O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
11.10.2016

OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATIGA TAQDIMNOMA

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasiga muvofiq inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat sifatida tan olinadi.

Jazoning asosiy maqsadi hukm qilingan shaxslarning tuzalishi va qayta tarbiyalanishi, yani har bir qonunbuzar sodir etgan qilmishining ijtimoiy xavflilik darajasini, javobgarlikning muqarrarligini va chin kongildan pushaymon bolish zarurligini anglab yetishi hisoblanadi.

Amnistiya aktining elon qilinishi xalqimizga xos insonparvarlik, ezgulik va rahmdillikning yorqin ifodasi sifatida mahkumlarda qonunga itoatkorlik hissini ragbatlantiradi va qonunni chetlab otgan shaxslarga tuzalish, oilasiga qaytish hamda jamiyatning munosib azosi bolish uchun yana bir imkoniyat beradi.

Shu nuqtai nazardan, amnistiya akti ulkan profilaktik, ijtimoiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bolib, muayyan toifadagi shaxslarni nafaqat javobgarlikdan va jazodan ozod qilishni, balki ularni davolash, bandligini taminlash, shuningdek, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish borasidagi boshqa qator muhim tadbirlarni kozda tutadi.

Takidlash joizki, amnistiya aktining qabul qilinishi inson huquq va erkinliklarining himoyasini taminlash borasidagi umumetirof etilgan xalqaro huquq normalariga tola mos keladi.

Insonparvarlik prinsiplariga amal qilgan holda, avvalgi amnistiya aktlarini qollash va shaxsga oid ish hujjatlarini organish natijalari asosida, kelgusida ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlash zaruriyati yoqolganligini, shuningdek, yoshi va sogligini inobatga olib, quyidagilarni nazarda tutuvchi amnistiya aktini qabul qilish taklif etiladi:

1. Hukm qilingan: ayollarni; jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga tolmagan shaxslarni; 60 yoshdan oshgan erkaklarni; chet davlatlar fuqarolarini;

I va II guruh nogironlarini; sil kasalligining faol shakliga chalingan shaxslarni jazodan ozod qilish (Jinoyat kodeksining 167- va (yoki) 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va yetkazilgan moddiy zararni qoplamagan, Jinoyat kodeksining 104-moddasi uchinchi qismi «d» bandida nazarda tutilgan, shuningdek, ota ogir jinoyatlarni sodir etgan shaxslar bundan mustasno);

2. Ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslarni, shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bolmagan yoki uncha ogir bolmagan jinoyatlarni qasddan sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shaxslarni jazodan ozod qilish (Jinoyat kodeksining 167- va (yoki) 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va yetkazilgan moddiy zararni qoplamagan shaxslar bundan mustasno);

3. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, otalmay qolgan jazo muddati uch yildan kop bolmagan, hukmi qonuniy kuchga kirgan mahkumlarni jazodan ozod qilish (Jinoyat kodeksining 167- va (yoki) 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va yetkazilgan moddiy zararni qoplamagan, Jinoyat kodeksining 97-moddasi, 104-moddasi uchinchi qismi d bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslar bundan mustasno);

4. Ayollar; jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga tolmagan shaxslar; 60 yoshdan oshgan erkaklar; chet davlatlar fuqarolari; I va II guruh nogironlari; sil kasalligining faol shakliga chalingan shaxslarga (Jinoyat kodeksining 167- va (yoki) 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va yetkazilgan moddiy zararni qoplamagan, Jinoyat kodeksining 104-moddasi uchinchi qismi d bandida nazarda tutilgan, shuningdek, ota ogir jinoyatlarni sodir etgan shaxslar bundan mustasno) nisbatan barcha jinoyat ishlarini tugatish;

5. Amnistiya aktiga asosan ozod qilinmaydigan shaxslarning otalmay qolgan jazo muddatini:

qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun on yildan kop bolmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlarga - uchdan bir qismiga;

qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun on yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlarga - tortdan bir qismiga qisqartirish.

Bunda, Jinoyat kodeksining 97-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxslarning jazo muddatini qisqartirmaslik taklif qilinadi;

6. Sodir etilgan jinoiy qilmishlarning ijtimoiy xavflilik darajasi va oqibatlarini hisobga olgan holda:

uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan;

taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun hukm qilingan;

ota xavfli retsidivist deb topilgan;

jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan;

jazoni otash tartibini muntazam ravishda buzayotgan;

muqaddam afv etish yoki amnistiya tartibida jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan va yana qasddan jinoyatlar sodir etgan;

olim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirilgan shaxslarga nisbatan amnistiya aktini tatbiq etmaslik.

Shu bilan birga, taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilib, tuzalish yoliga qatiy otgan shaxslarni ham jazodan ozod qilish taklif etiladi.

Bundan tashqari, amnistiya aktida asosiy jazodan ozod etilgan mahkumlarni qoshimcha jazodan ozod etmaslik haqidagi normani nazarda tutish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Amnistiya aktini tatbiq etish borasida oshkoralik va shaffoflikni taminlashda parlament va jamoatchilik nazorati muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olgan holda, mazkur jarayonda senatorlar, deputatlar, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining bevosita ishtirokini nazarda tutish taklif qilinadi.

Samarali profilaktik ahamiyatga ega bolgan amnistiya aktining taklif etilgan toifadagi shaxslarga nisbatan qollanilishi ularni tezroq ijtimoiy reabilitatsiya qilish va jamiyatga moslashishiga xizmat qiladi.

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma tort yilligi munosabati bilan amnistiya togrisidagi qarorni qabul qilish haqida taqdimnoma kiritilmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi

SH.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2016 yil 10 oktabr


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: