O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
22.09.2016

SIYOSIY PARTIYALAR SAYLOVDA ISHTIROK ETISH UCHUN HUJJATLAR TAQDIM QILDI

2016 yil 20 sentabr kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi hamda Ozbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qilib, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun zarur hujjatlarni taqdim etdi.

Shu munosabat bilan Markaziy saylov komissiyasida komissiya a’zolari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida tadbir tashkil etildi. Unda Prezident saylovi demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatining muhim belgisi, xalqning xohish-irodasi erkin ifodalanishi, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda fuqarolar ishtirokining asosiy shakli hisoblanishi takidlandi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi qonunning 24-moddasiga kora, Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod korsatish huquqiga siyosiy partiyalar egadir.

Bunda siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi elon qilingan kundan kamida olti oy oldin Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan royxatga olingan taqdirdagina Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod korsatishi mumkin.

Mazkur qonunning 241-moddasiga binoan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiya saylovga kamida yetmish kun qolganida Markaziy saylov komissiyasiga saylovda ishtirok etish togrisida partiya rahbari tomonidan imzolangan ariza, Adliya vazirligining siyosiy partiya royxatga olinganligi korsatilgan malumotnomasi, Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga bolajak nomzod togrisidagi malumotlarni taqdim etishi lozim.

Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalarning vakolatli vakillariga hujjatlar qabul qilib olingan sana qayd etilgan malumotnomani berdi.

Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida besh kunlik muddat ichida siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish togrisida uzil-kesil qaror qabul qiladi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi qonunga muvofiq, saylovda ishtirok etuvchi partiyalarning royxati arizalar kelib tushish navbatiga qarab markaziy matbuotda elon qilinadi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: