O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
20.10.2016

IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI YANADA YAXSHILANADI

Ijtimoiy himoya tushunchasi nafaqat ijtimoiy yordam va nafaqalar bilan ta’minlash, shu bilan birga, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini izchil rivojlantirish masalasini ham qamrab oladi. Bu, oz navbatida, aholining har tomonlama faolligini oshirishga, jamiyat hayotida tolaqonli ishtirokini kafolatlashga xizmat qiladi.

Mamlakatimizda keksalar, jismoniy imkoniyati cheklanganlarga etibor qaratish, ularning holidan xabar olish, gamxorlik korsatish uchun zarur shart-sharoit yaratilmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy komakka ehtiyojmand kishilarni qollab-quvvatlash, ish sharoitida yengillik yaratish, sogliqni saqlash, talim sohalarida korsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish boyicha keng kolamli ishlar olib borilmoqda. Bu masalalar qonunchilikda yanada mustahkamlanmoqda. Oliy Majlis Senatining yaqinda bolib otgan yettinchi yalpi majlisida maqullangan «Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar togrisida»gi Qonun shular jumlasidandir.

Ijtimoiy himoya tushunchasi nafaqat ijtimoiy yordam va nafaqalar bilan taminlash, shu bilan birga, ijtimoiy xizmatlar korsatish tizimini izchil rivojlantirish masalasini ham qamrab oladi. Bu, oz navbatida, aholining har tomonlama faolligini oshirishga, jamiyat hayotida tolaqonli ishtirokini kafolatlashga xizmat qiladi. Shu jihatdan olib qarasak, ushbu Qonun dolzarb hayotiy ahamiyatga ega ekani yaqqol namoyon boladi.

Mazkur Qonunning mazmun-mohiyati, ahamiyatli jihatlari haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining fikr-mulohazalari bilan qiziqdik.

Shuhrat TURSUNBOYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

— Avvalo, ijtimoiy xizmatlar tushunchasiga toxtalib otish orinli boladi. Qonunga kora, bu tushuncha ijtimoiy xizmatlar korsatishga muhtoj shaxslar, hayot tarzi sifatini oshirish, jamiyat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng holda ishtirok etish uchun imkoniyat yaratish va ozlarining asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda qondirish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida yordam korsatish boyicha chora-tadbirlar kompleksidir.

Aholini ijtimoiy himoya qilish har qanday davrda ham davlat va jamiyat oldida turgan eng muhim, dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Chunki odamlarning turmush tarzi, kayfiyati, amalga oshirilayotgan islohotlarga munosabati qanday bolishi, avvalo, ular qay darajada ijtimoiy himoyalanganligi bilan bevosita bogliq. Ushbu Qonun bu boradagi islohotlarni yanada yangi bosqichga kotarishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Aytish kerakki, mazkur huquqiy hujjat orqali aholining qollab-quvvatlashga ehtiyojmand qatlamlariga ijtimoiy xizmatlar korsatishning kompleks tizimi yaratiladi. Unda ijtimoiy xizmatlar korsatish samaradorligini oshirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yonalishlari aniq belgilab qoyilgan.

Unga kora, ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni oz vaqtida aniqlash, hisobga olish va ularga ijtimoiy xizmatlar korsatish, ularning oila va jamiyat bilan aloqalarini saqlash, qulay muhitda bolishi uchun sharoitlar yaratish, davlat organlarining ijtimoiy xizmatlar bilan bogliq faoliyatining ochiq-oshkoraligini taminlash hamda sohada ijtimoiy sherikchilikni rivojlantirish davlat siyosatining asosiy yonalishlariga kiradi.

Ushbu normalar inson manfaatini himoya qilish, barcha fuqarolar munosib turmush kechirishi uchun keng sharoit yaratish bilan bir qatorda pensionerlar, imkoniyati cheklangan kishilar davlat hamda jamiyat etiboridan chetda qolmasligini taminlaydi.

Bunyodjon ESHONQULOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

Inson manfaatini oliy qadriyat, deb biladigan davlat oz fuqarolarining farovon turmushi va salomatligini muhofazalashga alohida etibor qaratadi. Jamiyatning manaviy darajasi esa yordamga ehtiyojmand insonlarga munosabati bilan ham belgilanadi. Shu bois mamlakatimizda keksalarni ijtimoiy muhofaza qilish, nogironlarning hamma qatori yashashi, talim olishi va ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Qonunlarimizda ularga alohida imtiyozlar belgilanmoqda.

Masalan, keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy komaklashish va maslahatlar berish xizmatini olaylik. Bu ularning umumiy orta, orta maxsus va kasbiy talim olishi, ishga joylashishi, uy-joy, maishiy va moddiy yordam, texnik reabilitatsiya vositalarini olishda komaklashish kabi xizmatlarni oz ichiga oladi. Qonunda homiylik va vasiylikni belgilash, farzandlikka olish, bolalarni oilada tarbiyalashga olish (potranat) va ularni internat muassasalariga joylashtirish, ota-onalar yoki ularning ornini bosuvchi shaxslarni bolalar internat muassasalari tarbiyalanuvchilarini tayyorlash masalalari ham belgilangan.

Alohida takidlash kerakki, bu boradagi ishlar tizimli yolga qoyilishi partiyamizning dasturiy maqsadlari amalga oshishiga, elektorat manfaatlari himoyasi taminlanishiga xizmat qiladi.

Aliya YUNUSOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

Jamiyatimizda insoniylik va hamjihatlik muhiti mustahkamlanishida ushbu huquqiy hujjatning ahamiyati katta. Qonun ijtimoiy himoya qilish tizimi jamoatchilik nazorati uchun ochiq bolishini kafolatlaydi. Aholiga ijtimoiy xizmatlar korsatish jarayonini tartibga solish bilan birga, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yanada yaxshilash, korsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini oshirishda muhim orin tutadi.

Qonunga kora, ijtimoiy xizmat korsatish tizimida jamoatchilik nazoratini nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari amalga oshirishi mumkin. Davlat tashkilotlari jamoatchilik nazorati qonunchilikka muvofiq otkazilishiga komaklashishi shart. Bunday nazorat natijalari davlat tashkilotlari tomonidan korib chiqilishi belgilangan.

Mazkur Qonunda ijtimoiy himoyani kuchaytirish bilan bogliq dolzarb masalalar qamrab olingan. Shu bois partiyamiz tashkilotlari, mahalliy Kengashlar deputatlari fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda targibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirishimiz talab etiladi.

Laziza SHEROVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: