O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
20.10.2016

SAMARQANDGA TASHRIF: HAYRAT VA HAVAS

Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining Toshkentda o‘tgan 43-sessiyasi ishtirokchilari 19 oktabr kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

Mehmonlar Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi.

Buyuk Yolboshchimizning mustaqil Ozbekiston davlatini barpo etish va uni har tomonlama rivojlantirishdagi beqiyos xizmatlari yodga olindi. Yurtimizdagi muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar, buyuk ajdodlarimiz nomi bilan bogliq maskanlarni obod etish, xalqimizning manaviy merosini tiklash va asrab-avaylash borasida Birinchi Prezidentimiz ulkan jasorat, etibor va gamxorlik korsatgani alohida takidlandi.

Mehmonlar Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Registon ansambli, Mirzo Ulugbek muzeyi va rasadxonasi bilan tanishdi.

— Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasiga juda katta tayyorgarlik korilgani va anjuman yuqori saviyada otganini alohida takidlamoqchiman, deydi Iroq tashqi ishlar vaziri orinbosari Umar Berzinji. Tadbir doirasida Toshkent va Samarqand shaharlaridagi muqaddas qadamjolar, talim maskanlariga uyushtirilgan sayohatlar bizda ulkan taassurot qoldirdi. Ayniqsa, yer yuzining sayqali bolgan Samarqand shahri, Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilish imkoniyati yaratilganidan benihoya xursandmiz. Bu safar hayotimizda shubhasiz unutilmas voqea bolib qoladi. Buyuk muhaddis Imom Buxoriy hazratlari mangu orom topgan maskanning shunday korkam va ulugvor salobatidan hayratga tushdik.

Ozbekistonda muqaddas ziyoratgohlar, masjidlarni obod etish, ularni asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan ishlar har qancha tahsinga sazovor, deydi Mali tashqi ishlar vazirligi xodimi Ben Aziz Rakoni. Bu davlatingizning ushbu sohaga alohida etibor korsatayotganidan dalolatdir. Xalqaro anjuman doirasida eng katta orzularimdan biri ushalib, muhaddislar sultoni Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish nasib etgani uchun Yaratganga behisob shukronalar aytaman. Majmuaning oziga xos milliy arxitekturasi, obodligini korib lol qoldim. Ushbu maskanga yana kelishni niyat qildim.

Samarqand avtomobilsozlik kollejidagi talim jarayonlari bilan tanishuv chogida mamlakatimizda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqaro andozalarga mos milliy talim modelini yaratish borasida olamshumul ishlar amalga oshirilgani takidlandi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining hayotga tatbiq etilishi, «Talim togrisida»gi va sohaga oid boshqa qonunlar asosida zamon talablariga tola javob beradigan milliy talim tizimiga asos solindi. Ayni paytda dunyoning koplab mintaqalarida bolalarning oqishi ogir muammoga aylanib borayotgan bir paytda Ozbekistonda umumiy orta va orta maxsus, kasb-hunar talimini oz ichiga olgan, davlat tomonidan kafolatlangan 12 yillik bepul majburiy talim tizimi joriy etilgan. Buning natijasida mamlakatimiz yoshlari bilim olish bilan birga, kasb-hunar egallab, jamiyatda oz ornini topmoqda. Mazkur muassasalar bitiruvchilarining bandligini taminlash masalasi ham davlatimizning doimiy etiborida ekani mehmonlar tomonidan alohida etirof etildi, organsa arzigulik tajriba sifatida qayd etildi.

Avtomobilsozlik boyicha tort yonalishda ondan ortiq mutaxassislar tayyorlanadigan mazkur muassasada oquvchilarning bilim olishi, kasb-hunar organishi uchun yaratilgan sharoit oliy oquv yurtlari darajasida ekani etiborimni tortdi, deydi Iordaniyaning Islom hamkorlik tashkilotidagi vakili Majid Talji. Bu Ozbekistonda davlat tomonidan talim sohasiga bolgan juda katta etibor samarasidir. 17-18 yoshli yigit-qizlarning zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanib, avtomobilsozlikning murakkab jarayonlarini puxta organayotgani havasimizni keltirdi. Kollej bitiruvchilarining asosiy qismi Samarqanddagi avtomobil zavodlari va ularga texnik xizmat korsatish markazlarida ishlayotgani yanada etiborlidir.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 1-akademik litseyga tashrif buyurgan mehmonlarga muassasa oquvchilari bu yerda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida sozlab berdi. Bir necha xorijiy tillarda erkin suhbatlashgan yoshlarning bilimi, intilish va shijoati mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Aniq, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlar, xorijiy filologiya yonalishlarida 1350 oquvchi talim olayotgan ushbu akademik litseyning 3 nafar qizi Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bolgan. Keyingi besh yilda onga yaqin oquvchi xalqaro fan olimpiadasi golibligini qolga kiritgan. 50 dan ortiq yigit-qiz mamlakat va xalqaro sport musobaqalarida munosib ishtirok etgan.

Ozbekiston zaminidan diniy va dunyoviy ilmlarda jahonga mashhur allomalar yetishib chiqqanini yaxshi bilamiz, deydi Gambiyaning Islom hamkorlik tashkilotidagi vakili Umar Salloh. Ularning buyuk xizmatlari hamon hayrat va havas bilan organiladi. Bugun zamonaviy talim maskanlarida tahsil olayotgan yoshlar bilan suhbatlashib, ularning fikrlarini eshitib, bu tabarruk yurtda ulug ajdodlariga munosib avlodlar kamolga yetayotganiga amin boldik. Bunday avlod buyuk ishlarga qodir.

G.HASANOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: