O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
27.09.2016

BOSHLANGICH TASHKILOT

partiyani elektorat bilan bog‘lab turadigan muhim bogin hisoblanadi

Huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishda siyosiy partiyalar faoliyati dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu bois jamiyat hayotida ularning orni va roli tobora ortib bormoqda, davlat boshqaruvidagi ishtiroki kengaymoqda.

Alohida ta’kidlash kerakki, bugungi kunda siyosiy partiyalar oldida bir qator masuliyatli vazifalar turibdi. Ularni amalga oshirishda boshlangich partiya tashkilotlarining samarali faoliyati muhim orin tutadi. Shundan kelib chiqib, Toshkent shahar partiya kengashi boshlangich tashkilotlar faoliyatini kuchaytirishga alohida etibor qaratmoqda.

Shahar boyicha Yunusobod tuman partiya kengashi eng kop boshlangich tashkilotlarga ega. Hozir bu yerda 156 boshlangich tashkilot bor. Shuningdek, Mirobod tumanida 121, Shayxontohur tumanida 113 boshlangich tashkilot faoliyat olib boryapti.

Ahamiyatli tomoni, ushbu hududlarda boshlangich tashkilotlar partiyamiz dasturiy maqsadlarini amalga oshirish, goya va mafkurasini ommalashtirish, elektorat manfaatini himoya qilishda faollik korsatmoqda.

Yunusobod tuman partiya kengashi siyosiy oquvlarni koproq quyi boginda tashkil etish hamda ularga kerakli uslubiy qollanmalarni, partiya faoliyatidagi yangiliklarni oz vaqtida yetkazib turishga etibor qaratyapti. Shuningdek, har yili tasdiqlanadigan ish rejada boshlangich tashkilotlarga ham aniq vazifalar belgilanyapti. Shu asosda ularning faoliyati tahlil etib borilmoqda.

Bir soz bilan aytganda, Yunusobod tumanida quyi boginlar faoliyatini kuchaytirish boyicha yangi usullar hayotga tatbiq etilmoqda. Eng muhimi, bu partiyamizning jamiyatdagi nufuzini oshirish, tarafdorlar va xayrixohlar safini kopaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Boshlangich tashkilotlar sonini boshqa tumanlar kesimida tahlil etadigan bolsak, bugungi kunda Olmazor tumanida 98, Uchtepa tumanida 86, Yashnobod tumanida 76 quyi bogin ish olib bormoqda. Boshlangich tashkilotlar yetakchilari siyosiy-huquqiy madaniyati yuqori, jamoatchilik orasida oziga xos obro-etibor qozongan, tashabbuskor kishilarni partiyamiz safiga jalb qilishni muhim vazifalardan, deb biladi. Bundan tashqari, yangi boshlangich partiya tashkilotlarini tuzish va tuman kengashlari bilan aloqalarni mustahkamlash ishlariga katta etibor qaratmoqda.

Ish togri va tizimli tashkil etilgan joyda samara boladi, albatta. Safimiz tobora kengayib borayotgani bu fikrni isbotlaydi. Masalan, Shayxontohur tumanida 2015 yil 1 yanvar holatida azolar 3030 nafarni tashkil etgan bolsa, joriy yilning xuddi shu paytida 3184 nafarga yetdi.

Boshlangich tashkilot oz zimmasidagi vazifani qanday bajarishi yetakchi ishni davr talabini chuqur anglagan holda tashkil etishiga bogliq. Partiya azolarining siyosiy-huquqiy bilimini oshirish, yetakchilikka qobiliyati va ishtiyoqi bor yoshlarni partiyaga keng jalb qilish yaxshi natija beradi, deb oylayman. Quvonarlisi, boshlangich tashkilotlarimizda yil sayin yoshlar kopayib boryapti. Masalan, Uchtepa tumanida 30 yoshgacha bolgan yigit-qizlar soni 1558 nafar, Sergeli tumanida 1179 nafarga yetdi. Partiyamiz faollari ular ishtirokidagi siyosiy oquvlar sifatini oshirishi, xususan, dolzarb hayotiy va partiyaviy mavzular muhokama qilinishiga etibor qaratishi talab etiladi.

Oz ishini zamon talablariga muvofiq tarzda olib borayotgan boshlangich tashkilotlar haqida gap ketganda, Quyuv-mexanika zavodi qoshidagi boshlangich partiya tashkiloti eng namunali quyi boginlardan biri hisoblanadi. Bu yerda partiyamizning 50 nafarga yaqin azosi bor. Ular OzXDP goyalarini targib qilish, Saylovoldi dasturida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi boyicha targibot-tashviqot tadbirlarini izchil ravishda otkazib kelmoqda.

Fikrimcha, elektorat orasida olib borayotgan targibot ishlarimizni yangi sifat bosqichiga kotarishimiz kerak. Dasturiy maqsadlarimizni nafaqat keng tushuntirish, balki bu ishlarga partiya azolari, faollarini keng jalb etish talab etilmoqda. Ayniqsa, boshlangich tashkilotlar imkoniyatlaridan samarali foydalanish kerak. Chunki quyi bogin faoliyati qoniqarli bolmasa, partiya oz elektoratidan uzilib qoladi. Yetakchilarning tashabbuskorlik, tashkilotchilik konikmasini shakllantirib borsak, aholini oylantirayotgan masalalarni organish, tahlil qilish va eng muhimi, bartaraf etish boyicha aniq natijalarga erishamiz, deb oylayman.

Hakimbek RAHMATOV,

Ozbekiston XDP Toshkent shahar kengashi

Boshlangich partiya tashkilotlari bilan ishlash sektori mudiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: