O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
11.10.2016

BOSH VAZIRNING VIRTUAL QABULXONASI:

muammolarga tezda yechim topilmoqda

Amir Temur kuch-qudrat adolat, hamjihatlik va hamkorlikda mujassam ekanini anglab-anglatib yashagan. Sohibqironning davlat muhrida bitilgan «Kuch — adolatda» hikmati haqiqatparvarlik va rostlik inson kuchiga kuch qo‘shishi, oz navbatida, kuchli shaxs hamisha haqgoy bolishini anglatadi. Islom Karimov ishlab chiqqan taraqqiyotning ozbek modeli mashhur besh tamoyilning biri ham aynan qonun ustuvorligi edi. Birinchi Prezidentimiz butun faoliyati davomida erkin, adolatli va farovon hayot qurish, jamiyatimizda qonun ustuvorligini, tartib-intizomni, adolat va haqiqatni qaror toptirish yolida kurashdi.

Shu ma’noda yaqinda Ozbekiston hukumati portalida ochilgan Bosh vazirning virtual qabulxonasini (pm.gov.uz) ozbek davlatchilik maktabiga mansub adolatparvarlik, haqiqatni taminlash borasidagi ananalarning mantiqiy davomi boldi, deyish mumkin. Bugun minglab yurtdoshlarimiz hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bilan togridan-togri mamlakatimiz Bosh vaziriga murojaat qilmoqda.

Bunda murojaatni uch usulda 210-00-00 yoki 10-00 qisqa raqamlariga qongiroq qilib (qongiroq mamlakatimiz boyicha bepul bolib, undan faqat statsionar telefonga qongiroq qilish narxi boyicha haq olinadi), pm.gov.uz manzilidagi maxsus murojaat shaklini toldirib yoki Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati Ozbekiston liberal-demokratik partiyasining hududiy tashkilotlariga borib yuborish mumkin. Sayt (pm.gov.uz) orqali onlayn murojaat yuborish shakli hamma uchun tushunarli va sodda tuzilgan. Saytda murojaat maqomini (javob berilgan-berilmaganini) tekshirish mumkin. Eng muhimi, onlayn murojaatlarda elektron raqamli imzo talab qilinmaydi.

Malumotlarga kora, Bosh vazirning virtual qabulxonasiga dastlabki kuniyoq mamlakatimizning turli joylaridan mingga yaqin ariza, shikoyat va takliflar tushgan bolsa, bugun murojaatlar soni 20 mingdan oshib ketdi. Quvonarlisi, hozirga qadar yuzlab muammolar tezda oz yechimini topdi.

Shu yil mart oyida urganchlik Zulfiya Bekberganovaning 25 yoshli ogli Xurram Qurbonovning bosh miyasida qon quyilish holati aniqlangan. Shifokorlar uni xorijda davolatishni tavsiya qilgan. Muolaja uchun 8 ming dollar zarur edi. Z.Bekberganova otgan vaqt mobaynida milliy valyutani xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish boyicha Xorazm viloyatidagi qator banklarga murojaat qilgan. Biroq ishi hal bolmagan. Zulfiya opa songgi umid sifatida shu yil 26 sentabrda Bosh vazirning virtual qabulxonasiga ariza jonatgan.

Portalga murojaat qilganimdan keyin oylar davomida meni oylatgan muammo ikki kunda hal boldi, deydi Z.Bekberganova. Oglimni xorijda davolatish uchun xalqaro tolov kartasiga yetarlicha xorij valyutasini olganimda, quvonchdan yiglab yubordim. Mana, bizday oddiy fuqarolarning ham dardini tinglaydigan, muammolarini hal qilib beradigan inson bor ekan-ku, dedim. Bu portal Ozbekistonda demokratiyaning mustahkam qaror topishida juda katta va muhim qadamdir.

Yana bir misol Xorazm viloyati Xiva tumanida istiqomat qiluvchi Rohat Abdullayeva uyi buzilgach, 2014 yili yangi kottejga kochib otadi. Buzilgan uy shartnomada 139 million somga baholanadi. Biroq bu mablagdan 38 million somini hokimlik tolab bermaydi.

Shu yil 26 sentabr kuni Bosh vazirning virtual qabulxonasiga murojaat qildim, 28 sentabrda buzilgan uyimdan qolgan 38 million somni bankdagi omonat daftarchamga otkazib berishdi, deydi R.Abdullayeva. Mahallamizdagi yangi kottejlarga kochib otgan 47 qoshnimda ham shu muammo bor edi. Viloyat va tuman hokimligi vakillari ularga ham qarzdorlikni tolab bermoqda. Mahallamizda bayram bolib ketdi. Necha yillik muammolarimizni ikki kunda hal qilib bergani uchun Bosh vazirimizdan minnatdormiz.

Ha, bugungi fuqarolar bundan on besh-yigirma yil avvalgi odamlar emas. Mazkur virtual qabulxonaga murojaatlar xalqimizning davlat hokimiyatiga va qonun ustuvorligiga ishonchi oshib borayotganidan dalolat. Bu jamiyatimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari samarali tatbiq etilayotgani, xalqimizning ulardan foydalanish madaniyati yuksalib borayotganining isbotidir.

Mahallamizda elektr energiyasini kuniga ortacha 12 soat ochirishar edi, bu muammoga yechim izlab, bir necha marta tuman hokimligi va elektr tarmoqlari tashkilotiga murojaat qildik, biroq foydasi bolmadi, deydi Xorazm viloyati Gurlan tumani Saxtiyon qishlogida yashovchi Jorabek Bobojonov. Shu yil 25 sentabrda Bosh vazirning virtual qabulxonasiga elektron murojaat yubordik, 29 sentabrda mutasaddilar qishlogimizga kelib, vaziyatni organdi va uzluksiz elektr energiyasi bilan taminlash yolga qoyildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov doim Odamlar hamma narsaga chidashi mumkin, lekin adolatsizlikka chiday olmaydi, deb kop takidlar edi. Mahallamizda shu muammoning tez kunda bartaraf bolgani misolida biz Bosh vazirimiz Birinchi Prezidentimiz goyalariga naqadar sodiq ekaniga amin boldik.

Ellikqalalik Ilhombek Yoldoshev Toshkent tibbiyot akademiyasining travmatologiya va ortopediya yonalishi boyicha magistraturasida 2-kurs talabasi. U bu yil shartnomaga pul topa olmagan. Shu bois Ellikqala tumanidagi barcha bank filiallariga talim krediti ajratishni sorab, murojaat qilgan. Aytishicha, buning uchun zarur barcha hujjatni taxlab olib borsa-da, birorta bank xodimi ularni loaqal varaqlab ham kormagan.

Bir kuni hatto soat 7 dan 19 gacha bankdan bankka qatnatib sarson qilishdi: biriga borsam, boshqasiga jonatadi, axiyri, sargardonlikdan hammasiga qol siltab, Toshkentga qaytdim, deydi I.Yoldoshev. Endi oqishni davom ettirishga kozim yetmasdi. Shunda Bosh vazirning virtual qabulxonasi jonimga oro kirdi: murojaatim uch kunda hal boldi. Ozbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Bosh vazirimiz Shavkat Mirziyoyev 5 oktabrda Samarqand viloyati faollari bilan bolgan uchrashuvda virtual qabulxonaga kelayotgan har bir murojaat Bosh vazirning nazoratida bolishini takidladi. Chindan ham shunday: agar mening arzim Bosh vazirimizga yetib bormaganda, bilmadim, yana qancha vaqt sarson yurardim yoki oqishni tashlab ketarmidim...

Yashirib nima qildik: quyi boginlardagi eskicha fikrlaydigan ayrim rahbaru xodimlarga arz qilib ikki-uch marta qatnagan odamga yozuvchi, arizaboz tarzida qaraydiganlar ham bor. Albatta, har qanday jamiyatda boldi-bolmadi ishga darrov shikoyat yozadiganlar topiladi. Biroq sanoqli bunday kimsalar kasriga qolgan shaxslarning ham shikoyatlarini etiborsiz qoldirish jamiyatda muammolarning ildiz otib ketishiga sabab bolishi aniq-ku! Qolaversa, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning shartlaridan biri fuqarolar oz haq-huquqlarini mukammal bilishi, zarur holda ularni talab qila olish layoqatiga ega bolishi lozim.

Bosh vazirning virtual qabulxonasi xalqimiz huquqiy madaniyatining yuksalib borish jarayonida samarali vosita, oydin kozgu bolmoqda.

Sirdaryo viloyati Xovos tumani Gulbahor shaharchasida yashovchi Muslimbek Xoliqberdiyev bu yil Guliston davlat universitetining ijtimoiy-iqtisodiy fakultetiga tolov-kontrakt asosida oqishga kirdi. Biroq ota-onasi shartnoma pulini tolash imkonini topa olmadi. Shu bois uning onasi Shoira Abdugafforova joriy yil 7 sentabrda Agrobankning Xovos tumani filialiga talim krediti sorab, murojaat qiladi. Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi Oliy oquv yurtlarida tolov-kontrakt asosida oqish uchun talim kreditlari berish togrisidagi qaroriga kora, tijorat banklari qarz oluvchining hujjatlarini 10 ish kunida korib chiqib, yozma xulosa berishi shart. Biroq Sh.Abdugafforova yigirma kunda ham aniq javob ololmay, sarson-sargardon boladi. Vaziyat shu darajaga yetadiki, 30 sentabrgacha shartnoma puli tolanmasa, Muslimbek talabalikdan mahrum bolishi aniq edi.

Shartnoma pulini tolash muddatiga uch kun qolgan, nima qilishni bilmasdik, bank xodimlarini sudga beraylik, desak, sud bu ishni korib chiqishiga bir oy kerak juda boshimiz qotgandi, deydi Sh.Abdugafforova. 27 sentabr kuni Bosh vazirning virtual qabulxonasi haqida eshitdimu, darhol murojaat qildim. Qarang, ertasi kuni Agrobank oglimga talim krediti ajratdi. Ishim hal boldi, lekin bir savol meni qiynaydi: nega endi shunaqa kichkina masala ham, albatta, Bosh vazirimizga yetib borgandan keyin hal bolishi kerak? Quyi boginlardagi rahbaru xodimlarga oz vazifasini qonun doirasida, vaqtida, sifatli bajarishga nima xalal beradi?!.

Darhaqiqat, agar fuqaroning muammosi quyi boginda hal bolsa, u yuqori tashkilotlarga murojaat qilmaydi. Chunki bugungi zamon shiddatida har daqiqa ganimat, katta boylik. Shunday ekan, Bosh vazirning virtual qabulxonasidan ornak olib, mahalliy davlat hokimiyati rahbarlari fuqarolar murojaatlarini shaxsan oz nazoratiga olishi, ularning muammolarini hal qilishda samarali tizimni yolga qoyish vaqti allaqachon yetib kelgan. Axir kimdir umid bilan hokimning oldiga borsa-yu, qabuliga kira olmasa, haftalab-oylab hokimiyat eshigida sargaysa, shundan song qoli biror ishga boradimi? Shunday vaziyatdan keyin uning qalbida tabiiy nish ura boshlagan jamiyatdan norozilik ertaga gazak otib ketmasligiga kim kafolat beradi?!.

Sirdaryo tumanida istiqomat qiluvchi Mirsaid Nizomov Bosh vazirning virtual qabulxonasiga ozi yashayotgan hududda 5-6 yildan buyon tabiiy gazda muntazam uzilishlar bolayotganini aytib, ushbu masalani hal etishda yordam sorab murojaat qilgan. Sirdaryo viloyati hokimligidan malum qilishlaricha, murojaatni organish jarayonida gaz quvurlari chindan ham tamirga muhtoj ekanligi aniqlangan. Tez kunlarda quvurlar tamirlanib, tabiiy gaz taminoti toliq yolga qoyiladi. Savol tugiladi: ushbu tuman mutasaddilari nega mazkur masalani oz vaqtida organib, tezda chora kormadi? Yoki ular Bosh vazirga murojaatdan songgina bu yerda gaz quvurlari chindan tamirtalab ekanini bilib qolishdimi?.. Yoki ushbu tumanda yashovchi yana bir fuqaro Tatyana Karevaning ozi istiqomat qilayotgan hududda ichimlik suvi muammosini hal etishni sorab qilgan murojaati organilganda, bu yerda ichimlik suvi taminotini toliq yolga qoyish uchun 500 metr masofada quvur yotqizish lozimligi aniqlandi. Ayni paytda bu boradagi loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanib, 2017 yilgi Investitsiya dasturi asosida qurilish ishlari amalga oshirilishi belgilandi.

Shu yil 26 sentabrda Xorazm viloyati Yangiariq tumani Chiqirchi qishlogidan Hurmat Matyoqubov virtual qabulxonaga murojaat qilib, mazkur hududda toza ichimlik suvi yoqligi, quduqlar suvi shor bolgani uchun aholi 3 kilometr nariga borib, ichish uchun suv keltirayotganini aytadi. 2009 yili bu muammoni bartaraf etish uchun ish boshlangan, biroq chala qolgandi.

Murojaatimizdan ikki kun otib, qishlogimizda qurilish ishlari boshlanib ketdi, deydi H.Matyoqubov. Hozir 2009 yili yotqizilgan, ammo chirib ulgurgan quvurlarni ham qazib olib, yangilashyapti. Butun qishloq ahli necha yillik muammo hal bolganidan ozida yoq xursand.

...Bunday misollar kop. Etiborlisi, hal bolgan har bir murojaat ortida onlab, hatto yuzlab odamlar hayotidagi bir ozgarish, yangilanish mujassam. Bu fuqarolarning davlat hokimiyatiga, jamiyatga, ertangi kunga ishonchini mustahkamlashda nihoyatda muhim omildir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Yuksak manaviyat yengilmas kuch asarida jamiyatda adolat va haqiqatni qaror toptirish vijdon pokligi va bedorligiga bogliq ekanini takidlagan: Vijdoni uygoq odam yon-atrofida bolayotgan voqealarga, yordam va komakka muhtoj insonlarning muammolariga, adolatning toptalishiga befarq qaray olmaydi... Bunday holatlarni korganda vijdoni qiynaladi, doimo yonib-kuyib yashaydi, qanday qilib bolmasin, ularni bartaraf etishga intiladi....

Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi barchamizni Birinchi Prezidentimizning buyuk davati uygoq vijdon bilan yashashga-ishlashga undayotgani bilan ahamiyatlidir.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: