuq va marralarga erishgani takidlandi.

Xalqlarimizni kop asrlik samimiy dostlik va qardoshlik, yaqin qoshnichilik rishtalari, mushtarak anana, urf-odat va madaniy qadriyatlar boglab turadi. Bu uzoq muddatli, keng qamrovli hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirish uchun mustahkam va barqaror asos bolib xizmat qilmoqda.

Muloqot davomida Ozbekiston va Turkmaniston rahbarlari yaqinda turli darajada otkazilgan ikki tomonlama uchrashuvlar doirasida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ozaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning ustuvor yonalishlari boyicha erishilgan kelishuvlar ijrosi qanday borayotgani xususida fikr almashdilar.

Davlat rahbarlari Ozbekiston bilan Turkmaniston dost xalqlarimiz farovonligi, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni taminlash yolida keng kolamli ozaro hamkorlikni hamda dolzarb xalqaro masalalar yuzasidan amaliy, ishonchli va ochiq muloqotni izchil davom ettirishga tayyorligini bildirdilar.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: