O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
22.10.2016

KONSTITUTSIYA SAYLOV HUQUQINING MUSTAHKAM KAFOLATI

Demokratik tamoyillar asosida o‘tkaziladigan saylovlar mamlakat fuqarolarining davlat organlarini tuzishdagi bevosita ishtirokini ta’minlaydi. Saylovlar natijasida jamiyat azolarining xohish-irodasi, olib borilayotgan siyosatga munosabati aniqlanadi, fikrlar xilma-xilligi namoyon boladi. Ozbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda oz vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadir. Bu huquq fuqarolarning referendumlarda, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida va hokimiyatning vakillik organlariga saylovlarda qatnashishi orqali amalga oshiriladi.

Mamlakatimiz muhim siyosiy jarayon arafasida turibdi. Malumki, joriy yilning 9 sentabridan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boyicha saylov kampaniyasi boshlanganligi elon qilindi. Mazkur jarayonda har bir fuqaro oz konstitutsiyaviy huquqi — saylov huquqini amalga oshirish asosida davlat rahbarini saylash uchun ovoz beradi.

Bosh qomusimizda nafaqat davlat organlari tizimi va vakolatlari balki, hokimiyat oliy organlarini shakllantirish asoslari ham belgilab berilgan. Ushbu qoidalar fuqarolarning ajralmas siyosiy huquqlari bilan uygun holda ornatilganligi shaxs, jamiyat va davlat munosabatlarida xalq hokimiyatchiligi tamoyili uzviyligini taminlash imkonini yaratadi. Xususan, Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasida «Ozbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda oz vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish ozini ozi boshqarish, referendumlar otkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek, davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yoli bilan amalga oshiriladi», degan muhim demokratik qoida belgilangan. Bu, birinchidan, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda fuqarolar ishtirokining konstitutsiyaviy asosga egaligini, ikkinchidan esa, saylovlar demokratik boshqaruvni taminlovchi vositalardan biri ekanligini korsatadi.

Aytish kerakki, xalq hokimiyatchiligini taminlash bilan bogliq eng muhim konstitutsiyaviy prinsiplar, yani Konstitutsiyaning 7-moddasida mustahkamlangan Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir, 2-moddada kozda tutilgan Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi, degan qoidalar saylovlar orqali royobga chiqadi.

Har qanday saylov jarayonlari Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan meyor va tamoyillarga tayanadi. Avvalo, saylov tamoyillari deganda nimani tushunmoq kerak? Saylov huquqi tamoyillari bu saylov qonunchiligining shakllanish jarayoni, rivojlanishi va harakatlanishining asosiy goyasi, qoidasi, yetakchi mezonidir. Ozbekiston Respublikasi qonunchiligiga kora, fuqarolar umumiy, teng, togridan-togri saylash huquqi, oz xohish-irodasini erkin bildirish va yashirin ovoz berish tamoyillariga asosan saylovni amalga oshiradi. Bu haqdagi kafolat Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasida belgilangan.

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 117-moddasida davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqlarining belgilab qoyilganligi fuqarolarning davlat hokimiyatini shakllantirishda bevosita ishtirokini taminlaydi.

Ushbu konstitutsiyaviy normalar Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar togrisidagi xalqaro pakt, Erkin va adolatli saylovlarning mezonlari togrisidagi deklaratsiya hamda boshqa xalqaro hujjatlarga toliq mos keladi.

Saylovlarning demokratik talablarga mos otkazilishida Markaziy saylov komissiyasi muhim orin egallaydi. Qonunlarda Markaziy saylov komissiyasi mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, adolatlilik kabi asosiy tamoyillar asosida faoliyat korsatishi mustahkamlangan.

Markaziy saylov komissiyasi faoliyatining mustaqilligi deganda, komissiya va uning azolari oz faoliyatini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda amalga oshirishi tushuniladi. Bu bilan Markaziy saylov komissiyasi azolari qaror qabul qilishda siyosiy moyilliklar va boshqa yot tasirlardan holi bolgan oz nuqtai nazarini bildirishi belgilangan. Mazkur tamoyil oz ahamiyatiga kora, juda muhimdir. Yani, Markaziy saylov komissiyasi azolari qarorlar qabul qilishda ozaro raqobatlashayotgan siyosiy partiyalarning hech birining goyasini ustun kormaydi yoki ularning hech biriga yon bosmaydi. Markaziy saylov komissiyasining faoliyatiga aralashishga yol qoyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boladi.

Shu orinda saylovning maxsus tamoyillariga toxtalib otish orinlidir. Avvalo, umumiy saylov huquqi tamoyili haqida fikr yuritadigan bolsak, mazkur prinsipga kora, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, malumoti, tili, dinga munosabatidan qati nazar, Ozbekiston Respublikasi fuqarolari bevosita 18 yoshga tolganda saylash huquqiga egadirlar. Ayrim fuqarolar yani, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, shuningdek, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar.

Xorijiy mamlakatlar qonunchiligida saylovlarda ovoz berish hamda saylovlarda oz nomzodlarini qoyishda turli yosh chegaralarining belgilab qoyilganligini korish mumkin. Xususan, Braziliya va Eronda fuqarolar 16 yoshdan, Indoneziyada 17 yoshdan, aksariyat davlatlarda esa fuqarolar saylash huquqiga 18 yoshdan ega boladi. Shu bilan birga, ayrim mamlakatlarda saylash huquqini olishga bolgan chegara ancha yuqori qoyilgan. Xususan, Malayziya, Marokash, Boliviyada fuqarolar 21 yoshga tolganidan keyingina saylash huquqiga ega boladi.

Ozbekiston Respublikasining Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari togrisidagi Qonuniga asosan Ozbekiston fuqarolarining Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qoyilgan saylov huquqlari davlat muhofazasidadir. Ushbu qonunga asosan ottiz besh yoshdan kichik bolmagan, davlat tilini yaxshi biladigan hamda bevosita saylovgacha kamida on yil Ozbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan Ozbekiston Respublikasi fuqarosi Prezidentlik lavozimiga saylanish huquqiga ega.

Qonunchiligimiz fuqarolarning oz xohish-irodasini bildirish erkinligi ustidan nazorat qilishni man etadi. Saylovchi saylov byulletenini shaxsan ozi oladi, maxsus jihozlangan kabinada yoki yashirishi ovoz berish xonasida uni ozi toldiradi hamda saylov qutisiga ozi tashlaydi. Xohish-iroda bildirishning yashirinligi oldindan ovoz berish otkazilganda, saylov uchastkasiga kelish imkoniyatiga ega bolmagan saylovchilar ovoz berishini tashkil etishda ham taminlanadi.

Muxtasar qilib aytganda, saylovlarni tashkil etish va otkazishda Konstitutsiyamizda belgilangan meyor va tamoyillarning orni, ahamiyati beqiyos. Chunki ushbu normalar saylovlarning umumetirof etilgan tartib-qoidalarini ozida mujassam etadi.

Vosid ERGASHEV,

Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri, yuridik fanlar nozodi, dotsent,

Xushvaqt HAYITOV,

yuridik fanlar nomzodi.

Suratda: Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 562-saylov uchastkasida ham saylovga tayyorgarlik jarayoni qizgin kechmoqda.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: