O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
22.10.2016

NOMZODLARNI ROYXATGA OLISH UCHUN HUJJATLAR TAQDIM ETILDI

Joriy yilning 21 oktabr kuni O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi va Ozbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi vakillari Markaziy saylov komissiyasiga Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga korsatgan nomzodlarini royxatga olish uchun zarur hujjatlarni taqdim qildi.

Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, siyosiy partiyalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Qonunchilikka asosan siyosiy partiyaning rahbari Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni royxatga olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga siyosiy partiya yuqori organining Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod korsatish togrisidagi qarori, siyosiy partiya yuqori organi majlisining Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod korsatish togrisidagi bayonnomasi, Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning oz nomzodi ovozga qoyilishiga rozi ekanligi togrisidagi arizasi, Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga korsatilgan nomzodni qollab-quvvatlovchi imzo varaqalari ilova qilinadi.

Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni yetti kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning saylov qonunchiligi talablariga muvofiqligi togrisida xulosa beradi.

Hozirgi kunda Markaziy saylov komissiyasida imzo varaqalarining togri toldirilganini tekshirish yuzasidan Markaziy saylov komissiyasi azolari, jamoat tashkilotlari vakillari, ichki ishlar, adliya organlarining mutaxassislaridan iborat ekspertlar guruhlari tashkil etilgan.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: