O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
22.10.2016

SAYLOV QONUNCHILIGINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish boyicha Respublika matbuot markazida Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi hamda Adliya vazirligi hamkorligida saylov qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik mavzusiga bagishlangan amaliy seminar bolib otdi.

Videokonferensaloqa shaklida otkazilgan seminarda Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi hamda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi okrug saylov komissiyalari a’zolari, saylovda ishtirok etuvchi siyosiy partiyalar, Adliya vazirligi va ommaviy axborot vositalari vakillari, huquqshunos olimlar, amaliyotchi mutaxassislar ishtirok etdi.

Ozbekiston Respublikasining 2014 yil 16 apreldagi «Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)»gi qonuniga muvofiq, saylovga doir qonun hujjatlari ham takomillashtirildi. Jumladan, Ozbekiston Respublikasining Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksi sakkizta moddadan iborat Saylovlar va referendumlarni tashkil qilish va otkazish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun mamuriy javobgarlik deb nomlangan V1 bob bilan toldirildi.

Saylov qonunchiligini buzish bilan bogliq huquqbuzarliklar uchun javobgarlik qatiy belgilanishi saylov erkinligi prinsipining toliqroq amalga oshirilishi, saylov tizimi yanada demokratlashtirilishi, saylovning ochiq hamda oshkoraligi tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksga asosan, Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod, ishonchli vakil hamda kuzatuvchining huquqlarini, saylovoldi tashviqoti shartlari va tartibini buzish kabi harakatlar mamuriy javobgarlikka sabab boladi. Saylov natijalariga tasir korsatish maqsadida nomzod yoxud siyosiy partiya togrisida ataylab yolgon malumotlarni elon qilish bilan bogliq harakatlar sodir etish ham mamuriy javobgarlik choralari qollanilishiga olib keladi.

Saylovlarni tashkil etish hamda otkazish sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2016 yil 7 oktabrda saylov va referendumni tashkil etish hamda otkazish sohasidagi huquqbuzarliklar boyicha mamuriy ish yuritishni rasmiylashtirish yuzasidan tavsiyalar tasdiqlandi.

Mazkur tavsiyalarga kora, mamuriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, bayonnomani Markaziy saylov komissiyasi, okrug saylov komissiyalari azolari tuzishlari mumkin. Bayonnoma tuzish uchun saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari, vakolatli vakillari, nomzodlarning ishonchli vakillarining arizalari, uchastka saylov komissiyalarining xabarlari, fuqarolarning arizalari, korxona, muassasa, tashkilot, jamoat tashkiloti va mansabdor shaxslarning xabarlari, ommaviy axborot vositalarining xabarlari asos boladi.

B.BOZOROV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: