O'zb  
 
18.10.2016

UCHASTKA SAYLOV KOMISSIYASI AZOLARI ISH BOSHLADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi 10-Toshkent viloyati okrug saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bolib otdi.

Okrug saylov komissiyasi a’zolari, okrug saylov komissiyasi matbuot markazi xodimlari va jurnalistlar ishtirok etgan majlisda 10-Toshkent viloyati okrugi hududidagi uchastka saylov komissiyalari azolarining tarkibini tasdiqlash masalasi korib chiqildi.

Viloyatda tashkil etilgan 875 saylov uchastkasida 1 million 943 ming 289 saylovchining ovoz berishi kutilmoqda. Uchastka saylov komissiyalari va ovoz berish binolarining manzili, saylov uchastkasining chegarasi togrisidagi malumotlar matbuotda elon qilindi. Saylov uchastkalari davlat ramzlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, mebel va zarur adabiyotlar bilan taminlandi. Saylov qonunchiligiga oid malumotlar, saylovchilar huquq va majburiyatlari togrisidagi targibot vositalari korinarli joyga osib qoyilishiga etibor qaratildi.

Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari sessiyalarida «Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida»gi qonun talablariga muvofiq saylov uchastkalari komissiyalari tarkibiga nomzodlar tavsiya etildi. Nomzodlar orasida pedagoglar, korxona va tashkilotlar rahbarlari, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari vakillari kopchilikni tashkil etadi.

— Uchastka saylov komissiyalari raisi, uning orinbosari, kotibi va azolari uchun korsatilgan nomzodlar tarkibining 52 foizdan ortigi ayollardir, deydi 10-Toshkent viloyati okrug saylov komissiyasi raisi H.Hamidov. Nomzodlarning 68 foizdan ortigi ilgari uchastka saylov komissiyalari tarkibida faoliyat korsatgan. Bu muhim siyosiy tadbirning yuksak saviyada otishini taminlovchi omillardan biri bolib xizmat qiladi.

Yigilishda korilgan masalalar boyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun brifing tashkil etildi. Unda 875 uchastka saylov komissiyasiga 8 ming 173 azo tarkibi tasdiqlangani hamda viloyatda saylovni otkazishga tayyorgarlik ishlarining borishi haqida atroflicha malumot berildi.

I.AVVALBOYEV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: