O'zb  
 
04.10.2016

SAYLOV DEMOKRATIK TAMOYILLAR ASOSIDA OTADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi 1-Qoraqalpogiston Respublikasi okrug saylov komissiyasining majlisi bolib otdi.

Unda «Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida»gi qonunning tegishli moddalariga muvofiq tuman, shahar hokimliklari hamda harbiy qismlar komandirlarining saylov uchastkalarini tuzish togrisida okrug saylov komissiyasiga topshirgan taqdimnomalari korib chiqildi. Shunga muvofiq, okrug hududida 590 saylov uchastkasi tuzildi. Saylov uchastkalarining tartib raqami, chegarasi, manzili korsatilgan royxati tasdiqlandi.

Tuzilgan saylov uchastkalarini aloqa vositalari va korgazmali qurollar, zarur adabiyotlar, matbuot nashrlarining yangi sonlari bilan toliq ta’minlash, saylovchilarga qulay sharoit yaratish vazifalari belgilab olindi. Saylovlarni milliy saylov qonunchiligi asosida demokratik tamoyillarga muvofiq oshkoralik, adolat va demokratik tamoyillar asosida otkazishni tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Okrug saylov komissiyasiga ommaviy axborot vositalari tahririyatlari, mustaqil jurnalistlar va ijodiy uyushmalardan akkreditatsiyadan otkazishni sorab tushgan murojaatlar korib chiqildi va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik va saylov jarayoni xolisona yoritib borilishini taminlash maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan otkazish togrisida qaror qabul qilindi.

Shu kuni ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun brifing tashkil etilib, unda okrug saylov komissiyasi tomonidan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga korilayotgan tayyorgarlik masalalari haqida malumot berildi.

A.ORTIQBOYEV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: