O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
13.10.2016

HUDUDLARDAN DELEGATLAR SAYLANDI

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Andijon viloyat kengashining navbatdagi plenumi bolib otdi. Unda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida partiya tashkilotlarining faol ishtirokini ta’minlash, aholi ortasida targibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish hamda partiyaning X Qurultoyiga delegatlar saylash togrisidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Dastlab ushbu masalalar boyicha viloyat partiya kengashi raisi Abdulhamid Nurmatov maruza qildi.

— Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatimiz siyosiy hayotida katta voqea hisoblanadi, dedi u oz sozida. Shu bois mazkur siyosiy jarayonda partiyamizning munosib ishtirokini taminlashimiz, saylovga puxta tayyorgarlik korishimiz zarur.

Saylov kampaniyasi davrida partiyamizning tuman va shahar kengashlari, boshlangich tashkilotlar aholi, elektorat vakillarining fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash, siyosiy-huquqiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan targibot ishlarini izchil yolga qoyish lozim. Mazkur jarayonda, ayniqsa, Prezident saylovida birinchi marta ovoz berish huquqidan foydalanadigan yoshlar, xotin-qizlar, qishloq hududlarida istiqomat qilayotgan aholi vakillari ishtirokida turli tadbirlar, davra suhbatlari, yuzma-yuz muloqotlar otkazish muhim ahamiyatga ega. Bu masala «Istiqbol» yoshlar va Faol ayollar qanotlari yetakchilarining diqqat markazida turishi, har bir tadbirni yuqori saviyada otkazish talab etiladi.

Shukurjon MAMATQULOV, Ozbekiston Qahramoni:

Saylovda xalqimizning xohish-irodasi ifoda etiladi. Shuning uchun bu masala haqida hammamiz chuqur fikr yuritishimiz zarur, deb oylayman. Saylov orqali har birimizning konstitutsiyaviy huquqlarimiz himoya qilinadi, sodda qilib aytganda, bizning ovozimiz, munosabatimiz ertangi kunimiz uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shu bois avvalo, kimga va nima uchun ovoz berayotganimizni togri anglab, tushunib olishimiz kerak.

Targibot, tayyorgarlik ishlarini kuchaytirishga alohida etibor qaratsak, har tomonlama maqsadga muvofiq boladi.

Matluba TOYCHIYEVA, OzXDP Boz tuman kengashi raisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati:

Otayotgan har bir kun bizni mamlakatimiz va xalqimiz hayotidagi muhim siyosiy voqea Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga yaqinlashtirmoqda. Albatta, saylash va saylanish huquqi qonunlarimizda kafolatlangan. Ammo saylovchi, uning siyosiy faolligi, masuliyati degan tushunchalar haqida ham obdon oylab, fikr yuritishimiz joiz. Demokratik jamiyatda yashayotgan har qaysi fuqaroning oz qarashlari, sozi va fikri bolishi zarur.

Shu bois biz saylovoldi tadbirlarda saylovchilarni faollikka undashga, bu borada ochiq muloqotlar otkazishga etibor qaratyapmiz.

Plenumda, shuningdek, partiya dasturiy maqsad va goyalarini amalga oshirish boyicha fikr-mulohazalar bildirildi. Ular asosida tegishli vazifalar belgilab olindi.

* * *

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy viloyat kengashining plenumida mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari, boshlangich partiya tashkilotlari yetakchilari ishtirok etdi.

Plenumda OzXDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari Rustam Komilov sozga chiqib, partiyaning Prezident saylovidagi faol ishtirokini taminlashda hududiy tashkilotlar oldida turgan vazifalar haqida oz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Malumki, mamlakatimizda jahon standartlariga toliq mos keluvchi milliy saylov tizimi yaratilgan, dedi Navoiy viloyat partiya kengashi raisi Akmal Asatov. Ayniqsa, Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar korsatish huquqi faqat siyosiy partiyalarga berilgani yurtimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xalqimizning xohish-irodasini toliq namoyon etishda muhim orin tutadi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida partiyamizning munosib ishtirokini taminlash uchun, avvalo, boshlangich partiya tashkilotlari faoliyatiga alohida etibor qaratishimiz, otkazilayotgan tadbirlarning tasirchanligini yanada oshirishimiz zarur.

Saylovga tayyorgarlik ishlarida partiyamizning munosib ishtirokini taminlash uchun joylarda elektorat manfaatlariga xizmat qiladigan tadbirlarni koproq otkazishimiz zarur, dedi Konimex tuman partiya kengashi raisi Kanimgul Narbayeva. Partiyamiz ilgari surayotgan goya va takliflarni, qonunchilikdagi meyor va qoidalarni saylovchilarga kengroq tushuntirsak, oylaymanki, saylov ochiq-oshkora va demokratik ruhda otishiga hissa qoshgan bolamiz.

Partiyamizning ustuvor vazifalaridan biri onalik va bolalikni muhofaza qilish, yosh oilalarni ijtimoiy jihatdan qollab-quvvatlashni yanada takomillashtirishdan iboratdir, dedi Oila ilmiy-amaliy markazi viloyat bolimi rahbari, xalq deputatlari Karmana tuman Kengashi deputati Gulchehra Roziyeva. Xalqchil va odamlar kongliga yaqin goya va takliflarni ilgari surayotgan partiyamiz oldida yana bir masuliyatli vazifa turibdi. Uni ado etish uchun barchamiz yakdil, hamfikr va maslakdosh bolishimiz zarur, deb oylayman. Biz deputatlar, partiya faollaridan tashviqot ishlarini koproq mahallalarda, oddiy odamlar orasida olib borish, ularni faollik va fidoyilikka undash talab etiladi.

Shuningdek, Buxoro, Jizzax, Sirdaryo va Surxondaryo viloyat partiya tashkilotlarining plenumlari ham bolib otdi. Ularda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida partiyaning munosib ishtirokini taminlash masalalari keng va atroflicha muhokama etildi. Ozbekiston XDPning navbatdagi Qurultoyiga delegatlar saylandi.

Ahmadillo SOLIYEV,

Ilhom SATTOROV,

Ozbekiston ovozi muxbirlari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: