O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
25.10.2016

MUROJAAT OZ-OZIDAN HAL BOLMAYDI...

Odamlar ishonchini qozonish, ularni o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish siyosiy partiyaning obro-e’tiborini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bunga erishish esa oz-ozidan bolmaydi, albatta. Shu manoda Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi tizimida faoliyat yuritayotgan Jamoatchilik qabulxonalari elektorat vakillari murojaatlarini organish, ularga har tomonlama komak berishda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Viloyatimizda har bir murojaatga partiya faollari va deputatlar tomonidan alohida etibor qaratilib, ularning aksariyati tegishli idora va tashkilotlar yordamida hal etilyapti. Ayrim murojaatlar boyicha huquqiy maslahatlar berilyapti.

Ozbekiston XDP Fargona viloyat hamda mahalliy kengashlari qoshida faoliyat yuritayotgan Jamoatchilik qabulxonalariga yil boshidan buyon 1400 ga yaqin murojaat boldi. Ularning 300 ga yaqini kommunal, sogliqni saqlash sohasida, 150 dan ortigi ish bilan taminlash, moddiy yordam, 55 tasi bankdan kredit olish va qolganlari boshqa ijtimoiy masalalarni oz ichiga oladi. Aytish kerakki, murojaatlarning hozirgacha 74 foizi ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar deputatlar tomonidan nazoratga olindi.

Murojaatlarga yechim topish uchun birinchi galda masalani deputatlar va partiya faollari ishtirokida muhokama qilamiz. Ularning fikrlarini organgach, eng maqul yechimga toxtalamiz. Shundan song murojaat malum bir deputatga yuklatiladi. Bu bilan ish yakunlanmaydi, albatta. Masala hal etilmagunga qadar deputatlardan iborat maxsus ishchi guruh nazoratida turadi.

Shu orinda ayrim misollarga toxtalib otish joiz, deb oylayman. Ozbekiston XDP Beshariq tuman kengashi qoshidagi Jamoatchilik qabulxonasiga Surayyo Vohidova ishga joylashish boyicha yordam sorab murojaat qilgan. Tuman Kengashidagi partiya guruhi azolari komagi bilan u hududdagi 1-ixtisoslashgan davlat umumtalim maktabiga ishga kirgan.

Ozbekiston tuman partiya tashkilotiga Nilufar Toychiyeva otasi betobligi sababli moddiy yordam sorab murojaat qilgan. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sharofiddin Jalolov tomonidan «Mahalla» xayriya jamoat fondiga deputatlik sorovi bilan murojaat qilinib, otaxonga dori-darmon vositalari olib berilgan.

Aytish lozimki, Jamoatchilik qabulxonalariga tushgan murojaatlar tahlili hududda qaysi yonalishlarda muammolar borligi, nimalarga koproq etibor qaratishimiz lozimligini yaqqol korsatib turibdi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiyamiz guruhlari doimiy komissiya va sessiyalar muhokamasiga masala kiritishda, avvalo, Jamoatchilik qabulxonalariga tushayotgan murojaatlar tahliliga etibor qaratishi kerak, nazarimda.

Malumki, hech kim oz-ozidan murojaat qilmaydi. Har bir murojaat ortida inson, uning manfaati turadi. Shuning uchun murojaatlar yechimiga masuliyat bilan yondashishimiz lozim boladi. Bu — zamon talabidir.

OzXDP Qoqon shahar kengashiga shahardagi 10 gektarlik chiqindi tashlash joyi ekologik zarar keltirayotganligi haqida aholi vakillaridan murojaat tushgan. Bu masala mutasaddi tashkilotlar etiboriga havola etilgan. Lekin amaliy natija bolmagan.

Dangara tumanida yashovchi Anorxon Abduolimova tuman partiya kengashiga oylik ish haqi 100 foiz plastik kartochkaga otkazilayotgani sababli avtobuslarga terminal ornatish masalasida murojaat etgan. Bu masala masul tashkilotlarga taqdim etilgan...

Jamoatchilik qabulxonalari faoliyatida izchillik kuzatilmayotgan ayrim partiya kengashlari bilan alohida ish olib borilyapti. Bu borada partiya tashkilotlari va guruhlari masuliyati, tashabbuskorligini oshirish boyicha reja ishlab chiqilgan. Albatta, partiya tashkiloti va guruhi faol bolsa, hududda murojaatlarga yechim ham topiladi. Shu bois ular faoliyatini kuchaytirish uchun oquv-mashgulotlari, seminar-trening, davra suhbatlari tashkil etyapmiz. Tadbirlar doirasida kochma Jamoatchilik qabulxonalari tashkil etishga jiddiy etibor qaratilyapti.

Tan olish kerak, bugungi kunda Jamoatchilik qabulxonalari faoliyatini yanada kuchaytirish, ularni zamon talabi darajasida shakllantirish zarur. Bu partiyamiz goyalariga xayrixoh bolgan kishilar ishonchini oshirishga, elektorat muammolarining etiborsiz qolmasligiga, partiyamizning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shohrux OKTAMOV,

Ozbekiston XDP Fargona viloyat kengashi bolim boshligi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: