O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
22.10.2016

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING SUD-HUQUQ TIZIMINI YANADA ISLOH QILISH, FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARINI ISHONCHLI HIMOYA QILISH KAFOLATLARINI KUCHAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOGRISIDAGI FARMONIGA SHARH

Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar sud-huquq sohasini demokratlashtirish va erkinlashtirishga, sud hokimiyatining fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi roli va ahamiyatini oshirishga zamin yaratdi.

Shu bilan birga, mamlakatni rivojlantirishning zamonaviy talablari va strategik ustuvor vazifalari sud-huquq tizimini yanada takomillashtirishni talab etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari togrisida»gi Farmoni mazkur sohadagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga kotarib, quyidagi uchta asosiy ustuvor yonalishlarni belgilab berdi:

sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash;

fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish;

odil sudlovga erishish darajasini oshirish.

Mazkur ustuvor yonalishlarni amalga oshirish maqsadida sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining muhim vazifalari etib:

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasida belgilangan sudyalar mustaqilligi, ularning faqat qonunga boysunishi va odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga ogishmay amal qilinishini taminlash;

fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga tajovuz qilish holatlari yuzasidan barcha zarur choralarni korish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini korib chiqish tartibini buzish va sansalorlikka yol qoymaslik;

tegishli axborotni oz vaqtida jamoatchilikka yetkazish orqali faoliyatning ochiqligi va shaffofligini taminlash, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda aholi bilan hamkorlik samaradorligini oshirish;

huquqni qollash amaliyoti va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish orqali tizimli kamchilik va qonunbuzilishlarni aniqlash va bartaraf etish, ish faoliyatiga ilgor ilmiy-texnika vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish;

idoraviy nazoratni kuchaytirish, xodimlar ortasida suiistemolchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga chek qoyish, kadrlar tarkibini sifat jihatidan yaxshilash, kadrlarni tanlashning eng munosib nomzodlarni ishga qabul qilishni taminlaydigan zamonaviy mexanizmlarini joriy etish belgilandi.

Farmonga muvofiq sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taminlash, kasbiy nufuzini oshirish, yuqori malakali va samarali faoliyat yurituvchi sud korpusini shakllantirish maqsadida ilk bor sudyalarning vakolat muddatlari qayta korib chiqildi.

Xususan, sudyalik lavozimiga birinchi marotaba besh yil muddatga va keyin on yil muddatga, shundan song muddatsiz tayinlash (saylash)ni nazarda tutuvchi tartib joriy etildi.

Kiritilayotgan bu ozgartishlar xalqaro standartlar va rivojlangan demokratik davlatlarning ilgor tajribasiga toliq mos keladi.

Shu bilan birga, Farmon bilan 2017 yilning 1 aprelidan jinoyat, jinoyat-protsessual, fuqarolik protsessual va boshqa qonun hujjatlariga inson huquq va erkinliklari ustuvorligini taminlash, sud muhokamasini adolatli va oz vaqtida otkazish, jazoning adolatli va insoniyligi kafolatlarini kuchaytirishni inobatga olgan holda odil sudlov samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator ozgartishlar kiritilmoqda.

Jumladan, qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatilib, uning orniga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogliq bolmagan jazoning muqobil turlarini qollash imkoniyati kengaytirilmoqda.

Yani jinoiy jazolar tizimidan nisbatan qattiq tasir choralaridan biri chiqarilayotganligi jinoiy jazolarni liberallashtirishga, huquqbuzarlarga nisbatan tarbiyaviy-tuzatish tasir choralarining ilgor shakl va uslublarini keng qollash boyicha olib borilayotgan siyosatning mantiqiy davomi hisoblanadi.

Jinoyat protsessida fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, jinoyat ishlarini tergov qilishning tezkorligini oshirish doirasida:

jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga;

qamoqqa olish va uy qamogi tarzidagi ehtiyot choralarini qollashning, shuningdek, jinoyat ishlari boyicha dastlabki tergovning eng kop muddatlari 1 yildan 7 oyga qisqartirilmoqda.

Ushbu choralarning joriy etilishi, bir tomondan, fuqarolarning erkinligini asossiz cheklash holatlaridan himoya qilinishini, ikkinchi tomondan, surishtiruv va tergov organlarining masuliyati va faoliyati samaradorligi oshishini taminlaydi.

Xabeas korpus instituti qollanishini yanada kengaytirish doirasida prokurorlarning pochta-telegraf jonatmalarini xatlab qoyish va eksgumatsiya qilish kabi tergov harakatlarini otkazishga sanksiya berish boyicha vakolatlari sudlarga otkazilmoqda.

Bu ozgartishlar insonning shaxsiy huquq va erkinliklari daxlsizligi, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qoyishga hech kim haqli emasligi haqidagi Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda xalqaro huquqning umumetirof etilgan prinsip va normalariga tola mos keladi.

Bundan tashqari, sudga qamoqqa olish yoki uy qamogi tarzidagi ehtiyot chorasini qollash rad etilgan taqdirda muqobil ehtiyot chorasini qollash imkoniyati berilmoqda.

Sudda ish yuritish tezkorligi va sifatini oshirish, ish boyicha yakuniy qarorlar qabul qilish muddatlarini asossiz kechiktirishni bartaraf etish, sudlarning jinoyat protsessidagi rolini oshirishga qaratilgan yangilik sifatida sud tomonidan jinoyat ishini qoshimcha tergovga qaytarish institutining bekor qilinayotganligini alohida takidlash joiz.

Fuqarolik ishi boyicha sud qarorini nazorat tartibida qayta korib chiqish imkoniyatini beruvchi muddatning 3 yildan 1 yilga qisqartirilishi esa, fuqarolik huquqiy munosabatlarning barqarorligi, fuqarolik protsessi ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taminlashga xizmat qiladi.

Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini qayta korib chiqishning amaldagi tizimini takomillashtirish, shuningdek sud protsessi muddatlari va sifatiga salbiy tasir korsatuvchi ortiqcha oraliq instansiyalarni bartaraf etish maqsadida Farmonda viloyat darajasidagi sudlar tomonidan fuqarolik va jinoyat ishlarini nazorat tartibida qayta korish boyicha bir-birini takrorlovchi instansiyalari tugatilib, oz navbatida, tegishli sud raislari va prokurorlarning nazorat tartibida protest keltirish vakolati bekor qilinishi nazarda tutildi.

Shu bilan birga, Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ishlarni nazorat tartibida korishga oid bir-birini takrorlovchi vakolatlari bekor qilinmoqda.

Ortiqcha va bir-birini takrorlovchi instansiyalarning bekor qilinishi aynan bir nazorat instansiyasi tomonidan ishlarning bir necha bor korib chiqilishining oldini oladi, sud qarorlarining uzil-kesilligi va barqarorligini taminlab, fuqarolarning sudlarga bolgan ishonchini yanada oshiradi.

Shuningdek, Farmonda viloyat xojalik sudlarining qarorlarini ozlari tomonidan qayta korish vakolatini cheklash maqsadida ushbu sudlar tizimida mintaqaviy apellatsiya sudlarini tashkil etish nazarda tutildi.

Farmonning sud hokimiyati mustaqilligi asoslarini mustahkamlovchi alohida ahamiyatli tomoni adliya organlarining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taminlash boyicha vazifa va vakolatlari Ozbekiston Respublikasi Oliy sudiga otkazilayotganidir.

Ushbu chora sudlarning mustaqilligi va ularning faoliyatiga aralashmaslikning qoshimcha kafolatlarini yaratadi.

Shu bilan birga, Farmonga muvofiq Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xojalik sudi, Bosh prokuraturasi va boshqa manfaatdor idoralarga 2017 yil 1 iyulga qadar ilgor xorijiy tajribani organgan holda quyidagi masalalar boyicha asoslantirilgan takliflar tayyorlash topshirildi:

sud-prokuror xodimlarining malakasini oshirish va rahbar kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;

protsessual harakatlarni amalga oshirishda voyaga yetmaganlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, jinoiy jazolarni liberallashtirish, shuningdek sudlanganlik holatini tugatish va sudlanganlikni olib tashlash muddatlari va asoslarini qayta korib chiqish;

ozbek xalqining ezgulik va rahmdillik kabi kop asrlik ananalariga mos bolgan yarashuv institutini jinoyat protsessida qollash doirasini kengaytirish. Bu norma qonunni chetlab otgan, sodir etgan qilmishidan pushaymon bolgan va yetkazilgan ziyonni qoplagan fuqarolarni javobgarlikdan ozod qilish imkonini beradi;

ijtimoiy xavfi katta bolmagan ayrim turdagi jinoyat tarkiblarini jinoyat toifasidan chiqarish;

jabrlanuvchining arizasi asosida jinoyat ishi qozgatilishi mumkin bolgan jinoyat tarkiblari royxatini kengaytirish;

elektron tartibda sud va ijro ishi yuritishning zamonaviy shakl va usullarini, odil sudlovga erishishning ilgor mexanizmlarini joriy etish orqali odil sudlov sifatini oshirish. Bu tashabbusning amalga oshirilishi sud faoliyatining samaradorligiga, shuningdek, Elektron hukumat togrisidagi Qonunni amalga oshirish doirasida respublikani rivojlantirishning zamonaviy bosqichi talablariga toliq asoslangan odil sudlovning jamoatchilik uchun ochiqligi, shaffofligi va erkinligi prinsiplarini hayotga izchil tatbiq etishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, qonuniylikni taminlashda hamda mamlakatimizda islohotlarni samarali royobga chiqarishda yuridik xizmatlar rolini oshirish maqsadida davlat organlarining yuridik xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir aniq chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda.

Qayd etilgan asosiy vazifalar va yangi normalarni hayotga tatbiq etish uchun Farmon bilan sud-huquq tizimini rivojlantirish borasida 8 ta eng ustuvor sohalar boyicha 45 ta aniq tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi Kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Farmonni ijro etish doirasida Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik protsessual, Xojalik protsessual kodekslari va bir qator boshqa qonun hujjatlariga zarur ozgartish va qoshimchalar kiritiladi.

Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish tizimini izchil takomillashtirish va mustahkamlash maqsadida umumetirof etilgan xalqaro standartlar asosida bir qator alohida qonunlar, shu jumladan Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish togrisidagi, Mediatsiya togrisidagi, Mamuriy sudlov ishlarini yuritish togrisidagi qonunlarni qabul qilish rejalashtirilmoqda.

Ushbu dasturiy hujjatning amalga oshirilishi mamlakatning sud-huquq tizimi faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini taminlash, shuningdek, aholining odil sudlovga bolgan ishonchini yanada mustahkamlash imkonini beradi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: