O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
20.10.2016

YOSH SIYOSATCHILAR BILAN UCHRASHUV

O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashi hamda Toshkent shahar hokimligi hamkorligida yoshlar bilan uchrashuv otkazildi. Unda deputatlar, hokimlik mutaxassislari, faollar hamda «Yosh siyosatchilar» klubi koordinatorlari ishtirok etdi. Istiqbol yoshlar qanotining Deputat va yoshlar loyihasi doirasida bolib otgan tadbirda mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, keng qamrovli islohotlar xususida soz bordi.

Toshkent shahar hokimi orinbosari, xotin-qizlar qomitasi raisi Farida Abdurahimova shahar Kengashi sessiyalarida yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish boyicha korib chiqilgan masalalar hamda ularning ahamiyatiga e’tibor qaratdi. Ozbekiston Respublikasining Yoshlarga oid davlat siyosati togrisidagi Qonunida belgilangan vazifalar, ularning mazmun-mohiyati haqida alohida toxtalib otdi.

Uchrashuvda yosh siyosatchilar Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bolishdi.

— Partiyamiz Saylovoldi dasturiga kora aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini taminlash ustuvor vazifa sanaladi, dedi OzXDP Shayxontohur tuman kengashi raisi orinbosari Sardor Dostmuhammedov. Shuning uchun deputatlarimiz joylarda mazkur masalani organib, kamchiliklarga yechim topish yuzasidan muayyan chora-tadbirlar olib bormoqda. Yoshlarimizni bolajak rahbarlar, deputatlar sifatida tarbiyalash, ularning bilim va konikmalarini oshirib borish maqsadida turkum tadbirlar otkazilmoqda. Siyosiy oquvlar, debatlar, qonunlar oyligi hamda deputatlar bilan muloqotlar shular jumlasidan. Oylaymanki, bu kabi tadbirlar yoshlarda yangi fikr va goyalar tugilishiga zamin yaratadi.

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimligi tashkiliy nazorat bolimi bosh mutaxassisi Murod Isaboyev, hududlarni kompleks rivojlantirish yigma bosh boshqarmasi boshligi orinbosari Narimon Ismoilov va boshqalar hokimlikdagi ish jarayoni haqida atroflicha tushuncha berdi. Xususan, hokimlik faoliyatida kadrlarga qoyiladigan talablar, xodimlarning vazifalari, huquq va burchlari haqida soz yuritildi. Siyosiy partiya faollari hamda deputatlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar yuzasidan malumotlar taqdim etildi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: