O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
04.10.2016

IMZO TOPLASH JARAYONI YAKUNLANMOQDA

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga korsatiladigan nomzodni qollab-quvvatlovchi saylovchilarning imzolarini yigish davom etyapti.

Eslatib otamiz, «Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida»gi qonunga muvofiq siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari Ozbekiston Respublikasi jami saylovchilarining umumiy soni kamida bir foizining, kamida sakkizta ma’muriy-hududiy tuzilma namoyandasi bolgan saylovchilarning imzosini qamrab olgan bolishi kerak. Mamuriy-hududiy tuzilmalardan birida (Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) siyosiy partiya imzolar umumiy miqdorining kopi bilan sakkiz foizini toplashi mumkin.

Qonunga kora, saylovchilar faqat bitta nomzodni qollab-quvvatlab, bir martagina imzo qoyishga haqli. Bunda saylovchi oz familiyasini, ismini, otasining ismini, tugilgan yilini (yoshi on sakkizda bolsa, qoshimcha ravishda tugilgan kuni va oyini), yashash joyi manzilini, pasportining seriyasi va tartib raqamini, shuningdek, imzo qoygan sanani korsatadi.

Saylovchilar imzosini toplash ish, xizmat, oqish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida, shuningdek, tashviqot yuritish va imzo toplash qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda olib boriladi. Imzo toplayotgan shaxs tomonidan saylovchilarni majbur qilish va ularni ogdirib olishning har qanday shakli qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boladi.

Imzo toplash tamomlanganidan song siyosiy partiyaning vakolatli vakili Qoraqalpogiston Respublikasi, har bir viloyat va Toshkent shahri boyicha alohida-alohida qilib tikilgan imzo varaqalarini Markaziy saylov komissiyasiga topshiradi.

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasidan Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga korsatiladigan nomzodni qollab-quvvatlovchi saylovchilarning imzosini yigish qonunga toliq rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda. Shuningdek, joylarda imzo varaqalarini toldirish tartib-qoidalari saylovchilarga keng tushuntirilmoqda.

— Saylovchilar imzosini toplash ishlari bizning hududda ham tuman, shahar va boshlangich partiya tashkilotlari, Faol ayollar va Istiqbol yoshlar qanotlari azolaridan iborat faollar komagida qizgin amalga oshirilmoqda, deydi Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent viloyat kengashi raisi Mehroj Darxonov. Bu jarayonda, shuningdek, Prezident saylovining mamlakatimiz taraqqiyoti va ertangi kunini belgilashdagi ahamiyati keng tushuntirilyapti, partiyamiz dasturiy maqsadlarini royobga chiqarish boyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha malumotlar berilyapti. Shu kunga qadar viloyatimizda 19 mingdan ortiq imzo yigildi.

Malumot ornida aytish kerakki, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasidan Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga korsatiladigan nomzodni qollab-quvvatlash boyicha Qoraqalpogiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar saylovchilaridan hozirgacha 213 mingga yaqin imzo toplandi.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: