O'zb  
 
06.10.2016

TOJIKISTON PREZIDENTI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOT TOGRISIDA

2016 yil 5 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning telefon orqali muloqoti bolib otdi.

Suhbat chogida ozbek va tojik xalqlarini vaqt va tarix sinovidan otgan kop asrlik dostlik va hamkorlik munosabatlari boglab turishi, bu yaqin qoshnichilik, ozaro hurmat hamda bir-birining manfaatlarini e’tiborga olgan holda bundan keyin ham samarali hamkorlik uchun qulay va mustahkam asos yaratishi takidlandi.

Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, zamonaviy Ozbekiston — Tojikiston munosabatlariga asos solgan Islom Karimov vafoti munosabati bilan Samarqand shahrida otkazilgan dafn marosimida shaxsan qatnashgani va Ozbekiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etgani uchun Tojikiston Prezidentiga minnatdorlik bildirdi.

Suhbat davomida Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon bundan keyin ham ochiq va keng kolamli muloqotni davom ettirishlarini, Ozbekiston va Tojikistonning turli darajadagi songgi muloqotlari chogida qollab-quvvatlangan taklif va kelishuvlar ikki mamlakat xalqlarining farovonligi, mintaqada tinchlik va barqarorlikni, ozaro hamkorlikni yanada mustahkamlash borasidagi vazifalarni birgalikda bosqichma-bosqich amalga oshirish imkonini berishiga ishonch bildirdilar.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: