O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
08.10.2016

MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDOSTLIGI DAVLAT RAHBARLARINING OZBEKISTON XALQIGA MUROJAATI

2016 yil 16 sentabr

Bishkek shahri

Biz, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlari Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimovning vafoti munosabati bilan mustaqil Ozbekiston tarixidagi murakkab davrda dost Ozbekiston xalqini qat’iy qollab-quvvatlashimizni bildiramiz.

Ozbekistonning iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish, xalqaro nufuzini oshirish va aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qilgan keng kolamli islohotlar buyuk davlat arbobi Islom Karimov nomi bilan bogliqdir. U ozining butun hayotini xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga bagishladi.

Islom Abduganiyevich Karimov Mustaqil Davlatlar Hamdostligining asoschilaridan bolib, Hamdostlik davlatlarining xalqlari ortasida iqtisodiy aloqalar, dostlik va yaqin qoshnichilik munosabatlarini mustahkamlash yolida juda koplab ishlarni amalga oshirdi. Ozbekiston rahbari sifatida Markaziy Osiyoda tinchlik va osoyishtalikni taminlash, mintaqani xavfsiz va barqaror rivojlanayotgan hududga aylantirishga benihoya katta hissa qoshdi.

Ozbekiston bundan buyon ham izchil rivojlanishi va Hamdostlik mamlakatlari
xalqlari bilan dostlik, yaqin qoshnichilik munosabatlarini har tomonlama mustahkamlash ishlarini qatiy davom ettirishiga ishonch bildirgan holda, Ozbekiston xalqining tinchlik, barqarorlik va hamjihatlikni taminlash borasidagi harakatlarini toliq qollab-quvvatlaymiz.

Ozbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining tarixiy merosi Hamdostlik xalqlarining ahil oilasida dostona munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashga doimo xizmat qilishiga ishonamiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: