O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
13.10.2016

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASIDA UCHRASHUV

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosi saylov departamenti rahbari Aleksandr Shlik boshchiligida mamlakatimizga tashrif buyurgan Ehtiyojlarni baholash missiyasi (EBM) ekspertlari bilan uchrashuv bolib otdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov ekspertlarga Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha asosiy tadbirlar dasturini amalga oshirish boyicha Markaziy hamda okrug saylov komissiyalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi.

Ozbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik korish hamda otkazish ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda. Saylov kampaniyasi bilan bogliq barcha materiallar Markaziy saylov komissiyasi saytiga joylashtirilmoqda. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish boyicha Respublika matbuot markazi hamda okrug saylov komissiyalari matbuot markazlari faoliyat korsatmoqda. Markaziy saylov komissiyasi yigilishlari onlayn shaklda otkazilmoqda.

EBM ekspertlarining fikricha, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan bolajak saylovlarni kuzatish yuzasidan YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosiga taklifnomaning oz vaqtida yuborilgani xalqaro saylov standartlari talablariga tola mos keladi.

Markaziy saylov komissiyasi fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlarini taminlashga qaratilgan huquqni qollash amaliyotini izchillik bilan takomillashtirmoqda. Bunda xalqaro kuzatuvchilar, xususan, YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosining otgan saylovlardagi kuzatuvlari natijalari boyicha tavsiyalari inobatga olinmoqda.

YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosi saylov qonunchiligiga kiritilgan songgi ozgartishlar, jumladan, siyosiy partiyalar tomonidan korsatilgan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti nomzodini qollab-quvvatlash uchun saylovchilarning zarur imzolari 5 foizdan 1 foizga kamaytirilganini ijobiy baholadi.

YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosining Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan okrug saylov komissiyalari vakillari uchun otkazilgan onlayn seminar-treninglarga ham yuqori baho berdi.

Uchrashuvda YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosining Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari faoliyatini samarali tashkil etish, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga oid masalalar yuzasidan ozaro fikr almashildi.

B.BOZOROV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: