O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
29.09.2016

BIRINCHI BOSQICH YUQORI SAVIYADA OTDI

Partiyamiz Saylovoldi dasturida jamiyatni yangilashda xotin-qizlarning faol ishtirokini ta’minlash, huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha qator vazifalar belgilangan. Ularni amalga oshirishda partiyamiz «Faol ayollar» qanoti tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar muhim orin tutmoqda.

Xotin-qizlarning siyosiy-huquqiy bilimini oshirish, tashkilotchilik qobiliyatini shakllantirishga xizmat qilayotgan Ozbekiston XDPning eng faol ayoli korik-tanlovi bu borada alohida ahamiyatga molikdir. Joriy yilning avgust oyida uning birinchi — tuman, shahar bosqichi otkazildi. Tanlovning ilk bosqich yakunlari haqida partiya faollarining fikrlari bilan qiziqdik.

Gulshan ASATOVA, OzXDP Markaziy Kengashi sektor mudiri:

Korik-tanlovning dastlabki bosqichi barcha hududlarda tasdiqlangan nizom talablariga muvofiq otkazildi. Xotin-qizlardan qatnashish istagi bildirilib, 2,5 mingdan ortiq murojaat tushgani tanlovga qiziqish yuqori bolganini korsatadi. 1-bosqichda 2000 nafarga yaqin opa-singillarimiz qatnashdi. Goliblar keyingi bosqichda ishtirok etish uchun yollanma oldi. Korik-tanlov jarayonida 1800 nafardan ortiq xotin-qiz partiyamiz safiga qabul qilinib, ularga azolik guvohnomalari topshirildi.

Tanlovning 2-bosqichi noyabr oyida Ozbekiston XDP Qoraqalpogiston Respublika, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari tomonidan otkaziladi. Hozir tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Nilufar SHAYMANOVA, OzXDP Surxondaryo viloyat kengashi sektor mudiri:

Tanlovni otkazish davomida xotin-qizlarni har tomonlama qollab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlar keng targib qilindi. Fidoyi ayollarga hurmat va ehtirom korsatildi. Umuman, birinchi bosqich tuman va shaharlarimizda yuqori saviyada tashkil etildi. Ishtirokchilar partiyamiz elektorati manfaatlariga qaratilgan, hayotiy masalalar kotarilgan loyihalarni taqdim etishdi. Bu loyihalarni qollab-quvvatlashimiz, tashabbuslarni amalga oshirishga komaklashishimiz zarur. Chunki partiyamiz elektorati manfaatlari uchun xizmat qiladigan takliflar kop bolyapti. Faqat goliblarnigina emas, har bir ishtirokchini ragbatlantirish masalasiga etibor qaratishimiz kerak.

Sanam JUMAMURATOVA, OzXDP Qoraqalpogiston Respublika Kengashi sektor mudiri:

Davlat va jamiyat boshqaruvini demokratlashtirishda xotin-qizlar ishtirokini kuchaytirish katta ahamiyatga ega. Partiyamizning Saylovoldi dasturida ham ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, demokratik islohotlarga daxldorlik tuygusini kuchaytirish masalalarida muhim vazifalar belgilangan. Mazkur korik-tanlov ularning ijrosiga xizmat qilyapti, deb oylayman.

Bizning hududda ham Ozbekiston XDPning eng faol ayoli korik-tanloviga qiziqish bildirayotgan, unda ishtirok etish istagida bolganlar oz emas. Buni joriy yilgi murojaatlar soni otgan yildagiga nisbatan ancha kop bolganidan ham bilish mumkin.

Ilk bosqichda ishtirokchilar puxta tayyorgarlikka ega ekanini isbotlashdi. Ayniqsa, bu Siyosiy hozirjavoblik shartida yaqqol sezildi. Tayyorgarlik jarayonida qatnashchilar xotin-qizlar huquqlariga oid koplab qonun hujjatlarini organdi, onalik va bolalikni muhofaza qilish boyicha amalga oshirilayotgan keng kolamli ishlar bilan yaqindan tanishishdi. Oylaymizki, tanlovning keyingi bosqichlari yanada qiziqarli va samarali otadi.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: