O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
25.10.2016

SAYLOV VA XOTIN-QIZLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish boyicha Respublika matbuot markazida Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi tomonidan Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlikda xotin-qizlarning saylovlardagi ishtirokiga bagishlangan respublika seminari otkazildi.

Videokonferensaloqa shaklida tashkil etilgan tadbirda Xotin-qizlar qomitasi va uning joylardagi hududiy tuzilmalari, Markaziy saylov komissiyasi, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, «Olima ayol» uyushmasi, Oila ilmiy-amaliy markazi, Mahalla xayriya jamoat fondi mas’ul xodimlari, boshlangich xotin-qizlar tashkilotlari raislari, fuqarolar yiginlarining diniy marifat va manaviy-axloqiy tarbiya masalalari boyicha maslahatchilari, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Bugungi kunda Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 80 dan ortiq qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taminlashga xizmat qilmoqda. Asosiy qonunimizning 46-moddasida ayollar va erkaklarning teng huquqli ekanligi belgilab qoyilgan.

Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2016 yil 7 oktabrda tasdiqlangan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish boyicha otkaziladigan tadbirlar dasturi ijrosini taminlash, jumladan, aholining istiqlol yillarida yaratilgan milliy saylov tizimi togrisidagi bilim va konikmalarini yanada oshirishga qaratilgan keng tushuntirish ishlari olib borilayotganligi qayd etildi.

Seminarda Prezident sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha amalga oshiriladigan tadbirlarda xotin-qizlar qomitalari, ularning boshlangich tashkilotlari va fuqarolar yiginlaridagi xotin-qizlar bilan ishlash komissiyalarining orni, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi qonunning ahamiyati, okrug va uchastka saylov komissiyalarining asosiy vazifalari, ular ishida xotin-qizlarning ishtiroki, saylovni tashkil etish va otkazish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining roli kabi masalalar haqida soz yuritildi.

Tadbirda Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari, Respublika Xotin-qizlar qomitasi raisi E.Bositxonova sozga chiqdi.

N.USMONOVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: