O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
20.10.2016

MUHIM TADBIRGA PUXTA TARADDUD

Namangan shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi 79-saylov uchastkasida korgazmali seminar tashkil etildi.

Ozbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti rahnamoligida mamlakatimizda saylovlarni otkazishning xalqaro andozalarga mos mustahkam huquqiy asosi yaratilgani ushbu muhim siyosiy tadbirning tenglik, oshkoralik va demokratik tamoyillar asosida otishini ta’minlashda muhim omil bolayotgani takidlandi.

— «Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida»gi qonunga muvofiq, saylovchilarning oz xohish-irodasini emin-erkin ifoda etishi uchun okrugda tashkil etilgan 690 saylov uchastkasida barcha sharoit yaratilmoqda, deydi 6-Namangan okrug saylov komissiyasi raisi P.Matkarimov. Joylarda tashkil etilgan namunali saylov uchastkalarida korgazmali seminarlar otkazilib, bu boradagi ilgor tajribalar ommalashtirilayotgani yaxshi samara bermoqda. Mazkur seminarda nafaqat Namangan shahri, balki barcha tumanlar vakillari, viloyat boshqarmalari mutasaddilari ham ishtirok etdi.

Tadbir doirasida otkazilgan 6-Namangan okrug saylov komissiyasining navbatdagi yigilishida shahar va tumanlar hokimlari birinchi orinbosarlarining saylov uchastkalarini jihozlash, hududlarni obodonlashtirish va boshqa tashkiliy tadbirlar boyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti tinglandi.

Namangan shahrida 389 ming 349 saylovchi royxatga olingan bolib, ularning oz konstitutsiyaviy huquqidan erkin foydalanishi, tanlagan nomzodiga ovoz berishi uchun har tomonlama qulay va zamonaviy binolarda 140 saylov uchastkasi tashkil etilgan.

Seminar ishtirokchilariga saylov uchastkalarini muhim siyosiy tadbirga tayyorlash Namangan shahridagi 79-saylov uchastkasida amalga oshirilgan ishlar misolida namoyish etildi. Namangan agrotadbirkorlik va maishiy xizmat kasb-hunar kollejida tashkil etilgan ushbu saylov uchastkasida 2 ming 998 fuqaro ovoz beradi. Ularning 90 dan ziyodi birinchi marta ovoz beradigan yoshlardir.

Kollej foyyesida saylovga doir korgazmali vositalar, ovoz berish kabinalari, byulletenlar hamda saylov varaqalari tashlash uchun statsionar va kochma qutilar ornatilgan. Maxsus jihozlangan ona va bola xonasida barcha sharoit yaratilgan. Tibbiyot xonalari zarur dori-darmon vositalari bilan taminlangan. Bu yerda saylov kuni malakali shifokor va hamshiralarning navbatchiligi tashkil etiladi. Kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun ham qulayliklar yaratilgan.

A.SATTOROV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: