O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
29.09.2016

IQTISODIY SALOHIYATDAN SAMARALI FOYDALANISH ZARUR

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida mustaqillik yillarida mamlakatimizning barcha hududlarida boshlangan keng kolamli islohotlar izchil davom ettirilmoqda. Ulkan bunyodkorlik ishlari samarasida shahar va qishloqlarimiz qiyofasi tubdan ozgardi, iqtisodiy salohiyat sezilarli darajada yuksaldi, aholi farovonligi ortdi. Bu yutuqlar mamlakatimizning shimoliy hududlarida ham yaqqol kozga tashlanmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, mamlakatimiz Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, sanoat, qishloq xojaligi va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng kolamli ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida shu yilning 28 sentabr kuni Qoraqalpogiston Respublikasi va Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.

Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizning shimoliy hududida joylashgan Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasida bolib, bu yerda Ozbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2015 yil 18 iyundagi «Taxiatosh IESda 230-280 MVt quvvatdagi ikkita bug-gaz qurilmalari qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar togrisidagi qaroriga muvofiq hayotga tatbiq etilayotgan keng kolamli investitsiya loyihasi bilan tanishdi.

Umumiy quvvati 730 MVt bolgan 5 energiya blogidan iborat ushbu issiqlik elektr stansiyasi Qoraqalpogiston Respublikasi va Xorazm viloyati iste’molchilarini elektr energiyasi bilan taminlashning asosiy manbai hisoblanadi. Issiqlik elektr stansiyasida yiliga 3,2 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi va bunda 1,15 milliard kub metr tabiiy gaz yoqiladi.

Yangi investitsiya loyihasining amalga oshirilishi nafaqat katta hajmdagi qimmatbaho xomashyoni tejash, balki talab tobora ortib borayotgan elektr energiyasi ishlab chiqarishni kopaytirish imkonini ham beradi. Xususan, issiqlik elektr stansiyasi quvvatini 230-280 MVtga oshirish hisobidan tabiiy gaz istemolini 488 million kub metrga kamaytirish kozda tutilgan.

Bu boradagi ishlar nihoyasiga yetkazilgach, Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasining umumiy quvvati 930 MVtga yetadi, elektr energiya ishlab chiqarish hajmi esa 3,3 milliard kVt/soatdan oshadi.

Shundan song Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrining bosh rejasi bilan tanishdi. Suhbat chogida zamonaviy kop qavatli turar joy binolari, dam olish maskanlari, suniy kollar va suv havzalari barpo etish masalalariga alohida etibor qaratildi. Aholi uchun qulay va munosib sharoitlar yaratish kolamini yanada kengaytirish lozimligi takidlandi.

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogiston Respublikasiga safari davomida paxta dalalarida bolib, qishloq xojaligi ishlarining borishi bilan tanishdi, Kegeyli tumani fermerlari bilan suhbatlashdi.

Qoraqalpogiston Respublikasi faollari bilan uchrashuv bolib otdi. Yigilish avvalida Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi yodga olinib, hurmat bajo keltirildi. Uchrashuvda mustaqillik yillarida mamlakatimizning Birinchi Prezidenti rahnamoligida ushbu hududda keng kolamli islohotlar amalga oshirilgani takidlandi. Orolboyi hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirishga alohida etibor qaratilayotgani yuksak samaralar bermoqda.

Yigilishda hududning eksport salohiyatini oshirish, qisqa muddatda paxta hosilini yigishtirib olish va kuzgi ekinlarni ekish, ijtimoiy obyektlar hamda uy-joylarning kuz-qish mavsumiga tayyorligi, qishloq xojaligi mahsulotlarini gamlash masalalari korib chiqildi.

Zamonaviy, shinam uy-joylar qurish, kommunal xizmatlar faoliyatini yanada takomillashtirish, obodonlashtirish va kokalamzorlashtirish masalalari muhokama etildi.

Shu kuni Ozbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga ham tashrif buyurdi.

Urganch shahrida yaqin yillarda qurilishi rejalashtirilayotgan kop qavatli uylar loyihasi korib chiqildi. Qishloq joylarda kam taminlangan oilalar uchun moljallangan muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi yaratilgan yakka tartibdagi zamonaviy, shinam uy-joylar loyihalari ham muhokama etildi.

Shavkat Mirziyoyev Qoshkopir tumanida qishloq xojaligi ishlarining borishi bilan tanishdi. Fermerlar bilan suhbatda yer unumdorligini oshirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xojaligi ekinlarining yuqori hosil beradigan navlarini ekish masalalariga alohida etibor qaratildi.

Xorazm viloyati faollari bilan uchrashuv Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirish bilan boshlandi. Yigilishda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududning eksport korsatkichlarini oshirish, istiqbolli yangi sanoat obyektlarini barpo etish, ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilash borasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda qishloq xojaligi mahsulotlari zaxirasini gamlash, uy-joylar va ijtimoiy soha muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorligi, hududda sanoat va iqtisodiyotning boshqa sohalari uzluksiz ishlashini taminlash masalalariga alohida etibor qaratildi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: