O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
06.10.2016

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING TADBIRKORLIK FAOLIYATINING JADAL RIVOJLANISHINI TAMINLASHGA, XUSUSIY MULKNI HAR TOMONLAMA HIMOYA QILISHGA VA ISHBILARMONLIK MUHITINI SIFAT JIHATIDAN YAXSHILASHGA DOIR QOSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOGRISIDAGI FARM

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisida» qabul qilingan Farmoni, eng avvalo, xususiy mulkni xuquqiy himoya qilishni yanada kuchaytirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga va har tomonlama qollab-quvvatlashga, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga yonaltirilgan va ushbu sohada davlat siyosatining sifat jihatidan yangi darajaga otishidan dalolat beradi.

Xususan, Farmon kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga aralashuvni tubdan qisqartish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinishini taminlash, ularning profilaktikasi samaradorligini oshirish va huquqbuzarliklarga yol qoyilmaslikni eng muhim ustuvor yonalish va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi sifatida mustahkamlaydi.

Ushbu maqsadlarda davlat organlariga, eng avvalo, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi tuzilmalarga:

oz faoliyatida belgilangan talablarning hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi tamoyilining sozsiz amalga oshirilishini taminlash, shu munosabat bilan oz vazifalarini va vakolatlarini tanqidiy qayta korib chiqish;

tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik va tosqinlik qilganlik, ularning faoliyatini asossiz toxtatib qoyganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi togrisidagi qonun hujjatlari normalari talablari qatiy bajarilishini, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararning bevosita aybdorlardan undirilishini taminlash topshirildi.

Ushbu norma davlat organlariga aybdor xodimlarga nisbatan nafaqat intizomiy, mamuriy yoki jinoiy javobgarlikning eng qatiy choralarini qollash majburiyatini yuklabgina qolmasdan, balki tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararning bevosita ushbu xodimlardan undirilishini taminlashni ham yuklaydi.

Korsatib otilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi noqonuniy tekshirishlarni tashkil etishga va ularni otkazishga, ayniqsa, davlat organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari oqibatida tadbirkorlik subyektlarining faoliyati asossiz toxtatilishiga va zarar yetkazilishiga yol qoymaslikka yonaltirilgan.

Farmonda tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashishdan ishonchli huquqiy kafolatlarni taminlashga yonaltirilgan davlat nazoratining prinsipial jihatdan yangi bir qator mexanizmlari belgilanmoqda.

Jumladan, 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab quyidagi ilgari korilmagan choralar joriy etiladi:

tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi, bundan yuridik shaxsning tugatilishi bilan bogliq tekshirishlar, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilishi holatlari togrisidagi murojaatlari asosida faqatgina Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qaroriga muvofiq otkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar mustasno;

shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini, shu jumladan, jinoyat ishlari doirasidagi muqobil tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi.

Shunday qilib, nazorat qiluvchi organlar endilikda rejadan tashqari tekshirishlar otkazishni tashkil qilish huquqiga ega emas. Bunda fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini taminlash maqsadida faqat jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilishi holatlari togrisidagi murojaatlari asosida qisqa muddatli tekshirishlar otkazishning cheklangan imkoniyati saqlanib qoladi. Bunday tekshirish faqat Respublika kengashining qaroriga muvofiq otkazilishi mumkin va tekshirish muddati bir ish kuni bilan cheklangan.

Shu bilan birga, Farmon mamuriy va jinoyat qonunchiligini liberallashtirish yolini davom ettirib, moliya-xojalik faoliyatini amalga oshirishda birinchi marta huquqbuzarliklar sodir etgan tadbirkorlik subyektlari va ularning xodimlarini hamda tadbirkorlik faoliyatini davlat royxatidan otkazmasdan amalga oshirayotgan shaxslarni, ular tomonidan yetkazilgan zararni qoplagan va huquqbuzilishi oqibatlarini belgilangan muddatlarda ixtiyoriy bartaraf etgan taqdirda, javobgarlikning barcha turlaridan ozod qilish kabi tubdan yangi choralarni nazarda tutadi.

Bundan tashqari, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jinoiy jazo qollash taqiqlangan.

Korsatib otilgan normalar tadbirkorlik subyektlarini ikki marta jazolashni istisno etibgina qolmay, balki birinchi marta huquqbuzarlikni sodir etgan va oz aybini yuvgan fuqarolarga ozining tadbirkorlik faoliyatini salbiy oqibatlarsiz davom ettirish imkonini beradi, bu chora ularning ishbilarmonlik faolligini ragbatlantirishga ham yonaltirilgan.

Shu munosabat bilan Jinoyat kodeksiga, Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksga, Soliq kodeksiga va bir qancha boshqa qonunlarga tegishli ozgartirish va qoshimchalar kiritiladi.

Respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish uchun xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangidan tashkil etilgan ishlab chiqarish korxonalariga besh yil mobaynida ular royxatdan otkazilgan sanada amalda bolgan soliq stavkalari va boshqa majburiy tolovlarni qollash huquqi beriladi.

Shuni qayd etish zarurki, ushbu imtiyoz investitsiya sifatida kiritilgan mablaglar miqdoridan qati nazar xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi barcha korxonalarga tatbiq etiladi.

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida qonunlar ijrosi ustidan Parlament nazorati shakllarini kuchaytirish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boyicha vakil institutini tashkil etish moljallanmoqda.

Xorijiy tajriba shuni korsatmoqdaki, ushbu institut tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilishni taminlashda, davlat tuzilmalari bilan munosabatlarda ularning manfaatlarini ifodalashda muhim orin tutadi.

Farmon qoidalarini amalda royobga chiqarish maqsadida tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish, xususiy mulkchilikni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilash borasida beshta eng ustuvor soha boyicha 42 ta aniq chora-tadbir amalga oshirilishini nazarda tutuvchi Kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, davlat va biznesning ozaro hamkorligidagi mamuriy tosiqlarni bartaraf etish, davlat resurslaridan foydalanishning ochiqligi va shaffofligini taminlash doirasida umumiy etirof etilgan xalqaro standartlar asosida bir qator qonunlarni, shu jumladan, Korrupsiyaga qarshi kurashish togrisida, Mamuriy tartib-taomillar togrisida, Davlat xaridlari togrisida va Davlat-xususiy sheriklik togrisidagi qonunlarni qabul qilish nazarda tutilmoqda.

Dasturga muvofiq jinoyat ishlari boyicha tekshirishlarni tayinlash va otkazish tartibining aniq huquqiy tartibotini belgilash uchun Xojalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish togrisidagi qonunga, Jinoyat-protsessual kodeksiga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga ozgartirish va qoshimchalar kiritiladi.

Ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga, shu jumladan, jinoyat ishlari doirasida tergov qilishni amalga oshirishda noqonuniy aralishish imkonini beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga komaklashadi.

Bundan tashqari, Dastur tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogliq jinoyat qonunchiligi normalarini yanada erkinlashtirish, jinoyatlar sodir etilishi natijasida yetkazilgan zararni aniqlash, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralishishning yagona mezonlari va asoslarini belgilash togrisida takliflar ishlab chiqilishini nazarda tutadi.

Soliqqa tortish tizimi va bojxona ishini takomillashtirish, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini va xalqaro reytingini oshirish sohasida Dasturda quyidagilarga yonaltirilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishga doir tadbirlar moljallangan:

valyutani tartibga solish va valyutalar kursi siyosatining ilgor bozor mexanizmlarini, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, bank faoliyatini samarali amalga oshirishga tosqinlik qiluvchi govlarni bartaraf etish;

soliq mamurchiligining sifati va samaradorligini yanada yaxshilash;

tadbirkorlik subyektlarining eksport kontraktlarini bojxona organlarida hisobga qoyish togrisidagi talabni bekor qilish;

huquqbuzilishlarining oldini olishning asosiy mexanizmlaridan biri va qonunga itoatkor tadbirkorlik subyektlarining barqaror faoliyati kafolati sifatida auditorlik tashkilotlari va soliq maslahatchilarining xizmatlar sifati uchun javobgarligini oshirish va ular tomonidan taqdim etiladigan xulosalarning ishonchliligi yuzasidan ular faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish.

Dasturda tadbirkorlik subyektlariga va ularning xodimlariga nisbatan mamuriy jazolarni qollash borasidagi vazifa va vakolatlarni bosqichma-bosqich sud organlariga otkazish yoli bilan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini sud tomonidan himoya qilishni kuchaytirish choralari rejalashtirilgan.

Ushbu choraning amalga oshirilishi tadbirkorlik subyektini tekshirgan nazorat qiluvchi organ tomonidan mamuriy huqubuzarlik togrisidagi ishni mustaqil korib chiqish va bu orqali mamuriy ishlarni korib chiqishdagi betaraflik va xolislikka tasir korsatuvchi amaliyotning bartaraf etilishiga yonaltirilgan.

Dastur, shuningdek, xojalik sudlari tizimiga sud majlislarini audio va video qayd etish mexanizmlarini joriy etish tadbirlarini, qabul qilingan qarorlarning veb-saytlarda elon qilinishini, hakamlar sudi qarorlarini majburiy ijro etishga ijro varaqasi berish togrisidagi ariza berishda tadbirkorlik subyektlarini davlat boji tolashdan ozod etishni ham oz ichiga oladi.

Elektron hukumat tizimini joriy etish doirasida davlat organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarining vakolatli organlar bilan ozaro hamkorligining bevosita muloqot qilmaydigan shakllarini kengaytirish boyicha kompleks tadbirlar moljallangan. Xususan, Dastur tadbirkorlik subyektlariga faqat davlat xizmatlari korsatish boyicha yagona markazlar orqali yagona darcha tamoyili asosida korsatiladigan davlat xizmatlari royxatini kengaytirishni nazarda tutadi.

Shu bilan birga, ilgor xorijiy tajribani inobatga olgan holda texnik talablar (sanitariya, ekologiya, shaharsozlik normalari va qoidalari, yongin xavfsizligi qoidalari, standartlashtirish va boshqalar) kabi maxsus normativ hujjatlarni, samarasiz, eskirgan va bozor mexanizmlarining ornini egallab olgan normalarni bekor qilish yuzasidan tanqidiy qayta korib chiqish nazarda tutilmoqda.

Farmonning amalga oshirilishi mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning asosiy omili sifatida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yolidagi mamuriy govlar va suniy tosiqlarni bartaraf etish yuzasidan Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti tomonidan belgilangan yolning uzviyligi va izchilligini taminlash imkonini beradi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: