O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
08.10.2016

SAYLOVCHILAR HUQUQIY MADANIYATI YANADA OSHIRILADI

Joriy yilning 7 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish boyicha Respublika matbuot markazida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi okrug saylov komissiyalari, saylovda qatnashayotgan siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bolib otdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov boshqargan majlisda saylovga tayyorgarlik korishga doir masalalar korib chiqildi. Videokonferensaloqa shaklida otgan tadbirda jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari takliflari asosida ishlab chiqilgan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yuksaltirish boyicha otkaziladigan tadbirlar dasturi loyihasi muhokama qilindi.

Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar aholining keng qatlami, xususan, xotin-qizlar, yoshlar, ayniqsa, birinchi marotaba ovoz beruvchi fuqarolar, nuroniylar, imkoniyati cheklangan shaxslar, harbiy xizmatchilar, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari, mehnat jamoalari, oquv muassasalari vakillari, shuningdek, xorijdagi hamyurtlarimizni qamrab oladi.

«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, Xotin-qizlar qomitasi, Mahalla xayriya jamoat fondi, Respublika baynalmilal madaniyat markazi va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan ijtimoiy sheriklikda Mening ovozim — Vatanim kelajagi, Men shaxsan ozim ovoz beraman, Biz tanlash huquqiga egamiz, Saylovchilar royxatida bormisiz?, Yagona oilada kabi fuqarolarning huquqiy madaniyati va elektoral faolligini yanada oshirishga qaratilgan aksiyalarni otkazish rejalashtirilgan.

Targibot tadbirlari davra suhbati, seminar, uchrashuv, bevosita muloqot, konferensiya, trening shakllarida, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali maqola, eshittirish va korsatuvlar e’lon qilish, turli risola, flayer va boshqa targibot materiallarini tayyorlash orqali amalga oshiriladi.

Majlisda 7-Samarqand, 9-Surxondaryo, 11-Fargona okrug saylov komissiyalari raislarining hududlarda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ishlarining borishi haqidagi axboroti eshitildi. Okrug saylov komissiyalari tomonidan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi saylov uchastkalari tuzilgani qayd etildi. Hozirgi kunda mamlakatimiz va xorijda 9 ming 376 saylov uchastkasi tuzildi. Okrug saylov komissiyalari tomonidan uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish ishlari boshlandi.

Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilinib, korilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

B.BOZOROV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: