O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
15.10.2016

PREZIDENTLIKKA NOMZOD

va uning Saylovoldi dasturi tasdiqlandi

14 oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining X qurultoyi bolib otdi. Unda hududiy partiya tashkilotlari tomonidan saylangan delegatlar, partiya Markaziy Kengashi a’zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati azolari, partiya faollari, ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Qurultoyda Ozbekiston Xalq demokratik partiyasidan Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga korsatilgan nomzod hamda uning Saylovoldi dasturini tasdiqlash, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida partiya tashkilotlarining tashkiliy va siyosiy vazifalarini belgilab olish, shuningdek, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasining Ustaviga qoshimchalar kiritish togrisidagi masalalar atroflicha muhokama etildi.

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi Hotamjon Ketmonov Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Ozbekiston Xalq demokratik partiyasining faol ishtirokini taminlash togrisida maruza qildi.

Mustaqillik yillarida Ozbekistonda demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yolida izchil islohotlar amalga oshirilayotgani, demokratik saylov tizimi, jumladan, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga oid mustahkam huquqiy asoslar yaratilgani alohida takidlandi.

Malumki, «Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida»gi Qonunga muvofiq, Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod faqatgina siyosiy partiyalar tomonidan korsatiladi.

Shundan kelib chiqqan holda, qurultoyda Ozbekiston Xalq demokratik partiyasining VI plenumida Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiyadan taklif qilingan — OzXDP Markaziy Kengashi raisi, partiyaning Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari Hotamjon Abdurahmonovich Ketmonov nomzodi tasdiqlandi.

Shuningdek, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasidan Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning Saylovoldi dasturi togrisidagi masala ham korib chiqildi.

Takidlandiki, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasidan Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga korsatilgan nomzodning dasturi partiyaning dasturiy maqsadlariga asoslanadi. Uning ustuvorliklari jamiyatning barcha azolari uchun har tomonlama rivojlanish va ishonchli ijtimoiy kafolatlarni taminlashga yonaltirilgan. Dasturdan kozlangan maqsad aholining davlat va jamiyat tomonidan qollab-quvvatlashga ehtiyojmand qatlamlari manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatni yuritishdan iboratdir.

Qurultoyda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boyicha saylov kampaniyasi davrida Ozbekiston XDP tashkilotlari oldida turgan muhim vazifalar belgilab olindi.

Partiya tashkilotlarining mazkur saylov jarayonida yuksak masuliyatni his etib, harakat qilishi, saylovchilarning demokratik ongu tafakkurini oshirish, fuqarolarning yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga, ozgarish va yangilanishlarga daxldorlik hissini kuchaytirish masalalariga alohida etibor qaratish lozimligi takidlandi.

Shuningdek, saylov kampaniyasining barcha bosqichlarida partiya tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida tuzilgan shtablar faoliyatini samarali tashkil etish, saylov uchastkalarida ishtirok etadigan kuzatuvchilarni huquqiy jihatdan tayyorlash, bilim va konikmalarini har tomonlama oshirish, ishonchli vakillarning oz vakolatlarini tolaqonli amalga oshirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, saylovoldi tashviqotini samarali olib borish boyicha tavsiyalar berildi.

Qurultoy kun tartibidagi masalalar yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qomitasi raisi, OzXDP fraksiyasi azosi Yoqub Umarov, Ozbekiston XDP Qoraqalpogiston Respublika kengashi raisi Xalilla Yeshimbetov, Ozbekiston ovozi va Golos Uzbekistana gazetalari Bosh muharriri Safar Ostonov, Navoiy shahar Xotin-qizlar qomitasi raisi, Navoiy viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Muhabbat Temirova, Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Olimboy Xalimov, Andijon viloyat partiya kengashi raisi Abdulhamid Nurmatov, Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi sektori mudiri Umurbek Bektemirov, Fargona viloyat partiya kengashi raisi Dilbarxon Mamajonova va boshqalar partiyaning Prezident saylovida faol ishtirokini taminlash, partiyadan korsatilgan nomzodning Saylovoldi dasturi hamda uning ustuvor yonalishlari haqida soz yuritishdi.

Qurultoyda Ozbekiston Xalq demokratik partiyasining Ustaviga qonunchilikka muvofiq ozgartish va qoshimchalar kiritildi.

Muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shu kunning ozida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing otkazildi. Unda Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari Rustam Komilov Qurultoy va unda qabul qilingan qarorlar haqida batafsil malumot berdi.

OzXDP Markaziy Kengashi

Matbuot xizmati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: