O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
06.10.2016

PUXTA TAYYORGARLIK SAYLOVCHILAR FAOLLIGINI OSHIRADI

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish bilan bogliq ishlar qizgin tus olmoqda. Barcha okrug va uchastka saylov komissiyalarida ushbu muhim siyosiy tadbirni yuqori saviyada otkazish chora-tadbirlari korilmoqda.

«Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida»gi qonunda saylov uchastkalari saylovchilarga imkon qadar koproq qulaylik yaratish maqsadida tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda tuzilishi belgilab qoyilgan. Ayni kunlarda saylov uchastkalarida saylovchilarning royxati shakllantirilmoqda. Bunda har bir saylov uchastkasiga uch ming nafardan kop bolmagan saylovchini ovoz berish uchun biriktirishga e’tibor berilmoqda.

Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 562-saylov uchastkasida ham saylovga tayyorgarlik jarayoni qizgin kechmoqda.

Davlat ramzlari qoyilgan, ozoda va shinam binoda joylashgan saylov uchastkasi xonalari internet tarmogiga ulangan komputer, printer, faks va boshqa zarur texnik hamda korgazmali vositalar bilan jihozlangan. Bu yerda saylovchilar toliq malumot olishlari uchun saylov togrisidagi barcha qonun hujjatlari toplami mavjud. Ovoz berish, tibbiyot, onalar va bolalar xonalari shay holga keltirilgan.

562-saylov uchastkasi Zafarobod mahalla fuqarolar yigini hududida joylashgan bolib, 2 ming 996 nafar saylovchi royxatga olingan. Ayni vaqtda saylovchilar bilan yaqindan ishlash, ularning saylovdagi faol ishtirokini taminlash maqsadida komissiya azolari hududdagi kop qavatli uylarga biriktirilgan. Bazi sabablarga kora, saylov kuni saylov uchastkasiga kelolmaydigan fuqarolarning royxati tuzilib, ularga uy sharoitida ovoz berish imkoniyati yaratib beriladi. Shuningdek, zarur hollarda fuqarolarga qonunchilikda belgilangan tartibda muddatidan oldin, oz konstitutsiyaviy huquqidan foydalanib, ovoz berishlari uchun maxsus kochma qutilar tashkil qilingan. Mahalla faollari bilan hamkorlikda saylovchilar, xususan, saylovda ilk bor ishtirok etayotgan yoshlar ortasida milliy saylov qonunchiligini keng targib etish, Prezident saylovi va unda ishtirok etishning ahamiyati haqida tushuntirish ishlari rejasi tuzilmoqda.

Saylov uchastkasida saylovga tayyorgarlik korish va uni otkazish, fuqarolarning oz xohish-irodasini erkin bildirishlari uchun barcha shart-sharoit muhayyo etilgan.

Sayyora SHOYEVA,

OzA muxbiri


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: