O'zb  
 
24.09.2016

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI

mustahkam huquqiy asoslarga tayangan holda o‘tkaziladi

Mamlakat taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi, jamiyatda demokratik tamoyillar ustuvorligini korsatuvchi asosiy omillardan biri saylovlardir. Saylovlar, eng avvalo, xalq va jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi. Shu manoda joriy yilning 4 dekabr kuni Ozbekistonda otkaziladigan Prezident saylovi yurtimizning kelgusi istiqbolini belgilashda muhim ahamiyatga egadir.

Mazkur saylov qanday huquqiy asoslarga tayangan holda otkaziladi? Ozbekistondagi saylov tizimining oziga xos jihatlari nimalardan iborat? Ushbu savollarga javob olish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri, yuridik fanlar nomzodi Sherzod ZULFIQOROV bilan suhbatlashdik.

— Erkin va adolatli fuqarolik jamiyatini demokratik saylovlarsiz tasavvur etib bolmaydi, deydi u. Chunki saylovlar jarayonida har qaysi davlat va har qaysi jamiyatda xilma-xil fikrlar, odamlarning xohish-irodasi, orzu-umidlari, ijtimoiy kayfiyati yaqqol namoyon boladi. Dunyo tajribasidan malumki, saylovlarning qanday otishi mamlakatdagi huquqiy meyorlar, saylov huquqi erkinligi qandayligi va fuqarolarning siyosiy-huquqiy madaniyatiga bogliq.

Prezident saylovini otkazish qaysi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi? Ularning bu jarayondagi orni va ahamiyati qanday?

Mamlakatimiz saylov tizimining huquqiy asosi haqida soz yuritganda birinchi navbatda Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini alohida qayd etish kerak. Xususan, Bosh qomusimizning XXIII bobi saylov tizimiga bagishlanib, unda fuqarolarning saylash va saylanish huquqi kafolatlangan.

2016 yilning 4 dekabr kuni bolib otadigan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatimiz hayotidagi muhim voqeadir. Ushbu siyosiy jarayonni tartibga soluvchi «Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida»gi qonun dolzarb amaliy ahamiyatga ega. Mazkur qonun asosida mamlakatimiz tarixida ilk marotaba demokratik saylov 1991 yil 29 dekabrda Ozbekiston Prezidenti saylovi otkazilgan edi.

Mamlakatimiz saylov tizimi konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarining yaratilishida 1995-2000 yillargacha bolgan davr katta ahamiyatga ega. Aynan shu vaqtda Markaziy saylov komissiyasi togrisidagi qonun qabul qilindi hamda saylov qonunchiligiga tegishli ozgartish va qoshimchalar kiritildi.

1997 yilda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi qonunning qator moddalariga ozgartish va qoshimchalar hamda 3 yangi modda kiritildi. Ularga muvofiq, saylovga tayyorgarlik korish va uni otkazishning ochiq va oshkora amalga oshirilishi, saylov jarayonida ishtirok etuvchi kuzatuvchilarning huquq va majburiyatlari, saylovlarning moliyaviy taminoti, saylovlarni otkazuvchi saylov komissiyalarining tizimi, Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar korsatish huquqi, saylovoldi tashviqotining huquqiy asoslari, Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar huquqlarining kafolatlari va ishonchli vakillarining huquqiy maqomi, Prezidentlik lavozimiga kirishish tartibi kabi qoidalar yangicha mazmunda oz aksini topdi.

Keyinchalik Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga, siyosiy partiyalarga Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda hamda nomzodlarga oz saylovchilari bilan uchrashuvlar otkazishda teng huquqlar berildi.

2000 yilda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi qonunning 14-moddasiga ozgartish kiritilib, yangi normaga muvofiq, saylangan shaxsga Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganligi togrisida qonun hujjatlari bilan belgilanadigan namunadagi guvohnoma topshirilishi belgilab qoyildi.

2004 yilda esa mazkur qonunning yana bir qator moddalariga ozgartish va qoshimchalar hamda 1 yangi modda kiritildi. Ularga asosan saylov okruglari va uchastkalarini tuzish tartibi, komissiyalarda azolik, Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar korsatish huquqi, saylovoldi tashviqoti, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish, okrug boyicha saylov natijalarini aniqlash, Prezident saylovi natijalarini aniqlash va belgilash, Prezident lavozimiga kirishishga oid huquqiy munosabatlar yangicha mazmun kasb etdi.

2015 yil 29 dekabrdagi Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonunga muvofiq, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi qonunga ozgartish va qoshimchalar kiritildi. Xususan, qamoqda saqlash joylarida saylov uchastkalarini tashkil etish, nomzodlarni royxatga olish uchun toplanadigan saylovchilar imzolarining miqdorini kamida besh foizdan bir foizga kamaytirish, saylovoldi tashviqotini olib borish turlari, shakllari va usullari, ovoz berish tartibiga ozgartish kiritildi.

Shu orinda savol tugiladi. Mamlakatimizda amalda bolgan saylov qonunchiligi xalqaro saylov standartlariga, umumetirof etilgan meyorlarga qay darajada mos keladi?

Albatta, mamlakatimizda amalda bolgan yoki qabul qilinayotgan qonun hujjatlari xalqaro meyorlarga tola mos keladi. Xususan, saylov qonunchiligi ham. Misol uchun, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 21-moddasiga kora, har bir inson ozi yashayotgan davlatning boshqaruvida bevosita yoki erkin saylangan vakillar orqali qatnashish huquqiga egadir. Xalq irodasi hokimiyatning asosi bolmogi kerak, bu iroda davriy va soxtalashtirilmagan, umumiy va teng saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoki ovoz berish erkinligini taminlaydigan boshqa teng qiymatli shakllar vositasida otkaziladigan saylovlarda oz aksini topishi lozimligi nazarda tutilgan.

BMT tomonidan qabul qilingan yana bir hujjat Fuqarolik va siyosiy huquqlar togrisidagi xalqaro paktning 25-moddasiga muvofiq, har bir fuqaro kamsitishlarsiz hamda asossiz cheklovlarsiz ham bevosita, ham erkin saylangan vakillar orqali davlat ishlarini boshqarishda qatnashish, umumiy va teng saylov huquqi asosida, yashirin ovoz berish orqali otkaziladigan va saylovchilarning erkin holdagi xohish-irodasini taminlovchi chinakam davriy saylovlarda ovoz berish va saylanish huquqiga ega bolishi korsatilgan.

Shuningdek, Parlamentlararo ittifoq Kengashi tomonidan qabul qilingan Erkin va adolatli saylovlar mezonlari togrisidagi deklaratsiyaning 1-moddasida har qanday davlatda hokimiyat xalqning umumiy, teng va yashirin ovoz berish asosida muntazam vaqt oraligida otkazib turiladigan haqiqiy, erkin va adolatli saylovlarda bildiradigan xohish-irodasidan kelib chiqadi, deb belgilangan. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Insoniylik mezonlari boyicha Kopengagen hujjatida demokratik saylov prinsiplari korsatib otilgan bolib, ular universallik, tenglik, erkinlik, adolatlilik, yashirinlilik, ochiqlik va hisobdorlik kabi tamoyillarda oz ifodasini topgan.

Mazkur xalqaro hujjatlarda nazarda tutilgan qoidalar Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi qonunda ham ifodalangan. Xususan, ushbu qonunda prezidentlik saylovlarini otkazish prinsiplari va fuqarolarning saylovlarda ishtirok etishining huquqiy kafolatlari mustahkamlanganini takidlash lozim. Jumladan, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi umumiy, teng va togridan-togri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoli bilan amalga oshirilishi, fuqarolar Ozbekiston Respublikasi Prezidentini saylash boyicha saylovoldi kampaniyasida va ovoz berishda ixtiyoriy ravishda ishtirok etishi hamda ularning xohish-iroda bildirishlari ustidan nazorat ornatilishiga yol qoyilmasligi qatiy belgilab qoyilgan.

Malumki, Prezident saylovini otkazishda Markaziy saylov komissiyasi asosiy orin tutadi. Mazkur organ faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari haqida ham toxtalsangiz.

Darhaqiqat, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazish Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari zimmasiga yuklatilgan bolib, ular oz faoliyatini ochiq va oshkora amalga oshiradi.

Markaziy saylov komissiyasi Konstitutsiyamizning 117-moddasiga muvofiq, saylov va referendum otkazish uchun Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tuziladigan va doimiy asosda faoliyat korsatuvchi konstitutsiyaviy organ hisoblanadi. Qonunga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasi saylov okruglarini, okrug saylov komissiyalarini, okrug saylov komissiyalari esa saylov uchastkalarini, uchastka saylov komissiyalarini tuzadi.

Ushbu qoidalarning amaliy ifodasi sifatida 2016 yil 15 sentabrda Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi 14 saylov okrugi tuzildi.

Qonunchilikka kora, Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod korsatish huquqiga faqatgina siyosiy partiyalar egadir.

Mazkur qoida siyosiy partiyalarni saylov jarayonining eng faol ishtirokchisiga aylantirib, ularning davlat va jamiyat ishlarida faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Joriy yilning 19-20 sentabr kunlari Prezident saylovida qatnashish uchun barcha siyosiy partiyalar Markaziy saylov komissiyasiga oz hujjatlarini taqdim etdi.

Xususan, ushbu organga saylovda ishtirok etish togrisida partiya rahbari tomonidan imzolangan ariza, Adliya vazirligining siyosiy partiya royxatga olinganligi korsatilgan malumotnomasi, Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga bolajak nomzod togrisidagi malumot berildi.

Saylovchilar eng munosib nomzodga ovoz berishida saylovoldi tashviqoti katta ahamiyat kasb etadi. Qonunchilikda bu borada nimalar kozda tutilgan?

Avvalo, shuni aytish kerakki, qonunchilikda Ozbekiston Respublikasi Prezidentiligiga nomzodlar tomonidan saylovoldi tashviqoti olib borishning tashkiliy-huquqiy asoslari va saylovoldi tashviqotida teng imkoniyatlar kafolatlangan. Jumladan, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi qonunga muvofiq, saylovoldi tashviqoti Prezidentlikka nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan royxatga olingan kundan etiboran boshlanadi. Saylovga bir kun qolganida saylov tashviqoti olib borilishiga yol qoyilmaydi. Bu esa saylovchilar ozi tanlagan nomzodini boshqa nomzodlar bilan solishtirib, yakuniy xulosaga kelishiga imkoniyat yaratadi. Saylovoldi tashviqoti Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga, siyosiy partiyalarga Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda, saylovchilar bilan uchrashuvlar otkazishda teng huquqlar beriladi.

Saylovoldi tashviqotini nomzodlar nomidan ularning ishonchli vakillari ham olib borishi mumkin. Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod 15 nafarga qadar ishonchli vakillarga ega bolishga haqlidir. Ishonchli vakillar nomzodga saylov kampaniyasini otkazishda yordam beradi, uni Prezident etib saylash uchun targibot olib boradi. Davlat organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari Prezidentlikka nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar otkazishni tashkil etishda, zarur malumot va axborot materiallari olishda yordam korsatadi.

Xulosa sifatida aytish kerakki, mamlakatimizda erkin va adolatli saylovlar otkazish boyicha huquqiy asoslar tola-tokis yaratilgan. Saylovlar xalqning erkin tarzda ifoda etiladigan xohish-irodasini aniqlaydi va uning bevosita royobga chiqishini taminlaydi. Ozbekiston saylov qonunchiligi saylovchilarga nomzodlarni tanlash va erkin saylash imkonini beradi. Bu esa fuqarolarimizning saylovda faol ishtirok etishiga xizmat qiladi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Nurali ORIPOV suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: