O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
27.09.2016

HUKUMATLARARO KOMISSIYA MAJLISI

Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha Ozbekiston – Turkmaniston hukumatlararo komissiyasining on ikkinchi yigilishi bolib otdi.

Tadbirda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo, sanoat, neft-gaz, energetika, qishloq xojaligi, toqimachilik, fan-texnika, transport va transport kommunikatsiyalari, bojxona, madaniyat kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari rahbarlari ishtirok etdi.

Ozbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, komissiya hamraisi Elyor Ganiyev ikki mamlakat ortasidagi savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini alohida takidladi.

Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning doimiy muloqotlari natijasida mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosi yaratilgan. Bu savdo, iqtisodiyot, yoqilgi-energetika, transport, qishloq xojaligi, fan, madaniyat, sayyohlik kabi koplab sohalardagi hamkorlik rivojiga xizmat qilmoqda.

Ozbekistondan Turkmanistonga transport vositalari, mineral ogitlar, qishloq xojaligi mahsulotlari, qurilish materiallari, elektr va mexanika uskunalari hamda turli sohadagi xizmatlar eksport qilinmoqda. Turkmanistondan mamlakatimizga neft mahsulotlari, propilen polimerlari va boshqa kimyoviy tovarlar keltirilayotir.

2015 yil yakunlariga kora ozaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb 320 million AQSh dollarini, joriy yilning yanvar-avgust oylarida 177 million dollarni tashkil etdi.

Yigilishda hamon davom etayotgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz, jahon bozorlarida konyunkturaning beqarorligi tashqi savdoga tasir otkazayotgani, tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash va ozaro savdo hajmini oshirish orqali aloqalardagi ijobiy tendensiyalarni rivojlantirayotgani qayd etildi.

Mamlakatlarimizning avtomobil va temir yollari yaxshi integratsiyalashgan. Bu ozaro tovar ayirboshlashga qulaylik yaratish bilan birga uchinchi davlatlar uchun tranzit vazifasini ham otamoqda. Ushbu sohada qoshimcha imtiyozlar berilishi, tranzit narxlari kamaytirilishi eksport hajmining oshishiga xizmat qilishi takidlandi.

— Turkmaniston ham Ozbekiston kabi xalq manfaatlarini taminlash, farovonligini oshirishni asosiy maqsad qilgan, dedi Turkmaniston savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri, komissiya hamraisi Dovran Orazmuradov. Buning uchun mamlakatlarimizda ulkan salohiyat mavjud. Bir-birimizga taklif qiladigan tovar va xizmatlar talaygina. Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanib, Ozbekiston bilan iqtisodiyot, sanoat, yoqilgi-energetika, qishloq xojaligi, transport va transport kommunikatsiyalari kabi sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirish niyatidamiz.

Komissiya majlisida Ozbekiston va Turkmaniston ortasidagi tovar ayirboshlashning osuvchan dinamikasini saqlab qolgan holda uning hajmini yanada kopaytirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiya qilish, eksport-import nomenklaturasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Birgalikdagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, qoshma korxonalarni kopaytirish, tadbirkorlar hamkorligini rivojlantirish masalalariga alohida etibor qaratildi.

Hukumatlararo komissiya majlisi yakuni boyicha qoshma protokol imzolandi.

Turkmaniston delegatsiyasi azolari mamlakatimizning qator sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

A.SAMADOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: