O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
22.10.2016

KORGAZMALI SEMINAR

Mamlakatimizda joriy yilning 4 dekabrida o‘tkaziladigan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik qizgin pallaga kirdi.

Nukus tibbiyot kollejida joylashgan 16-saylov uchastkasida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish bilan bogliq tayyorgarlik jarayoniga bagishlangan korgazmali seminar bolib otdi.

1-Qoraqalpogiston okrug saylov komissiyasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda uchastka saylov komissiyalari raislari, kotiblari, fuqarolarning ozini ozi boshqarish idoralari maslahatchilari ishtirok etdi. Unda saylov uchastkalarini ovoz berishga tayyorlash, zamonaviy aloqa vositalari va korgazmali qurollar, zarur adabiyotlar, matbuot nashrlarining yangi sonlari bilan ta’minlash, saylovchilarga qulay sharoitlar yaratishga alohida etibor qaratildi. Saylovchilarni royxatga olish, ularning ovoz berishlarini tashkil etish, tibbiyot, ona va bola xonalarini jihozlash boyicha tavsiyalar berildi.

Saylov uchastkalarini huquqiy va moddiy-texnik darajada tayyor holga keltirish, ushbu muhim siyosiy jarayonni milliy saylov qonunchiligimizda mustahkamlab qoyilgan tenglik, oshkoralik va adolat tamoyillari asosida yuqori saviyada otkazishni taminlash yuzasidan fikr almashildi.

Nukus shahridagi barcha 77 saylov uchastkasida saylovchilarning emin-erkin ovoz berishi uchun qulayliklar yaratish, ularni targibot-tashviqot bannerlari bilan jihozlash, siyosiy, huquqiy adabiyotlar bilan taminlash borasidagi vazifalar belgilab olindi.

A.ORTIQBOYEV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: