O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
06.10.2016

MILLIY SAYLOV TIZIMI

demokratik tamoyillarga to‘liq mos keladi

Prezident saylovini yoritish boyicha Respublika matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan «Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining ahamiyati» mavzuida davra suhbati otkazildi.

Unda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchilari, huquqshunos-olimlar, saylov huquqi boyicha ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulugbek Abdusalomov mamlakatimizda mustaqillik yillarida yuksak demokratik talablarga mos milliy saylov tizimi yaratilganini takidladi. Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda faol ishtirok etish huquqi toliq taminlanayotgani, Konstitutsiyamiz va tegishli qonunlarda bu borada meyorlar mustahkamlanganini qayd etdi.

— Mamlakatimizda demokratik saylovlarni tashkil etishning muhim jihati shundaki, unda faqatgina ovoz berish yashirin amalga oshiriladi, qolgan barcha jarayon ochiq, oshkora ruhda otadi, dedi Mirzo-Ulugbek Abdusalomov. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi qonunga muvofiq, saylov komissiyalari fuqarolarga saylovga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha oz faoliyati, saylov komissiyalari tuzilgani, ular joylashgan manzil va ish vaqti haqida malum qiladi, saylovchilar royxati, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalar royxati bilan tanishtiradi. Shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar xususidagi malumotlar bilan tanishtirib, ovoz berish va saylov yakunlaridan xabardor qiladi.

Qonunchilikka kiritilgan ozgartish va qoshimchalarga binoan, saylovoldi tashviqoti nafaqat saylov kuni, balki ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin ham olib borilmaydi. Yani, saylovchilarga oz qarashlarini, siyosiy xayrixohligini aniqlab olish, kim uchun va qanday siyosiy dastur uchun ovoz berayotganini yana bir bor chuqur idrok etishga imkon yaratiladi.

Demokratik jamiyatda saylov mamlakat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotiga bevosita tasir korsatadi, uning natijalari davlat siyosatining ustuvor yonalishlarini belgilab beradi. Shu bois Prezident sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish bilan bogliq tadbirlar faollik bilan tashkil etilmoqda. Fuqarolarning saylov jarayonlari haqidagi bilimlarini oshirish, qonunchilikdan toliq xabardor qilishda mutaxassislar ishtirokidagi davra suhbatlari, seminarlar muhim orin tutadi.

Takidlandiki, saylov jarayonining ochiq va oshkoraligini taminlashda ommaviy axborot vositalarining ahamiyati katta. Hozircha mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalarining 500 dan ziyod vakili Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan otkazilgan. Saylov komissiyalarining barcha tadbirlarida jurnalistlar faol ishtirok etmoqda. Mavzuga oid telekorsatuv va radioeshittirishlar muntazam efirga uzatilib, saylov bilan bogliq jarayonlar bosma hamda internet nashrlarda keng yoritilyapti. Davra suhbatida sozga chiqqanlar shular haqida ham oz fikrlarini bildirishdi.

Oz muxbirimiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: