O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
18.10.2016

SAYLASH HUQUQI KAFOLATLANADI

Asosiy qonunimizda xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai ekanligi, davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ulliklari belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda oz vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega bolib, bu huquq fuqarolarning Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida va hokimiyatning vakillik organlari saylovida qatnashishi orqali amalga oshirilishi qayd etilgan. Shuning uchun ham Ozbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Oliy Majlis va Prezident ish olib borishi mumkinligi mustahkamlangan. Yani, xalq vakolat beradigan organlar qaysidir organ yoki mansabdor shaxs tomonidan tayinlanmaydi, balki bevosita xalq tomonidan umumiy, teng, togridan-togri saylovlarda yashirin ovoz berish yoli bilan saylanadi.

Mamlakat fuqarolari ozlarining nomidan ish yuritish vakolatiga ega bolgan shaxslarni bevosita saylaydilar. Buning mohiyatida nafaqat malum bir nomzodni tanlash, balki mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayoti, ichki va tashqi siyosati boyicha eng munosib hamda xalqqa maqul dasturni qollab-quvvatlashdek dolzarb masala ham turadi.

Shu manoda joriy yil 4 dekabrda bolib otadigan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi Vatanimiz tarixidagi goyat muhim ijtimoiy-siyosiy voqeadir. Chunki Prezident — davlat boshligi. U mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatining asosiy yonalishlarini ishlab chiqish, Konstitutsiya va qonunlarga qatiy rioya etish, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini kafolatlash, davlat mustaqilligi, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, davlat hokimiyati organlarinig kelishilgan holda faoliyat yuritishi hamda hamkorlik qilishiga masul shaxs hisoblanadi. Shuning uchun ham saylov jarayonlarining huquqiy asoslari Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari togrisida»gi, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi Qonunlari bilan tartibga solingan.

Mazkur qonunlarda fuqarolarga oz tanlovlarini erkin, ixtiyoriy va adolatli ravishda amalga oshirishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilishi kafolatlangan. Avvalambor, Ozbekiston Respublikasi fuqarolari ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, malumoti, tili, dinga munosabati, mashgulotining turi va xususiyatidan qati nazar teng saylovhuquqiga egadirlar.

Qayd etish joizki, fuqarolar nafaqat saylovda ovoz beradi, balki butun saylov jarayonini tashkil etishda qonunda belgilangan tartibda faol qatnashadi. Yani, fuqarolar Prezidentlikka korsatilgan nomzodlarni dastlabki tarzda qollab-quvvatlash, saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish va saylov bilan bogliq boshqa jarayonlarda bevosita ishtirok etadi.

Saylov qonunchiligimizda keng turdagi munosabatlar qamrab olingan. Unga kora, imkoniyati cheklangan shaxslar, bemorlar, saylov kuni ovoz berish imkoniyatiga ega bolmaganlar uchun ham teng shart-sharoitlar yaratib beriladi. Bu ham fuqarolarning saylov huquqlarini togridan-togri yoki bilvosita cheklashga yol qoyilmasligining amaldagi ifodasidir.

Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari togrisidagi Qonunga asosan saylovchilarga referendumlarda, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida va hokimiyatning vakillik organlari saylovlarida bevosita qatnashish huquqi kafolatlanadi. Demak, saylovchilarning xohish-istagi, siyosiy irodasi ifoda etilishi dolzarb ahamiyatga egadir. Mazkur Qonunning 19-moddasida salomatligining holati yoki boshqa sabablarga kora ovoz berish binosiga kela olmaydigan saylovchilar uchastka saylov komissiyasiga tegishli iltimos bilan murojaat etish huquqiga ega. Bunda komissiya ovoz berishni ana shu saylovchilar turgan joyda tashkil etishi shartligi belgilab qoyilgan.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi Qonunning 10-moddasida Ozbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar, dam olish uylari, kasalxonalar va boshqa doimiy ishlaydigan davolash muassasalarida, fuqarolarning olis va borish qiyin bolgan yerlardagi turar joylarida, qamoqda saqlash joylaridasaylovuchastkalari tuzilishi mumkinligi belgilangan.

Bundan tashqari, saylov kuni yashash joyida bololmaydiganlar uchun ham saylash huquqi kafolatlangan. Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari togrisidagi Qonunga asosan saylov kuni oz turar joyida bolish imkoniyatiga ega bolmagan saylovchilar oldinroq ovoz berishi mumkin. Tegishli uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning talabiga kora, belgilangan shaklda bolgan, nomzodlar togrisida tegishli malumotlar qayd etilgan saylov varaqalarini beradi. Saylovchilar toldirilgan saylov varaqasini yopiq konvertda uchastka saylov komissiyasiga qoldirishlari mumkin. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi Qonunda saylov kuni oz yashash joyida bolish imkoniyatiga ega bolmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga egaligi belgilab qoyilgan. Muddatidan oldin ovoz berish saylovga on kun qolganida boshlanadi va saylovga bir kun qolganida tugallanadi. Muddatidan oldin ovoz berishni otkazish vaqti okrug saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi va saylovchilar, kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillariga yetkaziladi. Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida bola olmasligi sabablari (tatil, xizmat safari, chet elga chiqish va hokazo) korsatilgan ariza asosida oz yashash joyidagi uchastka saylov komissiyasidan saylov varaqasini oladi.

Qonunchilikda aybi sudning hukmi bilan aniqlanmagunga qadar shaxs aybsiz deb hisoblanishini etiborga olgan holda, uchastkalari tuzilishi mumkin bolgan obyektlar sirasiga qamoqda saqlash joylari ham kiritilgan. Chunki Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kora, faqatgina sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydi.

Agar farzandimiz yoki biron-bir qarindoshimiz harbiy xizmatda bolsa, ularga ham saylov huquqi kafolatlanadi. Qonunga kora, saylov uchastkalari harbiy qismlarda ham tuziladi.

Bundan tashqari, amaliyotda saylov uchastkalarida yosh bolali onalar uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, imkoniyati cheklangan, nogiron fuqarolar uchun ovoz berishga qulay tarzda jihozlangan kabinalar tashkil qilish izchil yolga qoyilgan. Bu ham saylov huquqining kafolati hisoblanadi.

Agar fuqaroning saylov huquqlari buzilsa, unga oz saylov huquqini sud yoli bilan himoya etish, saylov komissiyalarining, davlat organlarining, mansabdor shaxslarning, jamoat birlashmalarining gayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatlari kafolatlangan.

Saylov qonunchiligini buzgan shaxslar uchun Ozbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik togrisidagi va Jinoyat kodekslarida tegishli huquqiy tasir choralari belgilangan.

Bularning barchasi Ozbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqlari davlat muhofazasida ekanidan dalolat beradi.

Samira SAID-GAZIYEVA,

yuridik fanlar nomzodi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: