O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
16.06.2012

Siyosiy madaniyat va masuliyat

Yoki nomiga qilingan tanqid til uchida aytilgan gapga o‘xshaydi. Uning ta’siri ham, odamlarga foydasi ham tegmaydi

Har qanday tanqid xolis, asosli bolsa, tan berasan, xatolarni tuzatishga harakat qilasan. Aslida tanqiddan maqsad ham shu ozi. Ammo masalani chuqur organmay, tahlil etmay, uning mazmun-mohiyatini tushunmay tanqid qilish hech kimga foyda keltirmaydi. Qaytaga jamoatchilikni chalgitadi, keraksiz bahs-munozara keltirib chiqaradi, odamlarning vaqtini oladi.

Bunaqa saviyadagi nomiga tanqid, partiyalararo bahs-munozara OzLiDeP nashrida tez-tez uchraydigan bolib qoldi.

Shu yil 24 may kuni «XXI ASR» gazetasida Qahramon Saydalievning XDP shiorlari qachon amaliyotga tatbiq etiladi? degan maqolasi chop etildi. Unda 2011-2015 yillarda yolgiz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar Dasturining Toshkent viloyatidagi ijrosi haqida soz boradi. Mavzu juda ham dolzarb. Mazkur Dastur kuchli ijtimoiy himoyaga doir davlat siyosatining tarkibiy qismidir.

Maqolada viloyat boyicha sohada amalga oshirilgan ijobiy ishlar tahlil etilgan. Lekin bu misollarda XDPning orni aytilmaydi. Maqolaning ikkinchi qismi mazkur yonalishdagi salbiy holatlar haqida. Bunda esa bosh qahramon sifatida XDP ilgari surilgan. Maqola mazmun-mohiyatidan korinib turibdiki, maqsad — muammoni kotarib, uni hal etish yolini topishga emas, balki nomiga bolsa-da, XDPni tanqid qilishga qaratilgan.

Maqolada aytilishicha, Chirchiq shahridagi 317 nafar imkoniyati cheklangan fuqarolarga imtiyozli transport xizmati korsatish, bepul dori-darmon bilan taminlash masalalariga yetarli etibor qaratilmagan. Saxovat va muruvvat uylarini sport inventarlari bilan taminlashga 7,4 million som mablag ajratilganiga qaramay, mutasaddi tashkilotlar masuliyatsizligi tufayli bu mablag muruvvat uylari hisobiga otkazilmagan. Bundan tashqari, ayrim gerontologik va geriatrik yordamni tashkillashtirish boyicha yolgiz keksalarga maxsus shifokor biriktirilmagan.

...Shuningdek, bazi-bir idoralar tomonidan bepul dori-darmon va oziq-ovqat uchun ajratilgan mablaglarni xojasizlarcha talon-taroj qilish, hisobotlarda bajarilmagan ishlarni bajarildi, deb korsatish hollari ham sodir bolmoqda.

...Bularning barchasi Dastur ijrosini taminlashda Toshkent viloyatida loqaydlikka yol qoyilmoqda, deganidir.

Keyin muallif birdaniga XDPga hujumga otadi: Bunday tahlillar esa sohada roy berayotgan kamchiliklarni aniqlash va ular ustidan jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirishni talab etadi, albatta. Tahlilchilarning fikricha, bu jarayonda aynan ana shu qatlam manfaatini himoya qilayotgan OzXDP vakillari zimmasiga juda katta masuliyat yuklatilgan... Bundan Toshkent viloyatida nisbatan kopchilik deputatlik orinlarini egallagan xalq demokratlari tegishli xulosalar chiqarsalar, maqsadga muvofiq bolardi. Chunki, oz Saylovoldi dasturida aholining ehtiyojmand qatlamlari va guruhlarini aniq tarzda ijtimoiy qollab-quvvatlashni nazarda tutadigan maqsadli davlat dasturlari bajarilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazorati tizimini takomillashtirishga ustuvorlik bergan XDPning bunday masalalarga ikkinchi darajali ish sifatida qarayotganidan koz yumib bolmaydi.

Yuqoridagi raqamlardan korinib turibdiki, muallif qaysidir idoraning bu sohadagi tayyor malumotnomasini olib, ishxonada otirgancha XDPni tanqid qilishga intilayapti. Natijada asossiz gaplar, notabiiy davolar aytilayapti.

Agar u 2011-2015 yillarda yolgiz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar Dasturi bilan tanishganida, uning masullari va ijrochilari kimlar ekanidan ogoh bolardi. Shuningdek, muallif faxriylar tashkilotlari va mahalla oqsoqollari bilan uchrashib, vaziyatni biroz organganida, maqola foydali tus olardi.

Davlat dasturi ijrosini butunlay OzXDPning viloyat kengashi zimmasiga yuklamay, masalaga xolis va soglom yondashilganida tegishli vazirlik va idoralar yol qoygan kamchiliklarni korgan bolar edi. Partiyalar, ularning deputatlik guruhlari oz vakolati doirasida nazorat olib boradi, albatta. Ammo ulardan huquq-tartibot idoralari vazifasini talab qilib bolmaydi. Yana bir masala. Bu jarayonda nega faqat OzXDP ishtirok etishi, OzLiDeP ishtirok etmasligi kerak? Muallif bu holatni quyidagicha ifodalaydi: xalq demokratlari Toshkent viloyatida nisbatan kopchilik deputatlik orinlarini egallagan; XDP Saylovoldi dasturida aholining ehtiyojmand qatlamlari va guruhlarini aniq tarzda ijtimoiy qollab-quvvatlashni nazarda tutadigan maqsadli davlat dasturlari bajarilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazorati tizimini takomillashtirishga ustuvorlik bergan.

Yana liberallarga xos mantiqdan yiroq fikrlar, chunki Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashida XDP vakillari 27, OzLiDeP vakillari esa 26 nafarni tashkil etadi. XDPda atigi 1 ta deputat kop. Shuning uchun asosiy aybdor XDP bolishi kerakmi? Qolaversa, nima, OzLiDeP dasturida aholining ehtiyojmand qatlamlari va guruhlarini ijtimoiy qollab-quvvatlash togrisida hech vaqo yozilmaganmi? Unda OzLiDeP dasturining partiyaning ijtimoiy, gumanitar, manaviy sohalar va jamiyat aqliy salohiyatini rivojlantirish borasidagi vazifalari bolimiga murojaat qilaylik. Unda quyidagi dasturiy vazifalar aniq-ravshan belgilab qoyilgan: Partiya inson salomatligi, hozirgi davr tibbiyotining yangi yutuqlariga tayangan holda dunyoda ilgor orinlarga intilayotgan Ozbekistonda sogliqni saqlash rivoji, onalik va bolalikni himoyalash, umr uzoqligini taminlash yolida kurashadi.

Partiya aholining ehtiyojmand qatlamlarini, nafaqaxorlar, ayniqsa, nogironlarni aniq yonaltirilgan himoya va ijtimoiy qollab-quvvatlashning amaliy tizimini shakllantirish siyosiy faoliyatining bosh vazifalaridan biri deb hisoblaydi. Partiya nogironlar ozlarini jamiyatning tolaqonli fuqarolari deb hisoblaydigan zarur shart-sharoitlar yaratishga intiladi.

Shunday ekan, maqola muallifi Chirchiq shahrida nogironlar bilan bogliq yuqoridagi kamchiliklarda nega faqat XDPni korib, liberallarni unutmoqda? Yoki u oz partiyasi dasturini oxirigacha oqib chiqmaganmi?

Buning ustiga muallif partiya bilan vakillik idorasidagi partiya deputatlik guruhi ishlarini bir-biridan farqlay olmasligini ham bildirib qoygan. Hozirgi demokratik islohotlar davrida har bir partiya davlatning xalqchil dasturlarini keng targib qiladi, undagi ezgu goyalarni xalq ortasida yoyadi va qollab-quvvatlaydi, lekin ularning ijrosini vakillik idoralariga partiyadan nomzod bolib saylangan deputatlar va ijro hokimiyatidagi oz azolari orqali amalga oshiradi. Bu fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat talabidir.

Albatta, hozir dunyoda partiyalararo bahs-raqobat, muxolif fikrlarning ozaro kurashi, plyuralizm asosida rivojlanishi demokratik qadriyatga aylangan. Va bu jarayon yuksak siyosiy madaniyat, yetuk intellektual salohiyat, boy bilim va tushuncha talab etadi. Yozayotgan maqolamdan odamlarga nima naf yetadi, deb masalaga yondashsak, ozgalar manfaatidan kelib chiqib, katta maqsad bilan ish yuritsak, xato qilmaymiz. Muallif dastur ijrosidagi yaxshi va yomon holatlarni izchil tahlil etib bersa, nainki partiyalarga, balki jamiyatga foydasi tegardi. Xojakorsinga qilingan tanqid esa odamlarni chalgitadi, xolos. Fikrlarimiz turli-tuman bolsin, bahslashaylik, tortishaylik, lekin bu jamiyatga, mamlakatimizga naf yetkazsin.

Muqimjon OSTONAQULOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: