O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
13.10.2016

OZBEK PAXTA TOLASI JAHON BOZORIDA XARIDORGIR

Toshkentda XII Xalqaro o‘zbek paxta va toqimachilik yarmarkasi boshlandi

Paxta boyicha xalqaro konsultativ qomitaning eng muhim tadbirlari reyestriga kiritilgan ushbu yarmarka dunyo miqyosida paxta bozori siyosatini belgilovchi nufuzli anjumanlardan biridir.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2005 yildan buyon an’anaviy otkazilayotgan yarmarka «Ozpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi, Ozbekengilsanoat aksiyadorlik jamiyati, Ozbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo, Qishloq va suv xojaligi vazirliklari, Tovar-xomashyo birjasi va Sifat markazi hamkorligida tashkil etildi.

Xalqaro paxta uyushmasi, Paxta boyicha xalqaro konsultativ qomita, Cotton Outlook xalqaro axborot agentligi va Xalqaro toqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar federatsiyasi singari nufuzli tashkilotlar bilan doimiy hamkorlik yolga qoyilgan.

Ozbek paxta tolasiga bolgan ehtiyoj jahon bozorida muntazam ortmoqda. Xalqaro ozbek paxta va toqimachilik yarmarkasi ishtirokchilari yil sayin kopayib borayotgani ham shundan dalolatdir. Misol uchun, 2005 yilgi dastlabki yarmarkada 30 mamlakatdan 170 ga yaqin kompaniya vakillari qatnashgan bolsa, 2010 yilda 34 davlatdan 300 dan ziyod firma va kompaniya mutaxassislari ishtirok etdi. Bu yil anjumanda 40 dan ziyod davlatdan vakillar qatnashmoqda.

Ozpaxtasanoateksport xolding kompaniyasi raisi A.Kamolov, Ozbekengilsanoat aksiyadorlik jamiyati raisi I.Haydarov va boshqalar Ozbekiston jahon paxta bozoridagi yetakchi mamlakatlardan biri bolib, paxta ishlab chiqarish boyicha dunyoda oltinchi, eksport boyicha beshinchi orinda turishi, eksport imidjini mustahkamlash uchun keng kolamli ishlar qilingani, jahon bozorida raqobat kuchayayotgan hozirgi sharoitda ozbek paxta tolasining raqobatbardoshligini yanada oshirish zarurligini alohida takidladi.

Cotton Outlook xalqaro axborot agentligi bosh muharriri R.Batler ozbek paxta tolasi xalqaro standartlarga tola javob berishi, tola ishlab chiqarish darajasi barqaror saqlanayotgani istemolchilarga maqbul kelayotganini alohida qayd etdi. 42 mamlakatni birlashtirgan Paxta boyicha xalqaro konsultativ qomitaning boshqaruvchi direktori A.Gitchuns esa dunyo miqyosida katta ahamiyatga ega ushbu nufuzli paxta forumida bir necha yillardan buyon ishtirok etayotganidan mamnunligini bildirib, izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli Ozbekiston jahon paxta bozorining yirik ishtirokchilaridan biriga aylanganini takidladi.

Yarmarkaning asosiy voqealari Ozekspomarkaz maxsus pavilyonida otmoqda. Pavilyon xalqaro yarmarka standartlariga muvofiq jihozlangan bolib, tarmoqqa oid barcha malumotni qamrab olgan axborot stendlari ornatilgan. Anjuman qatnashchilari bu yil mamlakatimiz paxta zavodlarida ishlab chiqarilgan 650 turkum tolaning namunalari bilan tanishish va sifat jihatidan oz ehtiyojlariga mos toylarni tanlab olish imkoniga ega.

— Xalqaro ozbek paxta va toqimachilik yarmarkasi ananaviy tus olgani quvonarli hol, deydi Rossiya sanoat-savdo vazirining orinbosari Viktor Yevtuxov. Yarmarka yuqori saviyada tashkil etilgan, samarali ishlash uchun barcha sharoit yaratilgan. Joriy yilda yirik miqdorda paxta tolasi xarid qilish va kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun qoshma korxona tashkil etish niyatidamiz.

Biz 50 ming tonna alo sifatli tola xarid qilish togrisida shartnoma imzoladik, deydi Bangladeshdagi Dsm Commodities Ltd. kompaniyasining vakili Fashxur Rahmon. Muzokaralar jarayoni hamjihatlik ruhida otmoqda, sotish shartlari barcha xalqaro standartlarga mos. Xalqaro yarmarkada ishtirokimiz juda samarali boldi, u yangi aloqalar ornatish, yanada foydali bitimlarni amalga oshirish imkonini berdi. Kompaniyamiz hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor.

Tadbir qatnashchilari yarmarka doirasida bolib otadigan anjuman va davra suhbatlarida jahon paxta bozorining bugungi holati va uning istiqbollarini muhokama qilish barobarida, Ozbekistonning toqimachilik sanoatiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishmoqda. Zero, yarmarkada tola namunalaridan tashqari, toqimachilik korxonalarimizning mahsulotlari kalava, matolar, tayyor buyumlar ham keng namoyish etilmoqda. Toqimachilik yarmarkasi ekspozitsiyasi Ozekspormarkazning alohida pavilyonidan joy olgan.

Mamlakatimizda toqimachilik sanoatini rivojlantirish, yurtimizda yetishtirilgan paxtadan yuqori qoshimcha qiymatga ega raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish borasidagi say-harakatlar oz samaralarini berayotir. Misol uchun, 90-yillarning boshida toqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari eksportining umumiy hajmi 7 million AQSh dollarini tashkil qilgan bolsa, sohada olib borilgan izchil islohotlar va yangi bozorlarni egallash hisobiga bu korsatkich bir milliard dollarga yetib, tayyor mahsulotlar dunyoning ellikdan ortiq mamlakatiga eksport qilinmoqda.

Songgi yillarda ozbek tolasi toifa va mikroneyri boyicha eng sifatli, deb etirof etilmoqda. Bu Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning sohaga oid farmon va qarorlarining bajarilishi natijasida amalga oshirilgan tarkibiy ozgarishlar samaradorligining yorqin ifodasidir. Mamlakatimizning bu sohadagi siyosati barqaror ishlab chiqarish hajmlarini saqlash, ozbek paxtasining mintaqaviy va xalqaro savdosi uchun raqobat muhitini yaratishga asoslangan.

Paxta tolasini eng ilgor xalqaro standartlar asosida sertifikatlash bilan ishlab chiqaruvchilar va istemolchilardan mustaqil bolgan, Yevropa va Amerikadagi yetakchi paxta uyushmalari azosi Sifat Ozbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi shugullanib kelmoqda. Yuqori likvidligi bilan ajralib turuvchi tolamiz sifatini kafolatlovchi mazkur markazning Milliy malumotlar bazasida yurtimiz paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqilgan paxta tolasining sifat korsatkichlari togrisida toliq malumotlar jamlangan.

Sifat korsatkichi bilan bir vaqtda tolaning tozaligi ham yaxshilanmoqda, deydi Sifat markazi bosh direktorining birinchi orinbosari Baxtiyor Boyxonov. Bu zamonaviy avtomatlashtirilgan toqimachilik fabrikalari uchun muhim ahamiyatga ega. Bu borada ozbek paxta tolalarining ortacha uzunligi hamda uzunlik boyicha birxilligi sezilarli ravishda yuqori korsatkichlarga ega.

Sohada amalga oshirilgan ozgarishlar, yangilanishlar evaziga paxta seleksiyasi va uni yetishtirishdan tolani sertifikatlash va sotishgacha bolgan jarayonlar eng ilgor jahon standartlari darajasiga kotarildi. Goza seleksiyasida ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar natijasida seleksioner olimlarimiz gozaning 110 dan ziyod navini yaratdi. Ulardan 30 dan ortigi Davlat reyestriga kiritilgan.

Ozbekiston olimlari erishgan songgi yutuqlardan biri bu dunyodagi ilk gen-nokaut texnologiyasidir. Mazkur texnologiya chidamli xususiyatlarga ega Porloq navlari turkumini yaratish imkonini berdi. Buning samarasida mamlakatimizda yangi nav tolasini sotish uchun narxlar tarifikatsiyasiga ozgartirishlar kiritildi va ushbu tola boshqa navlarga qaraganda 12 foiz qimmat sotilmoqda. Hozir bir qator urugchilik yonalishidagi fermer xojaliklarida Porloq-1, Porloq-2, Porloq-3 va Porloq-4 yangi goza navlarining uruglik chigiti tayyorlanmoqda.

Bu yilgi xalqaro yarmarka doirasida, avvalgilaridan farqli olaroq, Paxta sanoatining rivojlanishi va jahon bozorida ozbek paxta tolasi raqobatbardoshligini oshirish istiqbollari, Toqimachilik tarmogining raqobatbardoshligini oshirish eksport imkoniyatlari ortishining muhim omili, Paxta va toqimachilik tarmoqlarida ilmiy va texnologik yangiliklar kabi mavzularda uchta seksiyaga bolingan holda ozaro muloqotlar otkazilmoqda.

Yarmarka doirasida ishtirokchilar Toshkent-tola paxta terminali, Toshkent viloyatidagi Ozbekiston paxtani qayta ishlash zavodi, UzteksChirchiq qoshma korxonasida bolib, mamlakatimiz paxtachilik sektorida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samaralari bilan tanishish imkoniyatiga ega boladi. Yengil sanoat salohiyati, jumladan, mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilayotgan turfa liboslar namoyishi ham rejalashtirilgan.

XII Xalqaro ozbek paxta va toqimachilik yarmarkasining ochilishida Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari U.Rozuqulov sozga chiqdi.

Sayyora SHOYEVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: