O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
24.09.2016

OZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASIDA

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bolib otdi. Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqargan majlisda siyosiy partiyalar vakillari, ommaviy axborot vositalarining xodimlari ishtirok etdi.

“Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida”gi qonunning 241-moddasi va Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi togrisidagi qonunning 5-moddasiga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi 2016-yilgi Prezident saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiyalarning taqdim etilgan arizalari va boshqa hujjatlarini korib chiqib, Ozbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Ozbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi, Ozbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasiga Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishga ijozat berish togrisida qaror qabul qildi.

Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalarning vakolatli vakillariga royxatga olinganlik guvohnomalarini va belgilangan namunadagi imzo varaqalarining blankalarini berdi.

Majlisda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi okrug saylov komissiyalarini tuzish va ularning shaxsiy tarkibini tasdiqlash togrisidagi masala ham korib chiqildi.

Komissiya a’zolari saylovga tayyorgarlik korish va uni otkazish bilan bogliq boshqa masalalarni ham korib chiqdilar.

Muhokama qilingan masalalar boyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

* * *

Shu kunning ozida mamlakatimiz va chet el ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boyicha saylov kampaniyasining borishiga bagishlangan brifing otkazildi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov saylovga tayyorgarlik ishlari qonunchilik talablari va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha Asosiy tadbirlar dasturi asosida izchil olib borilayotganini qayd etdi.

Saylov kampaniyasi qizgin pallaga kirib bormoqda, saylovda ishtirok etuvchi partiyalar aniqlandi, ularga imzo varaqalari blankalari berildi. Siyosiy partiyalar Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni qollab-quvvatlash yuzasidan saylovchilar imzosini ish, xizmat, oqish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida toplashga haqli.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi qonunga 2015-yil 29-dekabrda kiritilgan ozgartishlarga muvofiq siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari Ozbekiston Respublikasi jami saylovchilar umumiy sonining 5 foizidan 1 foizigacha kamaytirildi.

Bu 214 ming 350 nafar saylovchi imzosini tashkil etadi.

Bu imzolar kamida sakkizta mamuriy-hududiy tuzilma namoyandasi bolgan saylovchilarni qamrab olgan bolishi kerak. Mamuriy-hududiy tuzilmalardan birida siyosiy partiya imzolar umumiy miqdorining kopi bilan sakkiz foizini toplashi mumkin.

Anjumanda jurnalistlar Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi okrug saylov komissiyalari tuzilganligi haqida xabardor qilindi. Okrug saylov komissiyalari azolarining 56,6 foizi avvalgi saylovlarda amaliy tajriba toplagan, jamiyatimizning obroli vakillaridir. Komissiya azolarining 56 nafari, yani 36,8 foizi xotin-qizlardir, ularning 12 nafari esa saylov komissiyalarining rahbariyatidan joy egallagan.

Butun saylov kampaniyasi oshkoralik va ochiqlik tamoyillari asosida olib borilmoqda. Shu maqsadda Markaziy saylov komissiyasi va Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ozbekiston Milliy axborot agentligi, Jahon, Uzreport axborot agentliklari, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi ortasida ikki tomonlama bitimlar imzolandi.

Respublika matbuot markazi faoliyat korsatmoqda. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan xorijiy va milliy ommaviy axborot vositalarining qariyb 400 nafar vakili akkreditatsiyadan otkazildi.

Shu bilan birga, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdostligi Ijroiya qomitasi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi kabi nufuzli xalqaro tuzilmalarga Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun taklifnomalar yuborilgani malum qilindi.

Behzod Bozorov, OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: