O'zb  
 
11.10.2016

SAYLOVGA TAYYORGARLIK JARAYONIDA

imkoniyatlardan samarali foydalanish talab etiladi

Nukus shahrida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpogiston Respublika kengashining navbatdagi plenumi bolib otdi. Unda Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesidagi partiya fraksiyasi a’zolari, tuman va shahar kengashlari raislari, mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari azolari, faollar, boshlangich partiya tashkilotlari yetakchilari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Plenumda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida partiyamizning faol va munosib ishtirokini taminlash, bu borada Qoraqalpogiston Respublika tashkiloti oldida turgan vazifalar muhokama etildi.

Dastlab Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Hotamjon Ketmonov saylovga tayyorgarlik jarayonlari haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Saylov — demokratik davlatdagi eng muhim siyosiy jarayonlardan biri hisoblanadi. Otkazilayotgan har bir saylov jamiyat hayotining ertasini belgilab berishda beqiyos orin tutadi. Chunki erkin va adolatli fuqarolik jamiyatini demokratik saylovlarsiz tasavvur etib bolmaydi. Saylovlar jarayonida xilma-xil fikrlar, odamlarning xohish-irodasi, orzu-umidlari, ijtimoiy kayfiyati yaqqol namoyon boladi.

Mazkur siyosiy jarayonda partiyamizning faol ishtirokini taminlash, saylovga puxta tayyorgarlik korish borasidagi muhim vazifalarni belgilab olishimiz zarur, dedi Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Amudaryo tuman kengashi raisi Maxsud Sadullaev. Barcha partiya tuzilmalarimiz saylovchilarda daxldorlik hissini shakllantirish ishlariga alohida etibor qaratishi zarur.

Plenumda kun tartibidagi masalalar yuzasidan «Qaraqalpaqstan haoaz» gazetasi bosh muharriri Sharapatdin Ayapov, Tortkol tuman kengashi raisi Oybek Xudaybergenov va boshqalar oz fikr-mulohazalarini bayon etdi.

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasining X qurultoyiga Qoraqalpogiston Respublika partiya tashkilotidan delegatlar saylandi.

Bildirilgan taklif va tavsiyalarni inobatga olgan holda, muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, tashkiliy masala ham korib chiqildi. Beruniy tuman kengashi raisi vazifasida ishlab kelgan Xalilla Yeshimbetov Ozbekiston XDP Qoraqalpogiston Respublika kengashi raisligiga saylandi.

* * *

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashining navbatdagi plenumi boshlanishidan oldin bir guruh faollarning suhbati ustidan chiqdik. Partiyamiz azolari oz hududlarida saylovga tayyorgarlik ishlari qanday ketayotgani va fuqarolarning siyosiy-huquqiy faolligini oshirish borasida nimalarga etibor qaratish lozimligi xususida fikr almashishardi. Bu masalalar plenumda ham atroflicha muhokama qilindi.

Prezident saylovining muhim bosqichlaridan bolgan imzo yigish ishlari yakuniga yetdi. Bu jarayonda partiyamizdan korsatilgan nomzodni qollab-quvvatlashga chaqirish, fuqarolarning siyosiy faolligi hamda huquqiy bilimini yuksaltirish ishlari ham jadal olib borildi, dedi plenumni ochar ekan OzXDP Toshkent shahar kengashi raisi Haydar Boboxonov. Mamlakatimizdagi islohotlar yurtdoshlarimizning tinch va farovon hayoti, farzandlarimizning porloq kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Ana shularni inobatga olgan holda, aholi orasida targibot ishlarini kuchaytirish, Prezident saylovining ahamiyatini tushuntirish, hamyurtlarimizni faollikka chaqirishimiz lozim. Bu ishlarda barcha darajadagi partiya tashkilotlari hamda deputatlik birlashmalari ozaro hamkorlikda, hamfikrlikda faoliyat yuritishi zarur. Prezident sayloviga tayyorgarlik ishlarini qonunchilik meyorlari boyicha olib borish barchamizdan katta masuliyat talab etadi.

Albatta, saylovga tayyorgarlik yuzasidan oldimizda koplab vazifalar turibdi. Toshkent shahar hamda tuman kengashlarimizda saylovoldi shtablari tuzilgan. Deputatlar, partiya tashkilotlari tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar, amalga oshirilgan ishlar haqida elektorat vakillarini doimiy xabardor etib borishimiz lozim, dedi xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, OzXDP guruhi azosi Nigora Eshmetova. Bundan tashqari, Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari togrisidagi va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi qonunlarning mazmun-mohiyatini aholi orasida keng tushuntirish dolzarb masala hisoblanadi. Malumki, har bir fuqaro saylash, saylanish huquqiga ega va bu huquq saylovchining xohish-irodasiga kora, erkin amalga oshiriladi. Buning uchun jamiyatda fuqarolik masuliyati, siyosiy faollik oshishi talab etiladi. Poytaxtimizda tashkil etilgan 713 saylov uchastkasiga kuzatuvchilar tayinlashga ham alohida etibor bilan yondashishimiz zarur. Oylaymanki, saylovoldi tadbirlarini partiyamiz faollari bilan hamkorlikda yuqori saviyada otkazamiz.

Barcha siyosiy partiyalar saylovga qizgin tayyorgarlik koryapti. Bu borada partiyamiz katta tajribaga ega, dedi OzXDP Olmazor tuman kengashi raisi Kamoliddin Akromov. Fidoyi, jonkuyar, el-yurt orasida hurmat-etibor qozongan faollarimiz kop. Biz ularning salohiyati va imkoniyatlaridan kengroq foydalanish choralarini korishimiz kerak. Tushuntirish-targibot ishlarini kuchaytirishimizda bu muhim ahamiyat kasb etadi, deb oylayman. Siyosiy partiyaning nufuzini oshirishdagi asosiy vositalardan biri, shubhasiz, uning boshlangich tashkilotlari hisoblanadi. Shuning uchun aholi bilan doimiy muloqot olib borish, saylov kampaniyasi davrida tadbirlarning soni hamda sifatini oshirish, siyosiy va fuqarolik marifati tizimidagi oquvlarni yanada izchil yolga qoyishimiz lozim.

Shuningdek, plenumda Faol ayollar va Istiqbol yoshlar qanotlari yetakchilari ham Prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlari haqida oz fikr-mulohazalarini bildirishdi. Yoshlar va xotin-qizlarni jalb qilgan holda turkum seminarlar, davra suhbatlari otkazish haqida soz yuritildi. Saylovda birinchi marta ishtirok etadigan yigit-qizlarning fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash, islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish muhim vazifa ekani takidlandi.

Plenum qatnashchilarining takliflari asosida Ozbekiston Xalq demokratik partiyasining navbatdagi Qurultoyiga 7 nafar delegat saylandi.

Mnajatdin QUTLIMURATOV,

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbirlari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: