O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
01.10.2016

SURXONDARYODA SAYLOV TADORIGI

Joriy yilning 4 dekabr kuni bo‘lib otadigan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga Surxondaryo viloyatida ham puxta hozirlik korilmoqda.

Milliy qonunchiligimizga muvofiq mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim ahamiyatga ega bolgan ushbu muhim jarayonni ochiq, oshkora va adolat tamoyillari asosida otkazish uchun 9-Surxondaryo saylov okrugi tuzilib, okrug saylov komissiyasi va uning shaxsiy tarkibi tasdiqlandi. Okrug saylov komissiyasiga bino va xonalar ajratilib, komissiyaning samarali faoliyat yuritishi uchun qulay sharoit yaratildi. Ayni paytda okrug saylov komissiyasi Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2016 yil 9 sentabrdagi «Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boyicha saylov kampaniyasi boshlanishini e’lon qilish togrisida»gi qaroriga muvofiq belgilangan reja asosida faoliyat yuritmoqda.

— Kollegiallik, oshkoralik ruhida otgan dastlabki yigilishda okrug saylov komissiyasi azolari ortasida vazifalar taqsimoti ishlab chiqilib, tasdiqlandi, deydi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasi azosi Firdavs Sharipov. Tadbirning barcha bosqichlarini keng yoritish maqsadida matbuot markazi tuzilib, tarkibi tasdiqlandi. Okrug saylov komissiyasi azolariga saylovni tashkil etish va otkazish boyicha amaliy yordam berish uchun shahar, tumanlar biriktirildi. Okrug saylov komissiyasi azolarining saylov masalalari boyicha fuqarolarni doimiy qabul qilishini tashkil etish maqsadida okrug saylov komissiyasida navbatchilik jadvali ishlab chiqildi.

Ozbekiston Respublikasining Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari togrisidagi qonunida mahalla fuqarolar yiginlarining hududda tashkil etiladigan uchastka saylov komissiyasi azoligiga munosib nomzodlarni tavsiya etishi belgilangan. Shunga kora, ular masuliyatli bu vazifaga obro-etiborli, el hurmatini qozongan, mahallada muqim yashayotgan va saylov qonunchiligidan xabardor partiyasiz fuqarolardan nomzodlarni tanlab olishga alohida etibor qaratmoqda.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatimizda xalqaro mezonlarga mos milliy saylov tizimi yaratilgani fuqarolarning oz xohish-irodasini erkin bildirishi va huquqiy demokratik jamiyat qurilishida bevosita ishtirok etishida muhim omil bolmoqda, deydi Mahalla xayriya jamoat fondi Surxondaryo viloyati bolimi raisi Orol Toshboyev. Viloyatda 833 mahalla fuqarolar yigini mavjud. Shu kunlarda barcha mahallalar faollari Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini milliy qonunchiligimizga muvofiq tashkil etish va otkazish borasida ozlariga belgilangan vazifalarni sidqidildan amalga oshirib, uchastka saylov komissiyasi azoligiga nomzodlar tavsiya etish, saylovda ishtirok etadigan fuqarolar va ilk marta ovoz beradigan yoshlarni aniqlash kabi ishlar bilan band. Barcha tadbirlar hududda istiqomat qilayotgan fuqarolarda saylov va ertangi kunimizga daxldorlik tuygusini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

X.MAMATRAYIMOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: