O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
04.10.2016

YOSHLAR TALIM-TARBIYASIGA

butun hayotimni bag‘ishlayman

Oqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning yollagan bayram tabrigini oqib, eshitib qalbim yana bir bor faxr-iftixorga toldi.

Bayram arafasida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandim. Behad quvondim. Uzoq yillar davomida qilgan mehnatlarim, chekkan zahmatlarim koz ongimdan bir-bir otdi.

Ottiz besh yildan buyon oquvchilarga milliy musiqa yonalishi boyicha dars beraman. Shuningdek, yoshlarga musiqa asboblari yasashni ham orgataman. Shogirdlarimning kopchiligi Qoraqalpogiston Respublikasining barcha hududlarida faoliyat yuritib, kelajak avlodni san’at sirlaridan xabardor qilmoqda.

Kopgina oquvchilarim turli korik-tanlovlarda musiqa asboblari yasash boyicha oz mahoratlarini namoyish qilib, sovrinli orinlarni qolga kiritmoqda. Oglim Doniyor Nafosat bostoni tanlovida ozi yasagan cholgu asboblari bilan qatnashib, golib boldi.

Ozim ham keyingi yillarda bu boradagi izlanishlarimni davom ettirayapman. Shogirdlarim bilan birgalikda yigirma besh nomdagi cholgu asboblarini bemalol yasay olamiz. Bir qancha xalqaro korgazmalarda ham ishtirok etdik.

2012 yilda YuNESKOning Ozbekistondagi vakolatxonasi moliyaviy komagida bizga zamonaviy ustaxona qurib berildi.

Shu kungacha unutilib ketgan tortta milliy cholgu asboblarini topib, tiklab, xalqimizga qaytardik. Bir soz bilan aytganda, ularga ikkinchi hayot bagishlandi.

Sozlar sehri deb nomlangan oilaviy ansamblimiz bilan mamlakat miqyosida otkaziladigan bayram tadbirlarida qatnashib, sanatimizni namoyish etib kelyapmiz.

Oylab qarasam, hali qilgan ishlarimdan kora, qilishim kerak bolgan, ulgurmagan yumushlarim kop ekan. Kamtarona mehnatimga berilgan davlat mukofoti mening zimmamga ulkan masuliyat yuklaydi. Xalqimizni, hukumatimizni ishontirib aytamanki, bundan keyin ham bor bilim va kuchimni yoshlar talim-tarbiyasiga bagishlayman.

Azatbay OTARBAYEV,

Mehnat shuhrati ordeni sohibi,

Nukus madaniyat va sanat kollejining maxsus fan oqituvchisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: