O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
15.10.2016

OZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING MAJLISI TOGRISIDA AXBOROT

2016 yil 13 oktabrda Vazirlar Mahkamasining joriy yil 9 oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini, 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini amalga oshirish natijadorligini muhokama qilishga bagishlangan majlisi bolib otdi. Majlisni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev olib bordi.

Majlisda mamlakatni rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy korsatkichlari, shuningdek, iqtisodiyot va uning tarmoqlarini isloh qilish, tarkibiy ozgartirish va modernizatsiyalashni chuqurlashtirishning eng muhim vazifalarini bajarish, joriy yilda foydalanishga topshiriladigan eng muhim obyektlarni ishga tushirishni sozsiz ta’minlash, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash boyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, mahalliy mahsulotlar eksportini kopaytirish boyicha qabul qilingan chora-tadbirlar natijadorligi har tomonlama korib chiqildi va tanqidiy tahlil qilindi.

Qayd etildiki, global iqtisodiyotning rivojlanishi tobora sekinlashib borayotgani va jahon bozorlaridagi noqulay shart-sharoitlarga qaramay, Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida ishlab chiqilgan va uning islohotlarni amalga oshirishga doir beshta mashhur tamoyiliga asoslangan mamlakatni isloh etish, modernizatsiyalash va rivojlantirish strategiyasini maqsadli va tizimli amalga oshirish natijasida Ozbekistonda makroiqtisodiy muvozanat va iqtisodiyot osishining yuqori suratlari saqlanib qolmoqda.

Joriy yil 9 oyi yakunlari boyicha mamlakat yalpi ichki mahsuloti osishi 7,8 foizni, sanoat osishi 7,2 foizni, qurilish ishlari hajmi osishi 15 foizni, chakana savdo aylanmasi osishi 14,2 foizni, xizmatlar korsatish hajmi osishi 12,4 foizni tashkil etdi. Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Inflatsiya darajasi prognoz parametrlaridan oshmadi.

Qishloq xojaligi sohasini rivojlantirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash boyicha dasturiy chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda. Zamin zahmatkashlarining fidokorona mehnati va mirishkorligi tufayli, murakkab ob-havo sharoitlariga qaramay, qishloq xojaligi mahsulotlarining boy hosili yetishtirildi va yigishtirib olindi. Natijada qishloq xojaligi mahsulotlari hajmi 6,4 foizga osishi taminlandi.

Aholining daromadlari, turmush darajasi va sifatini uzluksiz oshirish yonalishi davom ettirildi. Otgan 9 oyda ortacha oylik ish haqi 12,6 foizga oshgan, joriy yil 1 oktabrdan esa byudjet sohasi xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar yana 15 foizga oshirildi. Yangi qishloq massivlarida zamonaviy namunaviy loyihalar boyicha 12 mingtadan ortiq shinam va qulay shaxsiy uy-joy foydalanishga topshirildi.

«Soglom ona va bola yili» Davlat dasturi doirasida oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, soglom va barkamol avlodni tarbiyalash, sogliqni saqlash tizimi moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash tadbirlarini amalga oshirish davom ettirilmoqda. Ushbu maqsadlar uchun barcha manbalar hisobidan 6,8 trillion somdan ortiq va 150 million AQSh dollari miqdoridagi mablaglar yonaltirildi.

Davlat va xojalik boshqaruvi, mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari etibori Ozbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan yollagan tabriknomasida ...biz erishayotgan ulkan marra va natijalar kozlagan maqsadlarimizning faqat malum bir qismini tashkil etadi. Hozirgi vaqtda tez suratlar bilan ozgarib borayotgan davr ... barchamizdan, avvalo, rahbarlik va yetakchi lavozimlarda otirgan shaxslardan eski qarash va yondashuvlar, ish uslublaridan butunlay voz kechib, yangicha fikrlashni, ishni tashkil qilish va boshqaruv tizimini zamon talablari darajasiga kotarishni taqozo etmoqda..., deb belgilab berilgan vazifaga qaratildi.

Ushbu talabdan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar, xojalik birlashmalari va barcha darajadagi hokimliklar rahbarlari oldiga iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarini rivojlantirish boyicha orta muddatli istiqbolga moljallab qabul qilingan dasturlarning 2016 yilga kozda tutilgan barcha chora-tadbirlari, prognoz korsatkichlari va maqsadli parametrlarini sozsiz ijro etish uchun mavjud resurs va zaxiralarni safarbar etish yuzasidan aniq vazifalar qoyildi. Shuningdek, 2017 yil va kelgusi yillarda iqtisodiy rivojlantirishning barqaror yuqori suratlarini saqlab qolish uchun mustahkam zamin yaratish vazifasi topshirildi.

Bank tizimi barqarorligi va investitsiyaviy faolligini yanada oshirish, shu jumladan, ishlab chiqarishlarni rivojlantirish va modernizatsiyalashga doir investitsiya loyihalariga, shuningdek, xizmat korsatish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalariga kredit ajratish hajmlarini kengaytirish masalalari majlis ishtirokchilarining diqqat-etiborida boldi.

Majlisda davlat aktivlarini, aksiyadorlik jamiyatlari va korxonalar ustav fondlaridagi davlat va xojalik boshqaruvi organlari ulushlarini xususiy mulkka, eng avvalo, xorijiy investorlarga sotish yuzasidan korilayotgan chora-tadbirlar natijadorligini batafsil tahlil qilishga diqqat-etibor qaratildi.

Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning strategik vazifalari va eng muhim maqsadli parametrlarini sozsiz bajarish uchun boshqaruv uslublarini tubdan va tanqidiy qayta korib chiqish zarurligi alohida qayd etib otildi. Bunda birinchi galdagi va strategik vazifa sifatida iqtisodiyotni chuqur isloh qilish, yanada diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash, xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yolidagi barcha tosiqlarni bartaraf etish boyicha ishlarni kuchaytirish shartligi takidlandi.

Majlis ishtirokchilarining asosiy etibori joriy yil 5 oktabrda qabul qilingan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonida belgilab berilgan tadbirkorlikni rivojlantirishni jadallashtirish, xususiy mulkni himoya qilish va daxlsizligini kafolatlash huquqiy mexanizmlarini mustahkamlash, ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilash boyicha qoshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirishni sozsiz taminlash zarurligiga qaratildi. Vazirliklar va idoralar, eng avvalo, huquqni muhofaza qilish tuzilmalari va barcha darajadagi hokimliklar rahbarlarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashuvini tubdan qisqartirish boyicha aniq vazifalari va shaxsiy masuliyati belgilab berildi.

Kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish davomida 2016 yilning eng muhim obyektlarini ishga tushirishni taminlash, mahalliy xomashyo va materiallarni chuqur qayta ishlash hamda kimyo, charm-poyafzal, farmatsevtika, qurilish industriyasi va tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish boyicha tasdiqlangan orta muddatli dasturlar doirasida investitsiya loyihalarini oz vaqtida amalga oshirish yuzasidan korilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi chuqur va batafsil tahlil qilindi.

Sanoat tarmoqlarini chuqur tarkibiy ozgartirish va modernizatsiyalash, rivojlangan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarni shakllantirish boyicha faol investitsiya siyosatini amalga oshirish ozlashtirilgan investitsiyalar hajmining – 9,4 foizga, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar 11,2 foizga osishini taminlagani qayd etildi.

Yil boshidan buyon 2016 yilgi Investitsiya dasturi doirasida 100 ta yirik ishlab chiqarish obyekti ishga tushirilgani qayd etildi. Vazirlik, idora, xojalik birlashmalari va yirik korxonalar rahbarlarining yil oxirigacha ishga tushirish moljallangan 64 ta yirik ishlab chiqarish quvvatini foydalanishga topshirishni sozsiz taminlash, shuningdek, 2017 yil uchun ishlab chiqarish dasturlari uchun zarur xomashyo va materiallarni, eng avvalo, X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida xarid qilishga shartnomalar tuzishni tezlashtirish yuzasidan shaxsan javobgar ekanliklari belgilab olindi.

Bir qator vazirlik, idora, iqtisodiyot tarmoqlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining etibori muhandislik-kommunikatsiya, yol-transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlarida nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish zarurligiga qaratildi.

Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri orinbosarlari, bir qator vazirlik, idora, xojalik birlashmalari, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlariga aholi hayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan infratuzilma obyektlarini rivojlantirish hamda eng muhim ijtimoiy masalalarni hal etish boyicha 15 ta orta muddatli dasturlar loyihalarini tayyorlashni tugallash va tasdiqlash uchun kiritish topshirildi. Bular qatorida suv, elektr taminoti, aholiga transport xizmatini korsatishni yaxshilash, mahalliy avtomobil yollarini tamirlash va rekonstruksiya qilish, maktabgacha talim muassasalari va bozorlarni modernizatsiyalash, kam taminlangan va yosh oilalar uchun arzon uy-joylar qurish, aholini arzon dori vositalari bilan taminlash, ayollar, bolalar va pensionerlarga tibbiy xizmat korsatishni yaxshilash dasturlari ishlab chiqiladi.

Majlisda iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini yanada oshirish, eksport geografiyasini kengaytirish, eksport qilinadigan mahsulotlar hajmlari va turlarini kopaytirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish yoli bilan mahsulotlar va xizmatlarni eksport qilish prognoz korsatkichlariga erishish yuzasidan ishlarning natijadorligini puxta tahlil qilishga diqqat-etibor qaratildi.

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Ozbekoziqovqatxolding xolding kompaniyasi, Ozagroeksport aksiyadorlik jamiyati, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tuman hokimliklariga mahsulotlarni tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, joylash va tashish boyicha zarur infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni kozda tutgan holda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirilgan 66 ta tumanning eksport salohiyatini kengaytirishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish topshirildi.

Vazirlar Mahkamasining majlisida Bosh vazirning orinbosarlari, Oztransgaz aksiyadorlik kompaniyasi, Ozbekenergo, Ozbekkomir aksiyadorlik jamiyatlari, Sogliqni saqlash va Xalq talimi vazirliklari, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining iqtisodiyot tarmoqlarini, uy-joy fondini, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash va ularni yoqilgi-energetika resurslari bilan uzluksiz taminlash ishlarini tugallash yuzasidan hisobotlari eshitildi.

Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, Ozbekoziqovqatzaxira uyushmasiga meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy turlari va kartoshkani zarur hajmlarda gamlashni tugallashni jadallashtirish, shuningdek, ichki bozorda narxlarning asossiz keskin osib ketishiga yol qoymasdan talabni va narxlar konyunkturasini hisobga olgan holda qish-bahor mavsumida ularni aholiga sotishni tizimli yolga qoyishni taminlash topshirildi.

Kun tartibidagi masalalar boyicha Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar, xojalik birlashmalari, respublikaning yirik korxonalari va viloyatlar hokimliklari rahbarlarining hisobotlari eshitildi. Respublika Hukumati majlisiga kiritilgan masalalarni muhokama qilish yakunlari boyicha tegishli qarorlar qabul qilindi, ularda 2016 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining muhim yonalishlari va ustuvor vazifalari amalga oshirilishini sozsiz taminlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: