O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
04.10.2016

SAYLOV UCHASTKALARI SAYLOVCHILARGA QULAY TARZDA TUZILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi 7-Samarqand okrug saylov komissiyasining navbatdagi yigilishi bolib otdi. Unda okrug hududida saylov uchastkalarini tuzish haqidagi masala korib chiqildi.

«Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida»gi qonunga kora, saylov uchastkalari tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda, saylovchilarga mumkin qadar koproq qulaylik yaratish maqsadida tuziladi, — dedi okrug saylov komissiyasi raisi Farmon Toshev. Saylov uchastkalari saylovga kamida oltmish kun qolganda tuziladi. Ovoz berishni tashkil etish uchun har bir saylov uchastkasiga tuman, shahar hokimligi bino ajratadi. Okrug saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyasining va ovoz berish binosining joylashgan yerini korsatgan holda har bir saylov uchastkasining chegaralari togrisida saylovchilarni xabardor etishni tashkil qiladi.

Okrug saylov komissiyasi Samarqand viloyatidagi saylovchilar umumiy soni 2 million 373 ming 738 nafarni tashkil etishini inobatga olib, okrug boyicha 1030 ta saylov uchastkasi tuzish togrisida qaror qabul qildi. Mazkur saylov uchastkalari joylashgan manzil, uning markazi va chegaralari haqidagi ma’lumotlar matbuotda elon qilinadi.

Majlisda viloyatda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlikning borishi va saylov jarayoni xolisona yoritib borilishini taminlash maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan otkazish togrisida qaror qabul qilindi.

Majlisda komissiya vakolatiga oid boshqa masalalar ham korib chiqilib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shu kuni ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun brifing ham otkazildi. Unda 7-Samarqand okrug saylov komissiyasi raisi Farmon Toshev komissiyaning navbatdagi majlisida muhokama etilgan masalalar, Prezident sayloviga tayyorgarlikning borishi haqida atroflicha malumot berdi.

Abdurasul SATTOROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: