O'zb  
 
04.10.2016

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING

onlayn majlisi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish boyicha Respublika matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasining majlisi bolib otdi. Videokonferensaloqa shaklida otkazilgan majlisda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi okrug saylov komissiyalarining a’zolari, saylovda ishtirok etuvchi siyosiy partiyalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulugbek Abdusalomov olib borgan majlisda mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi saylov uchastkalarini tuzish, shuningdek, saylovga tayyorgarlik korish bilan bogliq boshqa masalalar korib chiqildi.

«Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida»gi qonunning 11-moddasiga muvofiq, Ozbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.

Shu munosabat bilan Markaziy saylov komissiyasi Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Ozbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tuzish togrisidagi taqdimnomasini korib chiqib, mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi 44 saylov uchastkasini tuzish hamda ularni 14-Toshkent shahar saylov okrugiga biriktirish togrisida qaror qabul qildi.

Shuningdek, majlisda siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari togri toldirilganligini tekshirish boyicha Markaziy saylov komissiyasi huzurida ishchi guruhlari tuzish togrisida qaror qabul qilindi.

Majlisda 2-Andijon va 12-Xorazm okrug saylov komissiyalari raislarining Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlikning borishi haqidagi axborotlari ham eshitildi.

Komissiya azolari Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qilgan ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan otkazish masalasini ham korib chiqishdi.

Takidlanganidek, saylovga tayyorgarlik korish va uni otkazish jarayonining ochiqligi va oshkoraligini taminlash, jamoatchilikni saylov kampaniyasining barcha bosqichlari haqida oz vaqtida xabardor qilishda ommaviy axborot vositalari muhim orin tutadi. Shu vaqtga qadar mamlakatimiz va xorijiy bosma hamda elektron ommaviy axborot vositalarida saylov kampaniyasi bilan bogliq ikki mingdan ziyod material elon qilingani aytib otildi.

Majlisda Markaziy saylov komissiyasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama etildi.

Korib chiqilgan masalalar yuzasidan Markaziy saylov komissiyasining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Oz muxbirimiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: